M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Meros va hozirgi zamon

A zam at Tuxtayev
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan arxitektor, 
O'zbekiston Respublikasining arxitektura va qurilish 
bo'yicha davlat qo'mitasining raisi va raisining birinchi
o'rinbosari (2000-2017)


38
ISLOM KARIMOVNING O'ZBEKISTON XALQI MA'NAVIY 
MEROSI TIKLAN ISHIG A QO'SHGAN HISSASI
"Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan 
odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. Biz shunday ma'naviy muhit yaratishimiz 
kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida 
Vatandan faxrlanish hissl ko'zimizni, qalbimizni yashnatib tursin"[1].
Xalqimizning qadimgi boy madaniyati va tirixi- 
ga murojaat qilar ekanmiz, me'moriy inshootlar milliy 
san'atimiz durdonalari orasida alohida o'rin tutganiga 
ishonch hosil qilamiz. Buni Samarqand, Buxoro, Tosh- 
kent, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz kabi dunyoga 
mashhur bo'lgan shaharlarimizning qiyofasini bezab 
turgan betakror va o'lmas tarixiy yodgorliklar yorqin 
tasdiqlab turibdi. Shak-shubhasiz, jahonda bunday boy 
va bebaho merosga ega bo'lgan mamlakatlarjuda kam. 
Shu bilan birga, bunday noyob merosning munosib 
vorislari bo'lish, uni kelajak avlodlar uchun tegishli- 
cha asrab-avaylash, milliy an'analar va sohaning ijodiy 
rivojlanishini izchillik bilan davom ettirish bizdan ulkan 
mas'uliyatni talab etuvchi dolzarb vazifalardir. Mustaqil- 
likning ilk kunlaridanoq mamlakatimizda me'moriy va 
monumental san'atni rivojlantirish davlat siyosatining 
ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. O'tgan yillarda 
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Kari- 
movning shaxsiy tashabbusi va amaliy sa'y-harakatlari 
evaziga bu sohalar nafaqat tiklandi, balki yangi, yanayam 
yuqori darajaga ko'tarildi. Ko'z oldimizda mamlatimizda 
nisbatan qisqa davr ichida ulkan ishlar amalga oshiril- 
di: milliy o'zlikni anglash, dunyoga mashhur ajdodari- 
mizning sharafli nomlarini tiklash va xotirasini abadiy- 
lashtirishga yordam beradigan me'moriy majmualar va 
maqbaralar qad ko'tardi va tiklandi. Ushbu barcha maj­
mualar milliy ruh va tabiat, xalqimizning ishonchi, hayo- 
tiy qarashlari va intilishlariga mos tarzda har bir min- 
taqaning o'ziga xos xususiyatlari, shaharsozlik talablari 
va landshaft dizayni bilan uyg'un holda yaratildi. Aynan
shuning uchun ham mamlakatimizning turli hududlari va 
shaharlarida bunyod etilgan ajoyib me'moriy majmualar 
nafaqat hamyurtlarimizning, balki xorijlik mehmonlar va 
sayyohlarning chinakam hayrati va tahsiniga sazovor 
bo'lmoqda. Davlatimiz rahbari me'morlar va quruvchi- 
lar e'tiborini shu kabi ustuvor vazifalarga qaratar ekan, 
mamlakatimiz uchun muhim ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy 
ahamiyat kasb etgan betakror xotira majmualarini qu- 
rishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va amalga os- 
hirishda bevosita rahbarga aylandi. Har bir yirik maj- 
muaning me'moriy loyihasini yaratish va uning qurilishi 
shaxsan O'zbekiston Prezidentining g'oyalari va takliflari 
asosida amalga oshirildi.
1998-yilning 23-oktyabrida Samarqand yaqinida 
Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi sharafiga uning maq- 
barasi ochildi. Majmua olimning ulkan obro'si va beqiyos 
maqomiga mos tarzda bunyod etildi. Maqbara maho- 
bati va betakror me'moriy g'oyalari bilan barchada zavq 
uyg'otadi. Davlatimiz rahbari I.A. Karimov majmuaning 
ochilish marosimida ta'kidlaganidek, "bu qutlug' mas- 
kanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qa- 
ncha tahsinga arziydi... Bir so'z bilan aytganda, uning 
bunyodkori butun O'zbekistondir".
Mazkur xotira majmuasining bunyod etilish tarixi 
uning loyihasi mamlakat Prezidentining chuqur mu- 
lohazalari asosida yaratilganidan dalolat beradi. Dav­
latimiz rahbari keyinchalik ham ushbu mavzuga bir 
necha marotaba qaytib, loyihani yangi g'oyalar va tak- 
liflar bilan boyitdi. U maxsus qurilish maydonchasiga ke- 
lib, diqqat bilan ishlarning ketish jarayonini kuzatdi, har


39


40


41
1
bir inshootni sinchiklab ko'zdan kechirdi, favvoralar qan- 
day bo'lishi, maqbara hovlisidagi qadimgi hovuzni o'zi- 
ning tabiiy holatini saqlab qolgan holda qanday tiklash, 
qabrdan maqbaragacha tushish uchun yo'lakni qanday 
qurish, qanday qandillarni o'rnatish, marmartoshni sifati 
va rangiga qarab qanday tanlash kerakligi va boshqalar 
xususida qimmatli maslahatlar va ko'rsatmalarini berdi.
2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi tantanali 
nishonlandi. Surxon vohasi dunyoda jahon sivilizatsiya- 
sining beshiklaridan biri sifatida tan olingan. Uning me'­
moriy yodgorliklari va arxeologik topilmalari bu o'lka 
haqiqatan ham qadimgi madaniyat o'chog'i ekanini 
tasdiqlamoqda. Hakim at-Termiziy maqbarasi aynan 
shunday so'nmas tarixiy yodgorliklardan biridir. Xalq 
tilida ushbu inshoot Termiz-ota maqbarasi, deb ham 
ataiadi va haqli ravishda janubiy vohaning durdonasi 
sifatida tan olingan. Majmuani kelajak avlodlar uchun 
asrab-avaylash maqsadida bu yerda Davlatimiz rahbari
I.A. Karimovning bevosita rahbarligi ostida ulkan qurilish, 
ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriidi. 
Natijada maqbara ajoyib betakror qiyofaga ega bo'ldi.
Birinchi Prezidentimiz 2002-yilning 2-aprelida Termiz 
shahrining yubileyiga bag'ishlangan tantanali marosim- 
da ta'kidlaganidek, "Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sul- 
ton Saodat, Qirq qiz maqbaralarining tubdan tiklanishi... 
nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining 
qiyofasini sezilarli tarzda o'zgartirib yubordi".
Davlatimiz rahbarining 2003 yilning 27 noyabrida 
muqaddas Buxoro zaminidagi Bahovuddin Naqshband 
maqbarasi ulug'vor me'moriy majmuasining ochilish 
marosimida aytib o'tgan quyidagi so'zlari madaniy va 
ma'naviy qadriyatlarimizning keng qatlamini tushunib 
yetishga asoslangan milliy o'zligimizni anglash g'oyasiga 
bo'lgan doimiy qiziqishning yorqin tasdig'i bo'la oladi: 
'Sizlarga ochiq aytsam, Bahovuddin Naqshband bobo- 
mizning mana shu muqaddas qadamjosini obod qilish 
fikri ko'p yillardan buyon xayolimni band etib kelardi. 
Har safar shu muqaddas dargohni ziyorat qilganimda 
shu buyuk zotning ruhi oldida qandaydir o'zimni qarz- 
dor deb his etardim... Va o'tgan yilning oktyabr oyida 
ana shu niyatda atay vaqt ajratib Toshkentdan bu yer- 
ga maxsus keldim. Bu ishga daxldor bo'lgan rahbarlar, 
loyihachilar va quruvchilar bilan yodgorlik majmuasini 
yangitdan bunyod etish masalasini shu joyning o'zida 
muhokama qilganimizda boshqa inshootlar bilan birga, 
mana shu yangi ayvonnnig qaerda va qanday shaklda
bo'lishini o'z qo'lim bilan chizib bergan edim. Odam- 
ni hayratga soladigan tomoni shundaki, quruvchilar 
shu loyiha bo'yicha ish boshlaganida aynan shu payt- 
da belgilab bosilgan joydan ilgari mavjud bo'lgan eski 
ayvonning ko'milib ketgan poydevori chiqibdi. Bularning 
barchasi mana shu maskanning ilohiy xosiyatidan, Baho­
vuddin Naqshdand bobomizning ruhi barhayotligidan 
yana bir dalolatdir, desam, o'ylaymanki, sizlar ham bu 
fikrga qo'shilasizlar"[2].
Toshkentdagi Hazrati Imom me'moriy majmuasi xal­
qimizning boy ma'naviy merosining bir qismi bo'lib, un- 
da Hazrati Usmonning amri bilan yozilgan Qur'onning 
nusxalaridan biri saqlanadi. Bugungi kunda bu yer mu­
qaddas majmua bo'lib, musulmon olamida katta nufuzga 
ega. Uning tarkibiga kiruvchi tarixiy yodgorliklar - Kaffol 
Shoshiy maqbarasi, Tilla Shayx va Namozgoh masjidlari 
xalqimiz tomonidan asrlar davomida har tomonlama 
asrab kelinmoqda va muhofaza qilinmoqda. O'zbekis­
ton Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2007-yil 
20-fevraldagi "Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik 
jamg'armasini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi qaroridan 
kelib chiqib, qisqa muddatda bu yerda keng ko'lamli qu­
rilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda chuqur o'ylangan va 
ilmiy asoslangan yondoshuvlar negizida yaratilgan har 
bir memorial majmua chinakam milliy ahamiyat kasb 
etib, har bir hamyurtimizning qalbi va yuragidan mu- 
nosib joy egalladi. Yurtimizda tarixiy va me'moriy yod- 
gorliklarni qurish, ta'mirlash va tiklash bo'yicha olib bo- 
rilayotgan keng ko'lamdagi ishlar nafaqat xalqimizning, 
balki dunyo hamjamiyatining ham e'tibori va e'tirofiga 
loyiqdir. Xususan, Ta'lim, fan va madaniyat masalalari 
bo'yicha Islom tashkiloti (AYSYeSKO) 2007-yilda Tash­
kent shahrini "Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qildi. 
Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar va zi- 
yoratchilarning soni yildan yilga ortib bormoqda.
Monumental san'atning o'ziga xos xususiyati shun- 
dan iboratki, u "tipik" me'morchilikdan farqli o'laroq, 
o'zining mumtozligi va betakrorligini namoyish etadi, 
ijtimoiy hayotning ma'naviy rivojlanishini ta'minlash- 
da ulkan xizmat ko'rsatadi. Mustaqillikning ilk kunlari- 
dayoq davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tomonidan e'lon qilingan "Bizdan ozod va obod Vatan 
qolsin!" shiori millionlab hamyurtlarimizning qalblaridan 
joy olib, ularni yangi marralarni zabt etish yo'lida yanada 
jipslashtirdi.


42
Respublikada amalga oshgan va bo'lib o'tayotgan 
o'zgarishlar hamda yangilanish jarayonlari haqida ko'p 
yozish mumkin. Biroq biz faqatgina arxitekturaviy-me- 
morial majmualar qurilishi sohasida amalga oshirilgan, 
ulkan tarixiy va ma'naviy ahamiyat kasb etgan kat- 
ta hajmdagi ishiar haqida so'z yuritmoqdamiz, xolos. 
Shubhasiz, bir sohada erishilgan yutuqlar butun mam­
lakat miqyosidagi yaratuvchilik ishlarining katta hajm- 
larini har tomonlama tasavvur etish imkoniyatini bera- 
di. Nisbatan qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda 
mustahkam o'rnashgan do'stlik va yuksak ma'naviyat 
an'analari asosida insonlarning qalbiga yo'l ochildi. Bu 
o'zbek haykaltaroshlik san'atining mustaqillik yillarida 
erishgan eng yuksak yutug'idir.
Mazkur maqolani biz O'zbekistonda mustaqillik 
yillarida bunyod etilgan ayrim arxitekturaviy-me- 
morial majmualarga bag'ishladik xolos. Shubhasiz,
barcha majmualarning to'liq qiyofasi, chuqur ma'nosi 
va mazmunini ochib berish kitoblarni yaratish va yan- 
gi ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish uchun mavzu vazifasini 
o'tab beradi.
1. 
Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas 
kuch". - Toshkent: Ma'naviyat, 2008.
2. 
Karimov I.A. Buyuk ajdodimizga sharaflar 
bo'lsin. 2003-yilning 27-noyabrida Bahovuddin Naqsh- 
dandiy xotira majmuasidagi tantanalarda so'zlagan 
nutqi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə