Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchaviy-terminologik apparati va yuzaga kelishi



Yüklə 22,99 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#138411
1   2   3   4
Lingvokulturologiyada konsept tushunchasi

Lingvomadaniy konsept. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S. Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi1. XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S. Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qilad2.Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi3. Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‘lsa4, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‘rish mumkin. Binobarin, N.Yu. Shvedova konseptni tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini ta’kidlagan5.
Prof. N. Mahmudov lingvokulturologiyada konseptning o‘rganilishi xususida shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yo‘nalish nihoyatda keng tarqalganini ko‘rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog‘iga yetish mushkul. Hatto so‘nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan”6.
Demak, konsept lingvokulturologiyada eng faol qo‘llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, uy konsepti o‘zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:
a) yashash joyi – bino – ko‘p qavatli uy – hovli – xonadon – oila;
b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorug‘, yangi, eski;
v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi.
Ko‘chma ma’noli birliklarni yuzaga chiqaradi: uy ichi “oila a’zolari”, uyi buzilmoq “er-xotinning ajralishi”, uyi kuymoq “xonavayron bo‘lmoq”.
Lingvomadaniy konsept etnomadaniy xususiyatga ega bo‘lgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. U madaniy universaliyalarni ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept tafakkurda mavjud bo‘ladi, u o‘zida kognitiv-ratsional va emotsional-psixologik mazmunni biriktiradi. Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini o‘taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.
Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida tadqiq etiladi. Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyatning asosiy konseptlari deganda mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir, qismat, iroda, gunoh, qonun, erkinlik, ziyolilar, vatan va h.k. tushuniladi. Madaniyat konseptlarini A. Ya. Gurevich ikki guruhga: “fazoviy”, falsafiy kategoriyalar, ya’ni madaniyatning universal kategoriyalari (vaqt, makon, sabab, o‘zgarish, harakat) hamda ijtimoiy kategoriyalar, ya’ni madaniyat kategoriyalari (erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk)ga ajratadi.
V. A. Maslova bunga yana bir guruhni – milliy madaniyat kategoriyasini ham ilova qiladi7. Konseptlarni tahlil qilish jarayonida har qanday tilda madaniy o‘ziga xos konseptlarning ko‘pligi aniqlangan. Masalan, kartoshka konsepti madaniy o‘ziga xos konseptlardan biri hisoblanadi. Kartoshka ruslar uchun nochor ovqatlanish etaloni, buni сидеть на одной картошке frazeologizmi misolida ham ko‘rish mumkin; beloruslar uchun odatiy milliy taom, ikkinchi non, muhim ozuqa hisoblanadi. Yoki non konseptini olsak, o‘zbeklar uchun non muhim ozuqa etaloni hisoblansa, koreys, yapon, xitoy xalqlari uchun muhim ozuqa hisoblanmaydi. Ular uchun guruch asosiy ozuqa etaloni sanaladi

Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə