Laboratoriyaishi №1



Yüklə 190,73 Kb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü190,73 Kb.
#146245
1   2   3   4   5   6   7   8
Laboratoriyaishi №1

Laboratoriya ish№ 3.


Mavzu: Asinxron ikkilik 4 raziryadli hisoblagichlarni tadqiq etish.


Ishning maqsadi:Asinxron hisoblagichlar


Ayiruvchi hisoblagichlar. Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi
10.1-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi bo`lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishini o`zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa birorboshlang`ich sonni o`rnatish uchun ishlatish kerak.


Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali


10.2- jadval

M

Q3

Q2

Q1

0

1

1

1

1

1

1

0

2

1

0

1

3

1

0

0

4

0

1

1

5

0

1

0

6

0

0

1

7

0

0

0

8

1

1

1

Agartrigger 20.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avval gitriggerning to`g`i (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.


Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar.


Umuman olganda, K≠2nbo`lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagichni (K= 22=4) qo`llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan bitta ortiqcha holatni (K= 22 - 1 = 3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to`rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o`tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich sxemasi 10.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini hosil qilish mumkin.
Reversiv hisoblagichlar. Hisoblagichlardagi sanoq yo`nalishi (tartibi) razryadlararo aloqalar turini o`zgartirib turlicha bo`lishi mumkin.

10.3-rasm. Sanoq moduli K=3 bo’lgan ketma-ketli hisoblagich sxemasi

Masalan, har bir triggerning sanoq kirishlarigaT0=MQK=1MQamalini bajaruchi, ya’ni multipleksor bo`lgan VA-YOKI-EMAS MElarini kiritib, reversiv hisoblagich hosil qilish mumkin. Dinamik T-triggerda bajarilgan bunday reversiv hisoblagichning sxemasi 10.3- rasmda keltirilgan.


V kirish trigger ishini to`xtatadi va unga yozilgan ma’lumot ancha muddat ichida saqlanishi mumkin. Ketma-ket uzatishli hisoblagichlar ichki tuzilmasining soddaligi bilan ajralib turadi, lekin kichik tezkorlikka ega, chunki triggerning har bir ulanishi, avvalgisi qayta ulangandan so`ng amalga oshadi. Shuning uchun chiqishda ma’lumot o`rnatilishining minimal vaqti quyidagiga teng:
TK1.min =Ntk ,
bu yerda: N — hisoblagich razryadlari soni, tK hisoblagich bir razryadining qayta ulanish vaqti.
Parallel hisoblagichlar.Bu turdagi hisoblagichlarda T0 sanoq impulslari barcha razryadlarda triggerlarning C sinxro kirishlariga bir vaqtda (parallel) uzatiladi. Parallel hisoblagichlar yoki parallel o`tuvchi hisoblagichlar odatda front yordamida sinxronlashadigan RS, JK, D- triggerlar asosida tuziladi. Hisoblagich ish algoritmini1.1-jadvalni tahlil qilib tushinish mumkin. Undan ko`rinib turibdiki, mazkur algoritim matemetik usulda MAF yordamida quyidagicha ifodalanadi:

10.4-rasm.Reversiv hisoblagich fragmenti.



Yüklə 190,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə