Laboratoriya mashgʻuloti- 4 (10- amaliy mash boʻyicha) Laboratoriya ishi nomi: Kompleks birikmalar hosil boʻlishi



Yüklə 29,79 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü29,79 Kb.
#152828
4-lab. mash.


Laboratoriya mashgʻuloti- 4 (10- amaliy mash. boʻyicha)


Laboratoriya ishi nomi: 1. Kompleks birikmalar hosil boʻlishi
1-Tajriba.Ikki probirkaga Cu(II) va Zn(II) tuzlari eritmasiga tomchilab NaOH eritmasidan qoʻshing. Hosil boʻlgan gidroksid choʻkmalarni NH4OH reaktivning moʻl miqdorida eriting. Kationlarga xos kompleks birikmalar - ammiakatlar hosil boʻladi. Komplekslarning hosil boʻlgan eritmalariga ishqor eritmasidan soling. Metall gidroksidlari choʻkmaga tushadimi? Ammiakat hosil boʻlish reaktsiya tenglamalarini yozing.
2-Tajriba. Kompleks anion hosil boʻlishi

a) Probirkaga 5 tomchi Hg(NO3)2 eritmasi soling. 2 tomchi KI eritmasini qoʻshing. Choʻkma hosil boʻlishini kuzating. Choʻkmaga erib ketguncha asta-sekin KI tomizing. Reaksiya tenglamasini yozing.


b) Zn(NO3)2 va Al(NO3)3 tuzlari eritmasiga NaOH eritmasidan soling. Hosil boʻlgan
gidrokid choʻkmalarini reaktivning moʻl miqdorida eriting. Gidroksokomplekslar
hosil boʻlish reaksiyasi tenglamalarini yozing.


3-Tajriba. Kompleks hosil boʻlish reaksiyasi muvozanatini siljitish
a) Probirkaga 5 tomchi AgNO3 va 3 tomchi NaCI eritmasidan soling. Reaksiya tenglamasini yozing;
b) hosil boʻlgan AgCI choʻkmasiga 10 tomchi NH4OH eritmasi tomizing. Erish
reaktsiyasi tenglamasini yozing;
v) hosil boʻlgan eritmaga 10 tomchi HNO3 eritmasidan qoʻshing. AgCI choʻkmasi
hosil boʻlish reaksiyasi tenglamasini yozing;


4-Tajriba. Kompleks birikmalarning barqarorligi.
FeCI3 tuzi eritmasiga NH4CNS eritmasidan qoʻshing. Hosil boʻlgan eritma rangini
belgilang. NaF eritmasidan qoʻshing. Borayotgan hodisalarni tushuntiring.


5-Tajriba. Kompleks birikmalar eritmasidagi almashinish reaksiyalari
FeCI3 tuzi eritmasiga K4[Fe(CN)6] eritmasidan, FeCI2 tuzi eritmasiga K3[Fe(CN)6]
dan qoʻshing. Hosil boʻlgan choʻkmalar rangini belgilang, ularning hosil boʻlish reaktsiya tenglamalarini yozing. Alohida probirkada bir necha tomchidan K4[Fe(CN)6] va K3[Fe(CN)6] eritmalarini solib aralashtiring. Nima uchun bu holda choʻkma hosil boʻlmaydi?


Laboratoriya ishining nomi: Suvning umumiy qattaqligini aniqlash
Ishning borishi: Titrlash uchun moʻljallangan kolbaga byuretkadan 100,00 ml vodoprovod suvi oʻlchab solinadi. Unga 5,00 ml ammiakli bufer eritmasi (pH-10), shpatel uchida indikator erioxrom qora T (quruq NaCI bilan aralashma holida) qoʻshiladi va komplekson III ning standart eritmasi bilan olcha rangdan koʻk rangga (yashil tusli) oʻtguncha titrlanadi. Titrlash soʻngida komplekson III eritmasini tomchilab qizil tus batamom yoʻqolguncha qoʻshiladi. Titrlashni yana 2 marta takrorlanadi. Tajriba natijalarini jadvalga yozinladi. Yaqin kelgan natijalardan oʻrta


Tartib №

V (Н2О), ml

V (компл.III), ml

с(компл.III), mol/l

Indicator


  1. Erioxrom qora T


O’tacha

Suvning umumiy qattiqligini (Ca va Mg ionlarining 1l suvdagi miqdorini)


quyidagi tenglama boʻyicha hisoblanadi.
mg/l
Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə