Laboratoriya ishi



Yüklə 23,55 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü23,55 Kb.
#180362
5-laboratoriya ishi-2



5
-
LABORATORIYA ISHI
PILTALASH MASHINALARI, CHO'ZISH ASBOBLARI. PILTALASH 
MASHINASINING VAZIFASI, TUZILISHI VA ISHLASHI. 
 
Laboratoriya ishining maqsadi:
Piltalash mashinasining tuzilishi va 
ishlashini o’rganish, turli firma mashinalarining texnologik parametrlari bilan 
tanishish. Piltalash mashinasining asosiy mexanizmlari tuzilishi va ishlashini 
o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: 
HSR-1000 
piltalash mashinasi, piltalash mashinalarining animatsion modellari va texnik 
tavsiflari, kompyuter, proektor.
 
Topshiriq 
1.
Piltalash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. 
Texnologik va kinematik sxemasini tasvirlang.
2.
Ta`minlash qurilmasining tuzilishini o’rganing. Pilta uzilishini sezuvchi 
datchiklarning ishlash printsipini aniqlang. Sxemalarini tasvirlang. 
3.
«4×3» cho’zish asbobining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing. 
Sxemasini tasvirlang. 
4.
Pilta shakllantiruvchi organlarning tuzilishi va ishlashini o’rganing. 
Sxemalarini tasvirlang. 
Uyda:
Amaliy ishi boyicha hisobot tayyorlang. 
Аsosiy ma`lumotlar 
Piltalash mashinasini o’rganishda, asosiy ishchi organlarning vazifalari, 
ularga qoyilgan talablar va mashinaning texnologik parametrlari tahlil qilinadi. 
O’qituvchi mashinani yurgazadi, talabalar uning ishlashini kuzatib, qo’shish 
va cho’zishning amalga oshirilishi, pilta shakllanishi, hamda tazga taxlanishi bilan 
tanishadi. 
HSR-1000
 
piltalash mashinasining texnologik sxemasi 
1-piltali taz, 2-ta`minlovchi valiklar, 3-uzatuvchi valiklar, 4-rostlagichning 
ta`minlash juftligi, 5,6,7-tsilindrlar, 8,9,10,11-yuklovchi valiklar, 12-yuklovchi 
sterjen, 13-zichlagich, 14-chiqaruvchi valiklar, 15-kanal, 16-ustki tarelka, 17-taz; 
18-pastki tarelka 


Piltalash mashinasi ishchi organlariga harakat uzatilishini o’rganishda 
talabalar mashinani yurgazish va to’xtatish, shaylash parametrlarini korrektirovka 
qilish vazifalarini kompyuter dasturlari asosida boshqarishning afzalliklari bilan 
tanishadi. Mashinaning almashinuvchi elementlarini aniqlashadi.
HSR-1000
 
piltalash mashinasining kinematik sxemasi 
Piltalash 
mashinasining 
ta`minlash 
qurilmasini 
o’rganishda 
uning 
konstruktsiyasi, ta`minlovchi mahsulot pakovkasi va tezligiga bog’liqligiga e`tibor 
qaratiladi, shuningdek o’rganilayotgan ta`minlash usulning xizmat ko’rsatish 
uchun qulayligi tahlil qilinadi. 
1-stoyka; 
2-tasmali uzatma; 
3-ta`minlovchi valiklar; 
4- yuklovchi valiklar; 
5-taz; 
6-pilta; 
7- pilta yo’naltirgich 
HSR-1000
 
piltalash mashinasining ta`minlash qurilmasi 
Talabalar ta`minlash qurilmasiga o’rnatilgan pilta uzilishini sezuvchi 
datchiklarning ishlash printsiplari bilan tanishadi. Fotorelelarning ta`sir doirasi 
(sektori), mashina to’xtatilishining tipik holatlari, ta`minlanuvchi piltalar harakatini 
nazorat qilish imkoniyatlari tahlil etiladi. 


 

Piltalar harakati va uzilishi nazorati 


1-ta`minlash piltalari, 2-yo’naltiruvchilar, 3,4- fotorele, 5- nur uzatuvchi,
6-nur qabul qiluvchi 
a) 
b) 
Mashina to’xtatilishining tipik holatlari 
1-uzilgan pilta; 2,3-fotorelelar a) taz - ta`minlovchi valiklar zonasida piltaning 
uzilish holati;
b) ta`minlovchi - yo’naltiruvchi valiklar zonasida piltaning uzilish holati 
Cho’zish asbobini o’rganishda uning asosiy organlari (riflyali tsilindrlar, 
elastik valiklar, yuklash tizimi, yuklovchi sterjen, tsilindrlar stoykasi salazkasi) va 
ularga qoyilgan talablar tahlil etiladi. Talabalar cho’zish asbobining parametrlari 
(umumiy va xususiy cho’zish miqdori, razvodka, tsilindr va valiklar aylanishlar 
soni) va ularni o’zgartirish imkoniyatlari bilan tanishishadi.
Elastik valiklarni yuklash tizimida siqilgan havoni ishlatilishiga alohida 
e`tibor qaratilib, ushbu tizimning afzalliklari tahlil etiladi.
«4

3» cho’zish asbobining sxemasi 
1-tsilindrlar stoykasi salazkasi, 
2-riflyali tsilindrlar, 3- yuklovchi 
sterjen,
4-elastik valiklar 
Pnevmoyuklash tizimi 
1-yuklovchi shtok, 2-pnevmoporshen,
3-siqilgan havo trubkasi 
Piltataxlagichning tuzilishini o’rganishda ustki va pastki tarelkalarning 
ekstsentrik joylashganligiga va uning natijasida piltaning gipotsikloidal shaklda 


taxlanishiga alohida e`tibor qaratiladi. Shuningdek jipslovchi valiklarda 
mahsulotning qisilishi, o’lchovchi zichlagichning ishlash printsipi va tazlarni 
avtomatik almashtirish mexanizmi ham tahlil etiladi.
Piltalash mashinasining pilta shakllantiruvchi organlari 
1-ustki tarelka, 2-chiqaruvchi valiklar, 3-piltayo’naltiruvchi kanal, 4-korpus, 
5-tasmali shkiv 
Tazlarni avtomatik almashtirish 
mexanizmi 
1-asos va uzatmalar
2-korpus; 
3-tazlar yo’naltiruvchisi; 
4-turniket; 
5-piltataxlagich tarelkasi; 
6-tazlarni chiqarish lotogi 

Yüklə 23,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə