Kushon davlatinig kelib chiqishi Kushon davlati madaniyati Kushonlar davlati


Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati



Yüklə 29,82 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü29,82 Kb.
#163522
1   2   3   4   5
Kushon davlatinig kelib chiqishi Kushon davlati madaniyati-fayllar.org

Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati
(miloddan avvalgi I - milodiy III asrlar)
Miloddan avvalgi I - milodiy III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Vatanimiz tarixida, balki butun Markaziy Osiyo tarixiy o`lkalari xalqlari iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o`rin tutgan davlatlardan biri sanaladi. Kushon podsholigiga asos solgan qabilalar tarixiy manbalarda yuechji( yovchi) va toxarlar deb nomlangan. Miloddan avvalgi II asrning to`rtinchi choragida asosan Baqtriyada hukmron bo`lgan Yunon - Baqtriya shohligi Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida istiqomat qilgan yuechji qabilalarining yurishi tufayli inqirozga uchragan. Milodiy I asrga kelib, Baqtriyada besh katta urug` (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xeytun va Gaofu - yoki boshqa bir manbada Gaofu o`rnida Dumi) ga bo`linib yashagan yuechji qabilalari Kujula Kadfiz tomonidan Guyshuan- Kushon urug`i qo`l ostida yagona davlatga birlashtirilgan.

Kushon davlatining shimoliy chegarasi Janubiy Hisor tog` tizmasiga kirgan Boysuntog` hisoblanibKushon hukmdorlari o`z davlatining shimoliy chegaralarini mustahkamlash borasida ham tinimsiz faoliyat ko`rsatganlar.
Boysuntog`dagi " Temir darvoza" va uning bilan bog`liq mudofaa istehkomlari ana shunday inshootlardan biri hisoblanadi. Vima Kadfiz va ayniqsa, Kanishka I hukmronligida bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlari ham kiritilgan va natijada Kushon davlati Ko`hna Dunyoning Rim imperiyasi, Parfiya va Xan Xitoyi bilan bir qatorda turgan buyuk davlatga aylangan. Milodiy III asr oxirida ichki ziddiyatlar va ayniqsa, sosoniylar Eroni qo`shinlarining Kushonshahr, ya'ni Baqtriyani egallashlari tufayli Kushon davlati inqirozga yuz tutgan.
To`rt asr davomida markazlashgan davlatning mavjudligi Baqtriyada, shu jumladan, uning tarkibiy qismi bo`lgan Surxon vohasida ham iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida yuksalishga olib kelgan.
Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda Surxon vohasi jadal o`zlashtirilgan, yirik kanallar qazilgan (Kattanahar), mavjud sug`orish inshootlari kengaygan (Zang kanali), yangi shaharlarga asos solingan (Zartepa) yoki Tarmita (Termiz) va Dalvarzintepa singari shaharlar hududiy jihatdan kengaygan. Kushon davri shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan ikki qism, ya'ni arki a'lo va unga tutash asosiy shahar qisimlaridan iborat bo`lgan. Bu davr shaharsozligi Dalvarzintepa, Zartepa, Ko`hna Termiz va uning tarkibiy qismlari hisoblangan Qoratepa, Fayoztepa, o`rnidagi diniy inshootlar orqali yaxshi o`rganilgan.
Surxon vohasining Kushon davri shaharlari ma`muriy, iqtisodiy markaz bo`lish bilan bir qatorda diniy markazlar vazifasini ham o`tagan (Ko`hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Zo`rmola, Ayritom va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalari). Kushonlar hukmronligining ilk bosqichidayoq, Ko`hna Dunyo davlat va xalqlarini iqtisodiy va madaniy jihatdan bog`lab turgan qit`alararo savdo yo`li, ya'ni Buyuk ipak yo`li to`liq shakllangan va bu xalqaro savdoda 
Yüklə 29,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə