Kurs ishi Mavzu


Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh



Yüklə 152,13 Kb.
səhifə15/17
tarix10.04.2023
ölçüsü152,13 Kb.
#104888
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kurs ishi Mavzu Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalani

2.2 Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh
“Keys-stadi” Muammoli texnologiya bo‘lib, (inglizcha keys - to‘plam, aniq vaziyat, study -ta’lim) keysda bayon qilingan va talabalarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammolivaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni voqelikka bog‘lab qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish, tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotni yig‘ish, tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. O‘quv uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi:
 o‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta’limdan so‘ng) bilimlarni mustahkamlashni;
 muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish ko‘nikmalarini egallashni;
 ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;
 yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni;
 mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning shakllanishini; o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv dasturi yakunida).
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha:
1. Topshiriqni berish. Doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza tuza olasizmi?
2. Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi – teng kuchli formulalarga doir teoremalardan foydalanib, tavtologiya bo‘ladigan kamida ikkita propozitsional o‘zgaruvchi qatnashgan formulani tuzish.
3. Talabalarni 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratish. 24 ta talaba qatnashgan guruhni 4 ta 6 tadan talaba qatnashgan kichik guruhga ajratamiz.
4. Talabalarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish. 4 ta teng kuchli formulalarga doir teorema taqsimlab beriladi.
5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
Masalan: 1-guruh javobi bu- Ushbu

funksiya 0 x0  nuqtada hosilaga ega bo‘ladimi?

bo‘lib, x  x0  0 limit mavjud emas. Demak, berilgan funksiya x0  0 nuqtada hosilaga ega emas.
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. Keltirib chiqarilgan formulalar tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara qilinadi.
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yechimi to‘g‘risidagi fikri.
8. Talabalarni baholanishi.
9. Talabalarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari.
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar chiqarish. Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi talabalarni yo‘naltirib turishi va ulardagi faollikni qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg‘otib turishi darkor.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalar shaxsida quyidagi professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
- mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; - haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi; - nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liklikni shakllantiradi; - muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; - vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi; - boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; - savol berish madaniyatini tarkib toptiradi; - qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi. Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish, muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko‘rib chiqish, eng maqbul qaror qabul qilish.


Yüklə 152,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə