Kurs ishi mavzu: O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqishini uyg’otish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#106507
  1   2   3


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Toshkent Davlat SHarqshunoslik Universiteti Sharq 
Sivilizatsiyasi va Tarixi Fakulteti 
III Kurs SHMT Arab-Ingliz guruhi talabasi Rustamov Sardor 
Axtam o’g’lining Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanidan 
yozgan 
KURS ISHI 
 
MAVZU: O’QUVCHILARNI TARIX FANIDAN ILMIY 
TADQIQOTLAR OLIB BORISHGA QIZIQISHINI UYG’OTISH
Bajardi: Rustamov. S 
Qabul qildi: 
Ikromov. Sh 
TOSHKENT 2022 


REJA:
Kirish;
1. Ko`rsatmali qurollar tarixiy bilimlarning muhim manbai va uni
aniqlashtirish vositasi.
2. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan ko`rsatmali qurollarning 
klassifikatsiyasi.
3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi. 
4. Tarix darsida xarita bilan ishlash 
5.Tarixiy faktlarni va xronologiyani o'rganish. 
6.Darslik bilan va tarixiy xujjatlar bilan ishlash usullari.
7. Og'zaki jonli bayon qilish va yning turlari. 
8. Tarix o'qitishda bosma matnlardan foydalanish usullari.
9. Tarix ta'limining amaliy uslubi haqida tushuncha. 
10. O'quvchilar amaliy bilish faoliyatining turlari. 
11. Vaqtli matbuot materiallari o'quvchilar amaliy faoliyatining 
asosiy manbai. 
Xulosa; 
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati; 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi
. O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi 
davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy 
omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy 
an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi. Tarix o`qitish 
uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, 
ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining 
maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix 
o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining 
asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga 
kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib 
chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan
qurollantirishdan iborat. “Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish 
predmetiga ega. Ta’lim muassasalarida tarix fanining o`qitilishi va o`qitish 
jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. 
O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni 
bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan 
oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim 
kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix 
o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv 
ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu 
qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish 
zarur”.
1
“Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix 
o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob‘ektiv 
1
Ishmuhammedov R., Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008. 


suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu 
qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini 
tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur. Tarix o`qitish 
uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda 
suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat 
va ular ta‘lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, u tarix o`qitish jarayonining 
tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda 
natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi.
Tarix 
o`qitishning asosiy maqsadi, maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar singari, 
o`zligini anglash tarbiyasidan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator ta‘lim-tarbiya 
vazifalaridan tashkil topadi. Maktabda tarix o`qitish vazifasi o`quvchilarda ongli 
dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Tarix o`qitish jarayonida bu bosh 
vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo`lishi ruxida, o`zbek 
xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi ma‘naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, ularni 
bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib boriladi. 
Tarix o`qitish deganda, tarixiy materiallar vositasida o`quvchilarga bilim berish 
ularni o`zligini anglash bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarish ruxida 
tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan 
jarayonni, ya‘ni o`qituvchi va o`quvchilarning ilmiy (ichki) o`quv xarakatlari 
(tashqi) jarayoni tushuniladi”.
2
Tarix kursining mazmuni deganda birinchi 
navbatda tarix dasturi va darsligada belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami 
o`quv metariallari: uning mazmuni, tarixiy faktlarni taxlil qilish asosida kelib 
chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o`quvchilarning tarixiy materiallarni 
o`zlashtirish va olgan bilimlardan foydalana bilish sohasidagi o`quv usullari, 
2
Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993. 


ko`nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish 
ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko`zda tutiladi.
O’quvchilarni tarix fanidan tadqiqotlar olib borishda qiziqishini uyg’otish 
uchun Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanimizda bir qancha usullar mavjud 
ulardan yuqoridagi mavzuni yoritishda quyidagi eng afzal deb hisoblaganlarimni 
misol qilib keltirib o’tmoqchiman. 1. Ko`rgazmali uslubiyat. 2. O’g’zaki uslubiyat. 
3. Amaliy uslubiyat. 
Ko`rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko`rsatmali usuli,
o`qituvchi bayonining ko`rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlarga
suyana bilishi, dars mavzusini bayon qilish vaqtida ko`rsatmali qurollardan 
foydalanish va ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini 
faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va 
xodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari 
tushiniladi. Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o`qituvchi 
bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,ko`rsatmali qurollar vositasida 
o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham 
qo’shiladi.Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi. 
Tarix o`qitishning ko`rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham 
katta. Avvalo, ko`rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba 
bo’lib xizmat qiladi. Ko`rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va xodisalarning tashqi 
ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. 
Ko`rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy xodisalarni, tarixiy 
tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.
3
3
G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T, 1996. 


Ko`rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,ularning nazariy 
xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob‘ektiv 
qonuniyatlarini o’zaro aloqalarini yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, 
shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib
ham xizmat qiladi. Shu tariqa ko`rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni, 
hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur 
hosil qilishga yordam beradi. Shunday qilib, ko`rsatmalilik metodi: 
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi; 
2) o’quv materialining ta‘lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishga yordam beradi; 
3) o`qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi; 
4) o`quvchilarning o`quv materialini o`rganishga qiziqishini oshiradi va ularning
bilish faoliyatini faollashtiradi; 
5) o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarini
o`quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi; 
6) o`quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi; 
7) o`quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam 
beradi. Ko`rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri, 
ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga 
bo’linadi:
4
1) Predmetli ko`rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura 
yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro`zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik 
topilmalar. 
2) Tasviriy ko`rsatmalar: o`qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar 
va lbomlar,san’at asarlari,portretlar,rasmlar,fotohujjatar va fotokopiyalar, 
4
A. Sa’diyev. Maktabda tarix o’qitish metodikasi.–T., «O’qituvchi», 1998. 


darsliklardagi illyustratsiyalar, o`quv filimlar va kinofilmlar, maketlar, har xil 
modellar va boshqalar. 
3) Shartli ko`rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar, 
sxemalar, grafika, diagramma va kartogrammalar,appilikatsiyalar va pedagogik
rasmlar. Predmet ko`rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki 
botanika o`qitucvchilari o`rganilayotgan mavzuni o`quvchilarga formula, shakl va 
boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o`qituvchisi unday imkoniyatdan 
mahrumligiga sabab, masalan o`quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va 
faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko`rsatsa 
faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini yoki aytaylik 
feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni boshqa ba‘zi 
buyumlarni masalan, Jaloliddin Manguberdining janglarda ko’rsatgan jasorati va 
qahramonliklarni emas, balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim 
rasm,kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos. Lekin har xolda kishilarning 
o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga 
so`zsiz yordam beradi.
5
O`quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha 
ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi 
haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o`rganadilar. Shuning 
uchun maktablarda tarixiy o’tmishni o`rganishning asosiy manbalaridan biri 
bo`lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor
beriladi. 
Tasviriy ko`rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi. 
Tasviriy ko`rsatmalar bir necha xil bo’ladi. 
5
E. Safayeva. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitishda mahalliy materiallardan foydalanish. –T., «O’qituvchi», 1993 


a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy 
ko`rsatmalar,hujjatli foto suratlar va hujjatli kinofilimlar,predmet yodgorliklarining 
tasvirlari mehnat qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari. 
b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstruktsiya qilingan arxitektura va boshqa 
yodgorliklar, tasviri, ro`zg’or buyumlari yoki ularning tasviri. 
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko`rsatmalar, 
tarixiy san‘at asarlari,darsliklarda berilgan illyustratsiyalar,maketlar,modellar va 
boshqalar.
6
Ko`rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o`qituvchi 
quyidagilarni e‘tiborga olishi lozim: 
1. O`quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning 
predmet va tasviriy ko`rsatmalarga qiziqishi ortib boradi. 
Masalan sinf o`quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea-xodisalarning yaxlit 
manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori 
sinflardagi o`quvchilarni esa yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko`rsatmalar 
qiziqtiradi. 
2. Har bir dars uchun tanlangan ko`rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi ilmiyligi 
jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o`quvchilariga mos 
bo’lishi, soni ko`paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko`rsatmali qurollar 
ko’payib ketsa, o`qituvchi va o`quvchilar ish qurollari bilan ovora bo’lib qolib, 
o`quvchilarning dars materialini o`zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin.
3. O`quvchilarning ko`rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o`zlashtirib 
olishlariga erishish kerak.
4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib boriladi. 
Tarix o`qitishda qo`llaniladigan tasviriy ko`rsatmali vositalar ichida o`quv 
kartinalari muhim o`rin tutadi. Kartinalar o`rganilayotgan voqealar va xodisalar 
6
O’zbekiston tarixi va madaniyat. –T., «O’qituvchi», 1992. 


haqida o`quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi. Tarixiy 
temalarga bag`ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga
bo`linadi. 
1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, 
harbiy harakatlar,voqealar yoritiladi. Bu kartinada o`qituvchidan voqeani yorqin 
hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni, 
o`quvchilarga axloqiy va g`oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin. 
2. O`rganilayotgan davr uchun tipik bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar. 
Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko`rinishini o`rganish bilan 
bog`lik bo`lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o`quvchilarning faol 
mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin. 
3. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli 
tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o`qituvchi o`quvchilarga 
mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o`quvchilarning “Oqsaroyga” 
xayolan ekskursiya qildirish. 
4. Tarixiy portretlar. Ular ustida o`quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo`lsa, 
ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyagini og`zaki va yozma ravishda hikoya
qilib beradi. Shu tariqa kartinalardan foydalanish va ular ustida ishlash metodlari, 
ularning mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtdagi maktab tarix 
kursining deyarli hamma bo`limlari yuzasidan o`quv kartinalar yaratilgan.Keyingi 
yillarda ularning soni yanada ko`paydi.
7
Illkyutratsiya mazmunining murakkabligi, xarakteri o`quvchilarning 
tayyorgarligiga qarab suxbat yo’li bilan tahlil qilinishi mumkin, o`qituvchi 
o`quvchilarga mustaqil taxlil qilishni ham topshirishi mumkin. 
7
O’zbekiston tarixi fani dasturi universitetlar va pedagogika oliy o’quv yurtlarining tarix fakultetlari uchun. –T., 
1996. 


Illyustrativ materiallar quyidagi turlarga bo`linadi: 
1. O’tmishdagi buyum yodgorliklarining tasvirlari: 
a) Ayrim buyumlar yoki ularning parchalari, ro`zg’or ashyolari, urush qurollari, 
mexnat qurollari; 
b)Arxitektura yodgorliklari va san‘at asarlari tasviri. Ular ichida buyum va 
arxitektura yodgorliklarining tasvirlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu gruppaga 
kirgan illyustratsiyalar juda ham turli-tuman bo`lib ob‘ektni tahlil qilish,taqqoslash 
va tegishli xulosalar chiqarish uchungina xizmat qilmasdan o`quvchilarni estetik 
ruxda tarbiyalash va ularga emotsional ta‘sir ko`rsatishning ham muhim vositasi 
bo`lib xizmat qiladi. 
2. Rassomlarning hayotdan olib yaratgan asarlari. 
3. Portretlar. 
4. Karikaturalar. Ular asosan XIX-XX asr voqealariga doir bo`lib ko`proq yangi va 
eng yangi tarix darsliklarida beriladi.Metodist olimlar karikaturalardan foydalanish 
tarixiy faktlarga, siyosiy arboblarga, ijtimoiy gruppalarga siyosiy xarakteristika 
berishga, ularga berilgan baholarni esa mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi, 
o`quvchilar ongiga, g’oyaviy-siyosiy tarbiyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.
8
Karikatura o`quvchilar oldiida tarixiy voqeaning moxiyatini ochib berish, tarixiy 
shaxsning faoliyatini fosh etishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi deb baho 
berishadi.Vaholanki bizhihg milliy xususiyatlarimiz, diniy qarashlarimiz, urf –
odatlarimizga karikaturalardan foydalanish unchalik ma’qul emas. 
5. Hujjatlar, yozuvlar, yozuvli tekstlar, toshga o’yilgan yozuvlar, qo’lyozmalar, 
nashr etilgan yozmalar tasviri. Bu xildagi illyustratsiyalar o`quvchilarning davr 
ruxini tarixiy sharoitni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi. 
8
O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishning yagona konsepsiyasi. –T., 1996. 


6. Hujjatli fotosuratlar. Bu xildagi illyutratsiyalar, asosan XIX va XX asr 
voqealariga doir bo`lib yuqori sinflarda foydalaniladi. 
Shunday qilib, illyutratsiyalar bilim manbalaridan biri bo`lib, tarix darslarida 
o`qituvchi bayonini aniqlashtirishda, uning g’oyaviy-siyosiy ta‘sirini 
kuchaytirishda, o`quvchilar bilimini mustahkamlash va mavjud bilimlarni ishga 
solishda ko`rsatmali material sifatida ham xizmat qiladi. 
Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq 
tasvirlab berish o`quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari 
mexnatining o`zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam 
beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga 
ega. Darsda kartadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo`lgan joyni ko`rsatish, 
o`quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy 
voqealarning moxiyatini ularning qonuniyatlarini, o`zaro aloqalari, sabab-
natijalarini ochib berishda ham muhim rol uynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani 
tushuntirib berishdagina, emas balki uni taxlil qilishda va umumlashtirishda ham 
foydalaniladi.
9
Tarix o`qitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan 
foydalaniladi. 
1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy 
voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi 
ahvolini aks ettiradi. Masalan, XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi, 1789 
yilda Yevropa va boshqalar. 
2. Obzor xaritalar. O`rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr 
mobaynida territoriyaning o`zgarganini aks ettiradi. Masalan: “XIV-XV asrlarda 
Temuriylar davlatining kengayishi”, “Rim davlatining yuksalishi”. 
9
R. Muqimov va boshqalar. O’zbekiston tarixi. XVI-XIX asrning 1–yarmi.-T., «O’qituvchi», 1994. 


3. Tematik xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim 
tomonlariga bag`ishlanadi. Masalan, «Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli». 
Tematik xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga, 
sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o`tmishga doir masalalar to`laroq 
yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko`pchiligi tematik xaritalardir. 
O`qituvchi bosma yoki qo`lda tayyorlangan osma tematik kartalardan ham 
foydalanadi. Sxematik xaritalar yoki xarita sxemalar ham, tematik xaritalarning bir 
turidir. Tarix darslarida o`quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va 
iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va 
iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi. Birorta ham darsni xaritasiz 
tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo`llanmasi bo`lib 
hisoblanadi. Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning 
samaradorligini oshiradi. Ta’limning texnika vositalari o`qitish va 
o`rganish sifatini ko`tarishga, o`quvchilarning o`quv materialini qiziqib o`rganish, 
puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi. Tarix o`qitish tajribasiga ko`ra maktabda 
ta‘limning quyidagi texnika vositalardan foydalanilmoqda.
10
1 .Oddiy texnika qurilmalari: Xarita va o`quv kartinalari ilinadigan 
yog`ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar,sinf 
doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska. 
2. Ovozli apparatlar, proigrovatel, magnitafon, radiopriemniklar . 
Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit lentalar ham bor. 
Buyuk davlat va jamoat arboblarining birinchi navbatda Prezident 
I.A.Karimovning nutqlari yozilgan kassetalardan, slaydlardan foydalanishi 
mumkin. Maktab tajribasida bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar 
qo`llaniladi:
10
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai Sa’dayn va majma’i bahrayin. –T., «Fan», 1969. 


1) yozuv materiallari yuzasidan o`quvchilarga savollar berish bilan bu 
yozuvlar materialiga qo`shimcha qilinadi. 
2) Avvalo slaydlar namoyish etiladi, so`ngra suhbat yordamida tahlil qilinadi. 
3) Qadimgi yozuvlar asosida o`quvchilarning musqaqil ishlari tashkil etiladi. 
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O`qituvchi o`quvchilar
uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo`yicha tarixdan 
beriladigan eshittirishlarni tashknl etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar
ko`pincha magnit lentalarga yozib olingan bo’ladi. 
4) Har xil ko`rsatuv asboblari va qurilmalar ta‘lim texnika vositalarining uchinchi 
guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diopozitivlar, diafilmlar va o`quv 
kinofilmlardan iborat. 
Tarix darslarida bunday texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur 
texnik sharoit mavjud bo`lgan kabineti yoki texnika vositalaridan foydalanishga 
moslangan maxsus tarix kabineti bo`lishi kerak. 
a) Kabinetda juda katta doska bo`lishi kerakki, uning bir qismi ekran 
bilan band bo`lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo`lsin; 
b) xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo`lsin; 
d) Zarur texnika vositalari va ularni ko`rsagadigan apparatlar kabinetda 
mavjud bo`lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday 
maxsus kabinet bo`lmagan taqdirda, sinfni ham, uni texnika vositalaridan 
foydalanadigan qilib jixozlasa bo’ladi.
11
4. O`quv kinofilmlari ham ta‘limning ko`rsatmali vositalari jumlasidandir. 
Tarix o`qitishda o`quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko`rsatmali 
vositasidir. Kinofilm o`quvchilar ko`z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini 
to`liq harakatda gavdalantiradi. 
11
Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T., « Universitet » 2002. 


O`quvchilar boshqa ko`rgazmalardan ko`ra, kinofilmlar vositasida tarixiy
o`tmishni jonlliroq idrok etadilar. 
Tarixiy temalarga bag`ishlangan badiiy filmlar o`zining mazmuni va 
tarixiy voqealarning jonli qilib ko`rsatishi jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o`xshab 
ketadi. Hujjatli xronikal filmlar esa, o`sha davrning ko`rsatmali hujjati bo`lib 
xizmat qiladi. 
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o`quvchilarga emotsional ta‘sir 
ko`rsatish,estetik va ahloqiy tarbiya berish vositasi hamdir.Kinofilmlar 
bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O`quvchilar oddiy 
sharoit o`qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarga 
borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko`rib ham 
olishlari mumkin. Negaki o`quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning 
butun qiyofasi, xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham 
ko`z bilan ko`radi.
12
Kinofilmni o`quvchilarga ko`rsatishdan oldin, o`qituvchining o`zi uni sinchiklab 
ko`rib chiqishi va o`rganishi lozim. Bu bilan o`qituvchi filmning umumiy mazmuni 
bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va diktor teksti bilan 
tanishadi. Shundan keyin film o`quvchilarga ko`rsatiladi, so`ngra film yuzasidan 
suhbat o`tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi. 
Filmni mazmuniga bog`lab uyga vazifa topshiriladi. Tarix o`qitish tajribasiga 
o`quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud: 
a) O`qituvchi o`z bayonini o`quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni 
ko`rsatish bilan bog`lab olib boradi. Tanlab olingan o`sha kadrlarni izohlaydi va 
tegishli xulosalar chiqaradi; 
b) 10-15 minut qisqa o`quv filmlariga bag`ishlab dars o`tkaziladi; 
12
www.worldarthistory.com 


v) maxsus kino darsi tashkil etiladi; 
g) Darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi. 
d) O`qishdan tashqari vaqtlardagi teleko`rsatuvlar, o`quvchilar bu eshittirishlarni 
uyda tomosha qiladi. 
Darsda o`quv teleko`rsatuvlariching ikki xil turi qabul qilinadi: 
a) 15 daqiqa teleko`rsatuv; 
b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag`ishlangan 
tematik teledars yoki takrorlash darsi.
13
13
V. Sodiqov, R. Shamsutdinov, P. Ravshanov, O’. O’smanov. O’zbekistonning Yangi tarixi. Turkiston Chor Rossiyasi 
mustamlakachillik davrida. –T., «Sharq», 2000. 


O`qitish uslublari tizimiga asos qilib olingan bilim manbalarida o`qituvchining 
jonli, so`zi nutqi asosiy rol o`ynaydi.O`qituvchining jonli nutqi o`quvchilarning 
ko`z ungada tarixiy o`tmish va hozirgi ijtimoiy xayotning yorqin manzarasini, xalq 
ommasining mehnati va qudratini, kishilarning yorqin obrazlarini gavdalantiradi. 
O`qituvchining bayoni emotsional va ishontiruvchi kuchga ega, jonli nutq o`quvchi 
ongiga tez yetib boradi, uni ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonning 
qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi, o`quvchilarga tarixiy materialni taxlil 
qilish va umumlashtirish namunasini ko`rsatib beradi. O`qituvchining jonli nutqi 
puxta bilim va malaka manbai bo`lishi bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga 
ega. O`qituvchining nutqida mantiq; intonatsiya, urg`uning kuchi, dalillarining 
jonli va ishonarli bo`lishi o`quvchilarning ongiga, xis tuyg`ulariga kuchli ta‘sir 
ko`rsatadi. Ularni fikricha o`rgatadi, ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy 
jarayonni uning qobiliyatlarini to`g`ri tushunishga yordam beradi. 
O`qituvchining jonli so`zi o`quvchilarning o`qish o`rganishi va bilish 
faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilishning metodik usullari va vositalarini 
ham o`zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona 
foydalanish o`quvchilar bilimining puxta va mustaqil bo`lishini ta‘minlaydi, tarix 
o`qitishning ta‘limiy vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga yordam beradi. 
Ma‘lumki, tarix o`qitishdagi maqsad o`quvchilarga bilim berish va malakalar hosil 
qilish bilan birga juda murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham 
amalga oshiradilar. Bunda o`qituvchining g`oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, ahloqiy 
qiyofasi, madaniyati muhim o`rin tutadi. Binobarin, maktabda tarix o`qitish 
darajasi o`qituvchining saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik 
maxoratiga, o`qituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga 


bog`likdir.
14
O`qituvchi nutqi, bayonining ilmiyligi, g`oyaviy-siyosiy tinikligi, 
xayotiyligi, tarbiyaviy xarakteri o`quvchilarning mustaqillik va faoliyatini 
oshirishga, ularda kunikma va malakalarni xosil qilishga yorlam berish, fikrlar 
izchilligi va tushunarli bo`lishi jihatdan didaktikaning asosini prinsipi va 
qoidalarning to’liq javob beradigan bo`lishi lozim. 
O`qituvchi bayonini puxta o`rganish va uni o`zlashtiri1i ustida raxbarlik qilishida: 
1. O`quvchilarning o`rganishi pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga. 
2. O`qituvchi bayoni strukturasining pedagoshk jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga. 
3. Bayon qilinaetgan materialni o`quvchilarning yozib olishiga e‘tibor berishi 
lozim. O`quvchilarning o`qituvchi bayonini etibor va qiziqish bilan o`rganishni
a) o`qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy momentlarini 
qisqacha so`zlab beradi. Masalan, bugungi darsimiz Chingizxon boshlik 
mug`ullarning O`rta Osiyoga bostirib kirishi, yurishining vaxshiylik xarakteri, 
bosqinchilarga qarshi O`rta Osiyo xalqlarining qahromonona ko`rashi 
mug`ullarning hukmronligi o`rnatilgandan keyin ham ko`rashning davom etishi, 
chunonchi xoin feodallarga va bosqinchilarga qarshi Maxmud Tarobiy
boshchiligidagi ko`zg`alon haqida bo`ladi. Shu bilan birga bu voqeaning kimlar 
tomonidan va qanday manbalar asosida yozilganligini ham kurib o`tamiz. 
b) O`qituvchi o`rganilayotgan temaning muhimligi yoki qiyinligini aytib uni puxta 
tushunib, bilib olish uchun nima qilish keraqligini aytaylik, bayonning qaysi 
joylariga e‘tibor berish keraqligini, o`tilgan materiallardan nimalarni eslash 
zarurligini, qo`shimcha qanday materiallarni (badiiy asardan aktivlashtirishda) 
muhim o`rin tutadi. O`qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg`uning kuchi, pauza, 
jumlalarning ixcham va mantiqan to`g`ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof, boy 
obrazli va ta‘sirchan bo`lishi unda xalq donishmandligini ko`rsatuvchi maqollar, 
14
www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml 


xikmatli so`zlardan, badiiy asar namunadaridan o`rinli foydalanish ayniqsa 
muhimdir. Shunday qilib, tarix o`qituvchisi didaktik talablar hamda tarix 
predmetining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materialni konkret va 
ko`rsatmali qilib so`zlab tushuntirib bera olishi kerak. Xar bir o`qituvchi bu 
san‘atni egallab olishi mumkin albatta. Buning uchun tarixiy materialni og`zaki 
bayon qilish, uning asosiy metodlari oldiga quyilgan talablarni puxta bilish, nutqni 
ustirish ustida, aniq, ravon ta‘sirli va obrazli so`zlash ustida tinmay ishlash mashq 
qilish kerak, xolos. 
O`qituvchi tarixiy materialni og`zaki bayon qilish formalarini, ularning o`ziga xos 
xususiyatlarini qanchalik aniq tushunsa, ulardan shunchalik maqsadga muvofiq 
foydalana oladi. Tarix o`qitishning g`zaki metodlari, ya‘ni o`qitishda o`qituvchi 
jonli so`zining qanday usullarda o`quvchilarga yetkazish masalasini metodist 
olimlar turlicha talqin etadilar. Metodistlardan N.V. Andrevskaya bilan V.N. 
Bernadskiy 1947 yilda nashr etilgan «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish» 
qo`llanmasida qaysi parchani qanday, hujjatni yoki vaqtli mabuotda e‘lon qilingan 
maqolani va x.z.ni o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o`tadi. Vazifa 
shundan iboratki, o`qituvchining bayoni o`zining xarekteri bilan bayon qilingan 
umumiy voqeaning ichki aloqalarini o`quvchilarning tushunib olishlariga 
yordamlashsin.
15
Buning uchun o`qituvchi iloji boricha materialni bayon qilish 
planiga muvofiq muntazam va izchil suratda so`zlab berishi, bir masalaning 
tamomlab, unga yakun yasab keyingi masalaga o`tishda o`quvchilar oldiga tegishli 
savollarni quyib borish ham o`qituvchi bayoninnng tushunarli bo`lishiga yordam 
beradi. (Masalan, ana shu sabablarga ko`ra mo’g’ul bosqinchilari O`rta Osiyoda 
o`zlarining hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`lsalarda, O`rta Osiyo 
15
M. Jo’rayev, R. Nurullin va boshqalar. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekistonning Yangi tarixi. O’zbekiston 
sovet mustamlakachiligi davrida. –T., «Sharq», 1999. 


xalqlarining ko`rashi nega to`xtab qolmadi, Nima uchun ular O`rta Osiyo 
xalqlarining irodasini buka olmadi?). 
Tarix o`qitishning hamma pallalarida ham o`quvchilarga darsni bayon qilish 
imkonini berish va xatto uni doskaga yozib qo`yish, materialni shu reja asosida 
bayon etish lozim bo`ladi. Bu birinchidan, o`qituvchi bayonining muntazamligini 
ta‘minlasa, ikkinchidan o`quvchilar olgan bilimning ham konkret puxta va 
mustaxkam bo`lishini, eng muhimi uning sistemali ravishda izchillik bilan yaxlit 
o`zlashtirishini ta‘minlaydi. 
O`qituvchi bayoninish uslubi ham o`quvchilarning bayonini puxta 
o`rganish va ularning bilish faoliyatini metodikasi "(Metodika prepodovaniya 
istorii v semiletney shkole)" degan asarlarida hikoya tarixiy materialni og`zaki 
so`zlab berishning asosiy metodi, voqealar ta‘riflar va tasvirlab berish, 
tushuntirish usullari esa hikoya metodining elementlari yoki boshqa xil turi 
deydilar. N.V. Andreevskaya 1958 yilda chiqqan "V-VI sinflarda tarix o`qitish 
metodikasi ocherki" degan qo`llanmasida ham shu fikrni ilgari suradi. Metodist 
M.N. Zinovev "Tarix o`qitish metodikasi ocherki" (Ocherki metodiki 
prepodovaniya istorii RSFSR. APN. 1955 g.) nomli qo`llanmasida tarixiy 
materialni og`zaki bayon etishning hikoya va maktab leksiyasi metodlarini 
ko`rsatadi. V.G.Kartsov "VIII-X sinflarda SSSR tarixini o`qitish metodikasi 
ocherklari" (Uch pedgaz, 1955g.)da tarixiy bilimlar ikkita asosiy metod hikoya va 
suxbat yordamida bayon qilinadi.
16
Yuqori sinflarda qo`llaniladigan hikoyani 
ko`pincha maktab leksiyasi deb ham yuritiladi deyish bilan u maktab leksiyasini 
hikoyaning bir turi deb qaraydi. U og`zaki bayonini tavsiflash, hikoyasi, 
tushuntirish, suxbat, qisqacha bayon deb to`rt to`rga ajratadi. 
16
I.A. Karimov, I. Tursunov. Islom Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy isloќotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarini 
o’rganish.–T., «O’zbekiston», 1995. 


Ko`rinib turibdiki 60-yillarga qadar ham tarixiy bilimlarni og`zaki bayon metodlari 
metodik adabiyotlarda aniq klassifikatsiya qilinmagan. Xatto bu haqda aniq bir 
fikrga ham kelinmagan edi. 
Metodistlardan A.A. Vagin bu masalani birmuncha mukammal ishlab chiqdi. 
U shu problemaga doir tarixiy metodik adabiyotni chuqur o`rganib va maktabda 
tarix o`qitish tajribalariga suyanib turib og`zaki bayon metodlarini ko`rsatmali 
asosda quyidagi turlarga bo`ldi.
17

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə