Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#131333
  1   2
Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish


Aim.uz

Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish


Kulolchilik tovarlari sopol va nafis keramika (yunon. loydan yasalgan) deb atalmish farfor (arab. hoqon), fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda eramizdan oldin 4 ming yil ilgari boshlangan. Farfordan (chinnidan) buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan. Mayolika so‘zi Ispaniyadagi Mayorka oroli (XIV asr) va fayans so‘zi Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan olingan.


O‘zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Bog‘ot chinni, Sherobod kulolchilik va Rishton badiiy-k ulolchilik zavodlari hamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi. Yurtimizda Angren, Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari, Sho‘rsuvda kuydirganda oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit, Zirabuloq, Ziyovuddinda dala shpati, Dehqonobod va G‘uzorda dolomit konlari mavjud.
Farfor, fayans va mayolikaning asosiy xomashyosi kaolin (oq gil) hisoblanadi. Uning tarkibidagi kaolinit Al2O32SiO2•2H2O qizdirilganda mullit 3Al2O3•2SiO2 va kristoballit 4SiO2 kristallariga aylanadi. Undan loy tayyorlashda qayishqoqligini oshirish uchun qizdirganda oqaradigan gil qo‘shiladi. Qizdirib sovitilganda bo‘lg‘usi buyumning kichrayib qolish darajasini kamaytirish uchun loyga oq qum SiO2 qo‘shiladi. Loyni pishirish (qizdirganda yaxlitlanish) haroratini pasaytirish uchun dala shpati K2O•Al2O3•6SiO2 yoki tarkibi 75% dala shpati va 25% qumdan iborat pegmatit qo‘shiladi.
Xomashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib, ustidan g‘ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika buyumlari, farfor va fayans idishlarining bandlari va jo‘mraklari hamda haykalchalar quyish usulida ishlab chiqariladi. ldishlar bandi hamda jo‘mragi xomashyolarga sir tarkibidagi moddalar. dekstrin yoki karboksimetilselluloza qo‘shilgan aralashma bilan yopishtiriladi. Keyin ho‘l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va jo‘mragi ko‘tarishga bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar quritilib, ikki marta qizdiriladi.
Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo‘yicha yetti turga bo‘linadi:
1. Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 10% gildan qorilib, shakllantirilgandan keyin 900°C va 1410°C da pishirliadi. G‘ovakligi 0,5% bo‘lib, 2,5 mm. gacha qalinlikdagi devori orqali yorug‘lik shu’lasi ko‘rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.
2. Yumshoq (suyakli) farfor. Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki suyak kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin 900°C va 1300°C da pishirliadi. Buyum yupqa devorli bo‘lib, hamma joyidan yorug‘lik shu’lasi ko‘rinib turadi.
3. Fayans. Loyi 2% kaolin, 40% kvars qumi, 30% gil va 10% pegmatit aralashmaisdan qorilib, shakllantirilgandan keyin 1280°C va 1050°C da pishirliadi. G‘ovakliligi 9-12% atrofida bo‘ladi. Undan tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.

  1. Yarim farfor. Qattiq farfordan farqi xomashyosiga gil kaolin hisobidan 5% ko‘proq qo‘shilishida bo‘lib, undan umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan qalin devorli idishlar tayyorlanadi. Pishirilishi fayansniki kabi. Qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida yuvishga chidamli bo‘ladi. G‘ovakliligi 5-8% atrofida.

  2. Mayolika buyumlari. Loyi 15% kaolin, 25% oddiy gil va 40% dan kvars qumi bilan nefelin Na3(AlSiO4) yoki kvars, dala shpati va slyudadan iborat perlit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin ikki marta 900°C da pishirliadi. G‘ovakliligi 15% bo‘ladi.

  3. Olovbardosh sopol. Loyi 30% oddiy gil, 45% perlit va 25% nefelin yoki sillimanit Al2SiO5 aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900°C da pishirladi. Undan tayyorlangan xumchada ovqat pishirish mumkin.


  4. Yüklə 24,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə