Kukunsimon metallar haqida ma’lumot



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#162953
1   2   3   4   5   6   7
murod

Presslanuvchanlik-tashqi nagruzka ta’siridan kukunning zichlanish xossasidir, u presslangan kukun zarralari o‘zaro qanchalik mustahkamlashganligini xarakterlaydi. Presslanuvchanlik materialning plastikligi, kukun zarrasining o’lchami va shakliga bog’liq bo’ladi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar qo‘shilishi bilan ularning presslanuvchanligi ortadi. Pishuvchanlik deyilganda presslangan xomakini termik ishlash natijasida zarrachalarning ilashish mustaxkamligini tushuniladi.
Shixtani tayyorlash. Ma’lum kimyoviy va granulometrik tarkibdagi xamda texnologik xossalarga ega bodgan kukunlarning dozalangan porsiyalari barabanlarda, tegirmonlarda va boshqa qurilmalarda aralashtiriladi. Shixtani bir tekis aralashtirish zarurati tugdlsa spirt, benzin, gliserin va distillangan suv qo‘shiladi. Ba’zan aralashtirish prosessida turli vazifani o’tuvchi texnologik qo‘shilmalar qo‘shiladi: presslanishni yengillashtirish maqsadida plastifikatorlar (parafin, stearin, gliserin va boshqalar), kerakli g‘ovaklikka ega bo’lgan buyumlar olish uchun oson suyuqlanadigan qo‘shilmalar, uchuvchi moddalar qo‘shiladi.
Xomaki va buyumlarni shakllantirish. Kukunlar sovuqlayin yoki issiqlayin prokatlash hamda boshqa usullar bilan presslanadi. Sovuqlayin presslashda press forma matritsasiga shixta solinadi va ish puansoni bilan presslanadi. Bosim olingach, buyum surib chiqaruvchi puanson bilan matritsadan chiqariladi. Presslash jarayonida kukun zarrachalari elastik va plastik deformasiyalanadi. Bunda kukun zarrachalari orasidagi jipslashish ortadi, g‘ovaklik kamayadi. Bu esa kerakli shakl va mustaxkamlikdagi xomaki olish imkonini beradi. Xomaki gidravlik yoki mexanik (ekssentrikli, krivoshipli) presslarda presslanadi. Presslash bosimi kukun tarkibi va buyum vazifasiga ko‘ra 200-1000 MPa bo’ladi. Avtomatik harakatlanadigan presslar keng tarqalgan. Qabul qiluvchi bunker (1) ga solinadigan shixta o‘z og’irligi bilan to’ldiruvchi shlangga o’tadi. Shlang press-qolip (3) ustida tugaydi, u press stoli (4) bo’ylab surilishi mumkin. Pastki surib chiqaruvchi puanson (5) vaziyati to‘kiladigan kukun miqdorini belgilaydi, ya’ni ushbu holda press-qolipni dozalash va uni to’ldirish bir vaqtda bajariladi. Presqolip to’lgach, shlang chetga suriladi va yuqori ish puansoni bilan kukunni qisish imkoniyati tug’iladi. Xomaki pastki puanson bilan surib chiqariladi, qolipni yana to’ldirish uchun shlang suriladi, xomaki bir yo’la stoldan maxsus novga surib tushiradi. Bunday presslar ba’zan bir necha press-qolip o‘rnatilgan aylanuvchi stollar bilan jixozlanadi. Avtomatik presslarning ish unumi bir soatda bir necha ming xomaki chiqaradigan darajada bo’lishi mumkin.Issiqlayin presslashda press-qolipda buyum shakllantirilibgina qolmay, pishiriladi ham, bu esa fizik-kimyoviy xossalari yuqori bo‘lgan g‘ovaksiz material olish imkonini beradi. Issiqlayin peresslashni vakuumda, himoya qilish yoki qaytarish atmosferasida, keng harorat oralig‘ida (1200-1800°C), sovuqlayin presslashga nisbatan ancha past bosimda bajarish mumkin. Odatda, kukunlar kerakli haroratgacha qizdirilgach bosim ostida siqiladi. Bu usullardan kiyin deformasiyalanadigan metallar (boridlar, karbidlar va boshqalar) dan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Metall kukunlarini prokatlash sovuqlayin yoki issiqlayin deformasiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa ko‘rinishidagi buyumlar olishning uzluksiz prosessidir. Prokatlash vertikal, qiya va gorizontal yo’nalishlarda bajariladi. Vertikal holatda prokatlash buyumni shakllantirish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi. Avvaliga kukun bunkerdan aylanma siquvchi valiklar orasidagi zazorga tushadi, xomaki xoliga keltirish uchun qisiladi, so‘ngra pishirish uchun pechga yo‘naltiriladi, keyinchalik toza valiklarda prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta kichrayadi. Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga nisbati 100:1 dan 300:1 gacha bo‘lishi kerak. Kukunlarni prokatlash tezligi quyma metallarni prokatlash tezligiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. Shuning uchun aylanuvchi valiklar sirtining chiziqli tezligi metall kukunning bunkerdan chiqib, valiklar orasidagi
zazorga surilish tezligidan kichik bo‘lishi kerak. Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025-3 mm, eni 300 mm gacha bo‘lgan tasmalar, diametri 0,25 mm va undan katta bo‘lgan simlar va xakazolar olish mumkin.
Prosessning uzluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Detal va buyumlarga kerakli mustahkamlik va qattiqlik berish uchun ular
pishiriladi. Pishirish operasiyasi buyumni asosiy komponent suyuqlanadigan haroratning 0,6-0,8 qismiga qadar qizdirish va shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turishdan iborat. Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita pishiriladigan buyum orqali tok o‘tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muxitida bajariladi. Tob tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi. Buyumlarga uzil-kesil shakl va aniq o‘lchamlar berish uchun ular pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov beriladi, kimyoviy termik ishlanadi, elektrofizik usullar bilan kerakli o‘lchamiga yetkaziladi, qayta presslanadi. Kalibrlash presslangan buyumni press-qolipdagi mos qirqimli teshikdan siqib o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning o‘lchamlari aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi. Presslangan zagotovkalardan murakkab shaklli detallar (cho‘zish uchun volokalar, qattiq qotishmali qistirmalar, shtamplarning matritsalari va xokazolar) olish; ichki va tashqi rezbalar qirqish; diametri kichik, lekin chuqur teshiklar olish uchun ularni kesib ishlanadi. Kimyoviy-termik ishlash (azotlash, xromlash, sianlash va xokazo) metallardagi kabi bajariladi. G‘ovaklikning mavjudligi, demak, yoyilgan sirtning mavjudligi kimyoviy termik ishlash prosessini aktiv amalga oshirish imkonini beradi.
Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab shaklli detallar olish uchun qo‘llaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan xomaki anod, asbob, katod vazifasini o‘taydi. Elektr impulsli usulda ishlashda elektrodlarni ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok o‘tkazuvchi elektrodlar orqali impulsli elektr toki o‘tkazilganda ularning eroziyalanishiga (yemirilishiga) bog‘liq. Hosil bo‘lgan razryad tufayli ishlov beriladigan xomaki-elektrod sirtida juda qisqa vaqt oralig‘ida harorat 10000-12000°C gacha ko‘tariladi, shu onda metall suyuqlanadi va bug‘lanadi.
Zagotovkadan ajralib chiqqan metall dielektrik suyuqlik muxitida zarralar
ko‘rinishida qotadi. Qayta presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda foydalaniladi. Qayta presslash natijasida xomakining kerakli o‘lchamlari va shakli ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda xomakining shakli oddiy, o‘lchamlari taxminiy bo‘ladi.

Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə