Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix25.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24-33

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
14-to’plam yanvar 2023 
 
26 
qilib qo‘ymoqda. Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda 
jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy 
strategiyaning to‘g‘ri belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z 
vaqtida to‘liq amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda 
moliyaviy-iqtisodiy 
barqarorlikni 
ta’minlash, 
makrodarajada 
moliyaviy 
ko‘rsatkichlar prognozlarini oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini 
ta’minlash, soliq yukini pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 
Asosiy qism Moliyaviy rejalashtirishning nazariy va tashkiliy jihatlarini o‘rganish 
natijalari ko‘rsatishicha, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida korporativ strategiyasini 
shakllantirish va amalga oshirish istiqbolli moliyaviy rejalashtirishning asosi bo‘lib 
xizmat qiladi. Bunda xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliyaviy strategiyani 
shakllantirish uchun avvalo moliya strategiyasining iqtisodiy mohiyati, amal qilish 
lozim bo‘lgan printsiplar, ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari hamda bu 
borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarni o‘rganib chiqishni shart qilib 
qo‘yadi. Shundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik sub’ektlari miqyosida moliya 
strategiyasini ishlab chiqish va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga to‘xtalib o‘tamiz. 
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada 
izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya 
“Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy 
ta’sir etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real imkoniyatlarini 
boshqarib borish vositasi sifatida izohlaydi” [3]. Yana bir iqtisodchi olim 
N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya tushunchasi kengaytirilgan 
ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan. Ya’ni, bunda qat’iy 
yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy natijaga erishish 
uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari tizimini 
o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa moliyaviy 
strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion, marketing, 
ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan izohlanadi [4]. 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə