Konseptning lisoniy voqelanish jarayoni



Yüklə 361,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü361,9 Kb.
#132905
  1   2
ACDEE4AA-05FB-44B6-9B2E-AECA1B33D653.7-MA\'RUZA



KONSEPTNING LISONIY VOQELANISH JARAYONI 
 
Reja: 
1. Konsept – bilish jarayonida hosil bo`lgan mental tuzilma.
2. Konseptning lisoniy moddiylashuvi.
3. Lisoniy belgi, lisoniy ong, lisoniy idrok.
4. Konsept va konseptosfera.
Tayanch so`z va iboralar:
madaniy an`analar, madaniy jarayon, madaniy 
makon, madaniy bo`yoq (konnotatsiya), mentallik, konsept, lisoniy belgi, lisoniy 
ong, lisoniy idrok, konseptosfera. 
«Konsept» termini zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda ko`p uchraydi. 
Konsept tushunchasiga turli yondashuvlar umumiy lingvo falsafiy asosga 
tayanadi. Uni asosida Sossyurning til va nutq dixotomiyasi yotadi, yahni «til – 
nutq» tushunchasi hozirda «tilni anglash – kommunikativ fehl-atvor» deb talqin 
qilinmoqda. Bunda tilni anglash til tushunchasiga nisbatan keng ma`noda 
qo`llanadii, chunki tadqiqotchilar ko`p hollarda fenomen bo`lgan va individual 
ongning verbal Shakldagi holatiga ehtiborlarini qaratadilar. Kommunikativ fehl-
atvor bilan nutq orasidagi munosabatga kelsak, bu holatda tadqiqot predmeti 
kengayganligi kuzatiladi, yahni matndan va uni yozuvda qayd qilingan Shaklidan 
to biron bir madaniyatda qabul qilingan xulq–atvor namunalariga ko`ra muloqot 
jarayonida 
o`zgarib 
turadigan 
kommunikant 
maqsadlari 
to`plami, 
kommunikatsiyani noverbal shaklllari, intertekstual aloqalar va boshqalargacha. 
Lingvistik tadqiq predmeti mazmun doirasining bunday kengayishi immanent 
lingvistika bilan ziddiyatiga olib keldi. Buning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. 
Til haqidagi fanni bunday rivojlanishidagi ijobiy tomonlaridan biri bu bir-biriga 
yaqin bo`lgan gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalanish, lingvistikani yangi 
tushunchalar va metodlar bilan boyitish imkoni berilishidir. Bu o`z navbatida 
psixolingvistika, 
sotsiolingvistika, 
pragmalingvistika, 
etnolingvistika, 
lingvokulturologiya, kognitiv lingvistika kabi sohalari taraqqiyotiga sabab bo`ldi. 
Salbiy jihatlarga terminologiyaning noaniqligi va bir fanning turli sohalaridagi 
mantiqiy uzilishlarni misol qilib keltirish mumkin. Yuqorida aytilgan hamma 
so`zlar «konsept» terminiga ham taaluqlidir. Zamonaviy lingvistikada konsept 
tushunchasi nihoyatda turli-tuman. Konsept ong sohasiga mansub va u faqat 
tavsifiy-tasniflash emas, balki hissiy-iroda va obrazli-empirik xususiyatlarni ega. 
Konseptlar anglashdan tashqari, kechinmalar orqali hamidrok qilinadi (Stepanov, 


1997, 41 b.). Agar konseptni va tushunchani yaxlit tushuncha deb olgan ba`zi bir 
tadqiqotlarni inobatga olmasak, lingvistikada konsept tushunchasini anglashda 
lingvokognitiv va lingvomadaniy yondashuvni tan olish kerak (Vorkachev, 
2002). Konsept lingvokognitiv hodisa sifatida – bu «bizni ongimizni mental yoki 
psixik vositasida, hamda inson tajribasi va bilimida aks etadigan ma`lumot 
birligidir; xotirani, mental so`z boyligi, miya tili va konseptual tizimini (lingua 
mentalis), inson psixikasida aks etgan butun dunyoqarashni operativ mazmun 
birligidir» (Kubryakova, 1996, 90 b.). Konseptlarni bir qismi til bilan bog`liqdir, 
boshqa konseptlar qismi esa inson psixikasidagi maxsus mental bo`lgan 
reprezentatsiyalar – obrazlar, rasmlar, sxemalar va b. namoyon bo`ladi (Shu 
yerda) Psixolingvistlar uchun konsept – bu «insonni psixik hayotini 
qonuniyatlariga bo`ysingan tartibsiz bilish va kommunikativ faoliyat yurituvchi 
individni 
dinamik 
xarakterga 
ega 
bo`lgan 
pertseptiv-kognitiv-affektli 
hosillalardir; va buni natijasida lingvistik nazariya nuqtai nazarida ilmiy tahrifiga 
maxsuli sifatida maxmun va mohiyatiga ko`ra bir qator parametrlari bilan ajralib 
turadi» (Zalevskaya, 2001, 39 b.) (Kazakbaeva tarjimasi). Bunda konseptni 
noverbal tabiati qathiy tahkidlanadi. Bir tomondan konseptni murakkabliligi, 
ikkinchi tomondan – K.Xardi ta’kidlaganidek, har bir konsept «mavjud bo`lgan 
hamma elementlar va jarayonlar turlarini konstellyatsiyasi hisoblanadi (Shuning 
uchun har qanday abstrakt tushuncha o`ziga tegishli bo`lgan hissiyot bilan 
bog`langan bo`ladi) » (tsit. po: Zalevskaya, 2001, s.39) A.A.Zalevskaya bilim va 
tushuncha kabi individning yutug`i bo`lgan konseptlarni va konseptlarning ilmiy 
ta’rifi mahsuli sifatida mantiqiy ratsional anglangan konstruktlar orasidagi 
chegaralarini aniq belgilaydi. Printsipial jihatdan butunlay boshqa ta’rif 
A.Solominga tegishli. Uning fikricha, konsept – bu konkret hayotiy tushunchalar 
asosida hosil bo`lgan abstrakt bo`lgan ilmiy tushuncha (Solomonik, 1995, 246 
b.). Bunday yondashuv S.D.Katsnelg`son fikriga mos keladi, ya’ni izohli 
lug`atlarda beriladigan kundalik hayotdagi bilimlarni shakliy va mazmuniy 
birlamchi tushunchalar bilan moslashni ikkinchi – ilmiy, yahni entsiklopedik 
dug`atlarda beriladigan bilimlarga qarama-qarshi qo`ygan. A.A.Potebnyaga 
ko`ra bunday bilimlarni tabaqalash so`zni yangi va qadimgi ma`nosini bir biriga 
qarama qarshi qo`yishga tayanadi. Kognitiv lingvistikada qabul qilingan modelga 
«tasavvur – odatiy tushuncha» hozirgi «tasavvur – odatiy tushuncha – ilmiy 
tushuncha» shakliga keltirilmoqda. Odatiy va ilmiy tushunchalar orasidagi farq 
odatiy tushuncha darajasida o`z tajribasini tartibsiz ravishda umumlashtirishda va 
u o`z navbatida ilmiy tushuncha darajasida deduktiv va induktiv ishlatilishida aks 
etadi. Albatta bu darajalar orasida oraliqdagi hodisalarni topish mumkin. Mental 


mohiyat ham bor, ular hali tassavur ham emas, tushuncha ham emas. Konseptni 
bunday talqin qilinishi o`z navbatida mantiqiy – semantikadir. Bizningcha asosli 
fikr quyidagicha, konsept tushunchaning o`rinbosari, u «hosil bo`lishi mumkin 
bo`lgan tushunchaga nishon» hamda «insonni avvalgi tajribasining aks sadosi» 
(Lixachev, 1997, 282 b.), Boshqacha qilib aytganda, konsept lug`atlarda berilgan 
kollektiv emas, individual mazmunga ega. Konseptlar yig`indisi biron-bir xalq, 
albatta shu tilning konseptosferasini hosil qiladi va o`z navbatida dunyoning 
lisoniy manzarasi deb hisoblanadi.
Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX 
asrning birinchi choragida faylasuf S.Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga 
kiritiladi. S.Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari 
muloqotga kirishadi, shunga ko'ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki 
tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo'igan 
bunday tizim dunyo milliy manzarasining o'ziga xosligini belgilaydi. XX asrning 
birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 
80-yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu.S.Stepanov 
o'zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, 
konsept so'zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi 
conceptus - "tushuncha" so'zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga 
egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko'rinishida insonning mental 
dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi 
va ba'zan unga ta'sir ko'rsatadi. Inson o'zining individual, betakror madaniyatini 
saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining 
mental dunyosiga muroj aat qiladi. 
Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, 
adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o'zaro farqlanadir. Ushbu termin 
tilshunoslikda o'tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so'ziga sinonim 
sifatida ishlatilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga 
nisbatan kengayganini ko'rish mumkin. Binobarin, N.Yu.Shvedova konseptni 
tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subyektiv tarzda 
anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks 
ettiruvchi, o'z tarixiy ildizlariga ega bo'lgan, xalqning umumiy tajribasini aks 
ettiradigan mazmun turishini ta'kidlagan. 
Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada konseptning o'r'ganilishi 
xususida shunday yozadi: "Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning 
ifodalanishi muammolariga juda katta e'tibor qaratilmoqda, internet materiallari 
bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yo'nalish nihoyatda 
keng tarqalganini ko'rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog'iga yetish 


mushkul. Hatto so'nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda 
katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga 
bag'ishlangan".
Demak, konsept lingvokulturologiyada eng faol qo'llanuvchi bfulik 
sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining 
o'ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, uy konsepti o'zbek kishilarining 
tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:
a) yashash joyi - bino - ko'p qavatli uy - hovli - xonadon – oila; 
b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorud, yangi, eski;
v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi. 
Ko'chma ma'noli birliklarni yuzaga chiqaradi: uy ichi" “oila a’zolari”, uyi 
buzilmoq "er-xotinning ajralishi”, "eri o‘lmoq (Buxoroda), uyi kuymoq 
“xonavayron bo'lmoq”, "oila a’zolaridan kimdir o‘lmoq” (Qashqadaryoda).
Lingvomadaniy konsept etnomadaniy xususiyatga ega bo'lgan va borliq 
haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani uzatadigan madaniyatning 
asosiy birligidir. U madaniy universaliyalarni ifodalaydi. Lingvomadaniy 
konsept tafakkurda mavjud boladi, u o'zida kognitivratsional va emotsional-
psixologik mazmunni biriktiradi. Lingvomadaniy konsept barcha til egalari 
uchun dunyoqarash modeli vazifasini o'taydi. Lingvomadaniy konsept milliy 
xarakterning shakllanishiga tasir ko'rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi. 
Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida tadqiq etiladi. 
Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Madaniyatning asosiy konseptlari deganda mavhum otlar, xususan, vijdon, 
taqdir, qismat, iroda, gunoh, qonun, erkinlik, ziyohlar, vatan va h.k. tushuniladi. 
Madaniyat konseptlarini A.Ya.Gurevich ikki guruhga: "fazoviy'', falsafiy 
kategoriyalar, ya'ni madaniyatning universal kategoriyalari (vaqt, makon, sabab, 
o'zgarish, harakat) hamda ijtimoiy kategoriyalar, ya'ni madaniyat kategoriyalari 
(erkinlik; huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk)ga ajratadi. V.A.Maslova bunga 
yana bir guruhni - milliy madaniyat kategoriyasini ham ilova qiladi. Konseptlarni 
tahlil qiJish jarayonida har qanday tilda madaniy o'ziga xos konseptlarning 
ko'pligi aniqlangan. Masalan, kartoshka konsepti madaniy o'ziga xos 
konseptlardan biri hisoblanadi. Kartoshka ruslar uchun nochor ovqatlanish 
etaloni, buni сидетъ на одной картошке frazeologizmi misolida ham ko'rish 
mumkin. Beloruslar uchun odatiy milliy taom, ikkinchi non, muhim ozuqa 
hisoblanadi."Yoki non konseptini olsak, o'zbeklar uchun non muhim ozuqa 
etaloni hisoblansa, koreys, yapon, xitoy xalqlari uchun muhim ozuqa 
hisoblanmaydi. Ular uchun guruch asosiy ozuqa etaloni sanaladi. 


Konseptda eng muhim tomoni – bu « uzluksiz madaniy-tarixiy borliqda 
mavjud bo`lgan ko`p qirrali va diskretli yaxlit mazmunidir va shuning uchun bir 
predmet soxasidan ikkinchi soxaga o`tadigan madaniy translyatsiyada (va 
kulturogen) joylashganligidir» (Lyapin, 1997, 19 s.). Madaniy konseptlarda , 
bizni fikrimizcha, eng kamida uchta tomonlari bor – obraz (timsol), tushuncha va 
qadriyat. Shu ma`noda tahkidlash mumkinki, madaniy konseptlar dunyo 
manzarasini belgilovchi oppozitsiyaga asos bo`lib xizmat qiladi. Ularni farqi 
birliklarni sonida: oppozitsiyalarni bazasini soni chegaralanganligi, madaniy 
konseptlarning soni yetarli darajada ko`p bo`lishi mumkin. Bu yondashuvning 
qimmatli tomoni shundaki, u konseptni samarali tavsifida va o`rganishida 
psixologik nuqtai nazari asosida tushunishda. madaniy konseptning timsoliy 
tarkibi psoxolingvistik fenomen tarzida konseptni pertsetiv va kognitiv tomonlari 
korrelyatsiyaga kirishida, ko`rib chiqilayotgan hodisalarda mantiqiy mazmuni 
tilda namoyon bo`ladi (bunda konseptning ma`no tomonini fatualli deb nomlasa 
bo`ladi) (Karasik, SlqShkin, 2001, 78 b.). Konseptni tushunish uchun taklif 
qilinayotgan integral yondashuv shu mental mazmunini turli talqin qilinishida 
tizimga keltirish imkonini beradi. Shuni takidlash kerakki, madaniy konseptlar – 
mazmunan bir xil bo`ladigan hodisa emas. Birinchi navbatda ular jamiyatdagi u 
yoki bu ijtimoiy qatlamga tahluqligi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib 
aytganda, agar jamiyatda ijtimoiy guruhlar aniq ajralib chiqqan bo`lsa, shu 
guruhlarni konseptosferasi ham mavjud. Etnik xususiyat ajralgan holda mavjud 
bShlmaydi, ammo ijtimoiy jarayonda ifodalanadi. Jiddiy gapirsak, individuumni 
sotsioetnik o`zini anglash tushunchasi mavjud, va bu hodisada madaniy 
konseptlar ajralib turadi. Shubxasis, gap tilni vulg`gan ijtimoilashuvi xaqida gap 
ketmayapti, biz rus yoki ingliz erkak va ayollari, yoSh va qarilari, ishchi va 
bankirlari turli tillarda muloqot qilishadi deb hisoblamaymiz, ularni 
konseptosferalari sezilalrli holda tushunchalar, asosan lug`ataviy ma`nolarida, 
tuqtai nazarida kesishadi, ammo konseptlar mos kelmaydigan soxalar xam yo`q 
emas. Individual, mikroguruh, sinflar (va boshqa makroguruhlar)va umummilliy 
konseptlarni o`zgarishi – bu sotsiolingvistikani istiqbolli vazifasidir. Shunday 
qilib, sotsiolingvistikani tuqtai nazaridan madaniy konseptlarni eng kamida uch 
turga bo`lish mumkin: etnomadaniy, sotsiomadaniy i individual – madaniy. 
Boshqacha chilib aytganda, butun etnomadaniyat, lingvomadaniyat ichidaga u 
yoki bu guruhlar, va , albatta, individum uchun dolzarb bo`lgan yangi hosil 
bo`lgan mental tushunchalar bor. Konsept tushunchasini bunday talqin qilishda 
turli yondashuvlarni birlashtirish imkonini beradi. Rus etnomadaniyat konseptiga 
misol qilib “saxiylik”ni olish mumkin – o`zining vositalari, boyligi bilan 


boshqalar bilan bo`lishi qobiliyati (BTS); bu qobiliyat boshqa xalqlarda ham bor, 
ammo bu xususiyatni muhimlik darajasi va ongli ravishda tahqiqlash kerak 
bo`ladigan vaziyatlardagi tahqiqlashlar yo`qligi (mehmondo`stlik sharoitiga 
mansub bo`lgan tahqiqlashlar) - bu konseptni rus madaniyatining o`ziga hos 
tanilgan belgisiga aylantiradi. O.A.Leontovich fikricha 61 (Leontovich, 2002), 
amerikaliklarni lingvomadaniyatini mazmun-mohiyatini belgilovchi eng muhim 
konseptlar qatoriga mental bo`lgan yangiliklar «self», «`rivacy», «challenge», 
«efficiency» kiradi. Masalan, challenge so`ziga «Jizng` i kultura SSHA» ( AQSH 
ni hayoti va madaniyati) lingvomamlakatShunoslik lug`atida shunday tahrif 
berilgan: 1) vazifa; 2) muammo; 3) sinov; 4) chaqiruv . Bu so`z – amerikaliklarni 
milliy xarakterini tushunishda eng muhim so`z; u jasoratni, o`zini sinash uchun 
o`zini xavf-xatarga borishga tayyor turish, qaltis sarguzashtlar ruhi, raqobatga 
intilish va hokazolarni bildiradi (Leontovich, SHeygal,1998 ). Rus 
lingvomadaniyatida mavjud bo`lgan ijtimoiy konseptga “rahm - Shafqat” misol 
bo`ladi – ma`no jihatidan keksa yoShdagilar ongida bog`langan; sevishrahm 
qilmoq, bunda rahm qilmoq hamdardlik tuyg`usi deb anglanadi, keksa 
yoShdagilarga xos bo`lgan hamdardlik tuyg`usi bilan birov bilan bog`langanlikni 
birligini bildiradi, bu hayratomuz narsa emas, betashvish yoShlik xursandchilikga 
qaratilgan, odatda faqat xursandchilik bilan yashayotgan odam beShafqat bo`ladi. 
Ingliz tilida gaplashadigan xalqlar madaniyatida keksalarga bog`langanlik uncha 
namoyon bo`lmaydi, keksalarga nisbatan hamdardlik tuyg`usini ko`rsatish ularga 
nisbatan kamsitish tuyg`usini bildiradi. Sotsiomadaniy kontseplar turlidir. 
YoShiga nisbatan katta odamlar guruhini birlashtiruvchi, genderli, kelib chiqishi, 
hamda u yoki bu submadaniyatning kichik guruhlariga mansubligini bildiruvchi 
– uyuShmalardan to oilalargacha hammasi konseptlar qatoriga kiradi. Individual 
konseptlar juda ham turli tumandir, bu yerda u yoki bu yozuvchi va faylasufga 
mansub bo`lgan tayanch iboralarda ifodalangan individual mualliflarning 
konseptlarini misol keltirish mumkin. Masalan, Arseniya Tarkovskiyni lirik 
matnlarida uchraydigan

trava

(o`t - o`lan) so`zi umumtilshunoslikdagi 
ma`nosi bilan bir qatorda ma`nosi kengayib, Shoirni ijodini sug`oradigan kuch 
simvoli bo`ldi, anglash manbai keyinchalik esa insonni hayot yo`lini oxiridagi 
xotira belgisiga aylandi (CHerkasova, 1992). Shunga ehtibor berish kerakki, 
individual konseptlar har qanday shaxsni konseptosferasini bo`linmas qismi 
hisoblanadi. Ammo agar konseptlarni individual tomoni dominant bo`lsa, u holda 
muloqot juda ham qiyin o`tadi. Haqiqatdan ham, biz falsafiy va poetik matnlarda 
individual ma`noni fahmlab olishimiz kerak. Individual konseptlarni boshqa 
ma`noda - u yoki bu Shaxsni psixotipini aniqlaydigan konsept sifatida ko`rib 


chiqish mumkin, masalan, boshqa bir odamlar uchun tinchlik, ko`ngilxotirjamlik, 
sarishtalik, boshqalar uchun esa – kurash, sarguzashtlar, tavakkalchilik aktuallik 
kasb etadi. Bunday individual konseptlar biron bir ijtimoiy guruhning xulq-
atvorini dominanti bo`ladi va sotsiomadaniyat konseptiga aylanadi. Muayyan 
tarixiy sharoitda ular etnomadaniyat konseptiga aylanadi. Bu holat teskari ham 
bo`lishi mumkin – kollektivni til ongida konseptni mohiyatini asta sekin so`nishi, 
misol uchun beozorlik konsepti muloyimlik, kechirimlilik, itoatkorlikdeb 
tushuniladi. Zamonaviy lingvomadaniyatda bu xususiyat diniy hayot tarzida 
taajjub bilan qabul qilinadi.O`tgan davrlarda beozorlik konsepti kollektiv ongida 
“kekkaygan” tushunchasiga qarama-qarshi konsept sifatida faol qo`llangan. 62 
Bundan tashqari konseptlar obyektni belgilash nuqtai nazaridan turdoSh emas. 
Bir tomondan, «duSha» (qalb), «zloradstvo» (ichiqoralik), «logos» , boshqa 
tomondan, - «matreshka» (matreshka o`yinchoq), «kolobok» (bo`g`irsoq), 
«podhezd» (kirish). S.G.Vorkachevni (2002) fikricha, biz konsept haqida 
gapirganimizda abstrakt majdudotlarga nisbatan ishlatamiz, predmetlar konsept 
belgisiga kirmaydi. Bu tahkidga qo`shilish mumkin, ammo «matreshka» - bu 
yog`ochdan yasalgan oddiy qo`g`irchoq emas, balki rus xalqining an`anaviy 
madaniyati bilan tanish bo`lgan odamlarni bir qator kechirmalardir. Bir qarashda 
«predmetli konsept» bir-birini inkor etadigan bo`lsa ham, biz til ongida ba`zi bir 
predmetlar madaniy ahamiyatga ega bo`lgan ma`no qatorida assotsiatsiya hosil 
qilsa konsept mavjud deya olamiz.
Savol va topShiriqlar: 1. Lingvokulturologiyaga oid tushunchalarga izoh bering. 2. 
Lingvomadaniy paradigma nima? 3. Etnik mentallikka izoh bering. 4. Lingvomadaniy konsept nima?. 5. 
Sotsiomadaniy konsept nima?

Yüklə 361,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə