Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


II BOB KRIPTOVALYUTALARDAN FOYDALANISH TURLARI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/13
tarix08.06.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#116265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmi

II BOB KRIPTOVALYUTALARDAN FOYDALANISH TURLARI


2.1Bitkoinlardan foydalanish muammolari

Birinchi navbatda, shuni tushunish lozimki, siz O’zbekistonda bitkoinlarga nimanidir rasman harid qila olmaysiz, ya’ni harid uchun hech kim sizga to’lov cheki bermaydi. Bitkoinlar bilan to‘lov qilish mumkinligini e’lon qilayotgan sanoqsiz qahvaxona va savdo markazlari shunchaki mijozlarni jalb qilishni ko‘zlashi ehtimoli yuqori — ya’ni ular bitkoinni barmen karmoniga o‘tkazishingiz hisobiga sizga qahva sovg‘a qilishi mumkin. Ammo, electron pullar, masalan, bitkoinlar qora bozorlarda tez-tez ishlatiladi. U to’lovlarning tez, anonim va nisbatan xavfsiz usuli hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham ko‘pchilik insonlar bunday harid usulini va bitkoinlardan foydalanishni qonunga xilof deb o‘ylaydilar. Negaki ular joriy qonunchilikda to’liq aks ettirilmagan va xuddi shuning uchun ham ularning aylanmasi uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olishga tayyor emas. Biroq kriptovalyutalar bo‘yicha tegishli qonun loyihalari qabul qilinishi bilan vaziyat tubdan ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Shu tufayli quyidagi savol paydo bo’ladi: U holda nima uchun bitkoinlarni harid qilishadi?
Birinchidan, ba’zi mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, AQSH va Yevropaning ba’zi mamlakatlarida) bitkoinlar yordamida to‘lovlar qilish — masalan, qahva yoki ko’chmas mulkni osongina va qulay usulda harid qilish mumkin. Mablag‘ingiz o‘sha zahoti eng minimal ustama-komissionlar bilan sotuvchiga yetib boradi va muhimi — bitimni amalga oshirish uchun sizga bank xodimlari yoki brokerlar kabi vositachilar talab qilinmaydi. Bu esa pul o‘tkazmasini yengillashtirib, uning anonimligini ta’minlab beradi (chunki electron kriptovalyutaning hamyonlari uning egasi ismi bilan bog‘liq bo‘lmaydi). Ikkinchidan, ko‘pchilik insonlar ushbu usulni o‘z jamg‘armasining diversifikatsiyasi deb tushunadi. Elektron valyutalarning qiymati ham ko‘pchilik holatlarda oshib boradi — har bir kishi valyuta kursi ko’tarilishi hisobidan mo’maygina daromad qilishga umid qiladi, albatta. Ho’p electron pullarning o’ziga hos afzalliklari bor ekan, ularni qayerlardan olish mumkin? Odatda internet-pulayirboshlovchilar, messenjerlardagi maxsus botlar, internet hamyonlar va kriptovalyuta birjalaridan foydalanishadi. Elektron pullardan foydalanishning qulayligi tufayli va valyuta kursi oshib borayotgan vaziyatda ularni harid qilishga talab borgan sari oshib bormoqda. Insonlar elektron pullarni, misol uchun, yaqin do‘stlaridan, bu soha bo’yicha mutaxasislardan, tadbirkorlardan yoki uzoq-yaqin tanishlaridan harid qilishlari mumkin. “Yandeks” tizimidagi ba’zi pul ayirboshlovchilar bitkoinlarning bozordagi narxi 12300—12400 dollar chegarasida bo‘lishiga qaramasdan, bitkoinlarni 13000 ming dollarga harid qilishni ham taklif qilishadi. Xozirgi kunlarga “Kivi” va “Yandeks” hamyonlaridan o‘tkazmalarni amalga oshirishda aksariyat kriptovalyuta birjalarining komission to‘lovlari besh foizgacha yetadi. Britaniyualik jurnalist Jun Yan Von Shveytsariya tog’larida joylashgan mahfiy bunkerda bo’ldi – bu yerda “Haro” kompaniyasi o’z mijozlarining bitkoinlari kriptografik kalitlarini saqlaydi:

Nazariy jihatdan qaraganda, electron valyuta sotib olishning eng oddiy va arzon usuli — joriy davrdagi eng foydali kurs bo‘yicha harid uchun yirik kriptovalyuta birjasiga bank o‘tkazmasini amalga oshirishdir. Ammo amalda bu jarayon bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, ancha murakkab hisoblanadi. Ko’pchilik banklar bu kabi bitimlarga juda ham salbiy va ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladlar. Juda konservativ xolatda bo’lgan banklar esa yuqori texnologiyalar olamiga qiziqishingizni bilib qolishsa, sizning tabiatingizni aniqlash uchun va extiotkorlik asnosida hatto hisob raqamingizni vaqtincha yopib qo‘yishlari ham mumkin. Sizni va hisob raqamingizdagi mablag’lar harakatini maxsus vosilarni jalb qilgan xolda tekshiruv jarayoni haqida esa gapirmasa ham bo’ladi. Ho’sh, electron pullarning, shu jumladan, bitkoinning joriy kursiga nimalar ta’sir qilishi mumkin? Bitkoin bejizga raqamli oltin deb atalmaydi — uni chiqarish va tizimda yangi tangalarning paydo bo‘lishi doimiy ravishda qisqarib bormoqda va matematik formula bilan cheklangan (mutaxassislaening fikrlariga ko’ra, 2034-yilga kelib bitkoinlarning 99 foizi chiqariladi). Talabning oshishi bilan narxlar ham o‘sib borishi lozim. Boshqa tomondan qaraganda, hozirgi paytda bozorda tizimda foydalanish mumkin bo‘lgan tangalarning 10 foizi bilangina faol savdo qilinmoqda. Shuning uchun kursning keskin oshib ketishini birjaga yangi bitkoinlar oqimini jalb etish bilan qoplash mumkin. Bu bilan bog’liq bir savol hosil bo’ladi: Bitkoinlar kursi deyarli har doim o‘sib borishi ta’kidlanmoqda. Bir nechta bitkoin harid qilib, bir yildan so‘ng boyib ketish mumkinmi? Buning ehtimoli ancha yuqori, biroq har doim navbatdagi o‘sish oldidan kursning ikki-uch barobar tushib ketish xavfi mavjud. Shuning uchun yangi yil sovg‘alarida daromad qilishga umid qilayotgan bo‘lsangiz, siklga tushmay qolishingiz mumkinligini inobatga oling. 2017-yilning boshidan buyon bitkoin deyarli yigirma martadan ko’pga, efirium (kapitalizatsiya bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi valyuta) esa 48 marta oshdi. Biroq keyinroq efirium qiymati ikki barobarga tushdi. Sabrli investor uchun daromad istiqboli ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Maqola yozilayotgan paytda barcha kriptovalyutalarning jahon kapitalizatsiyasi 85 milliard dollarni tashkil etgan. Shu sababdan bozorning yanada


o‘sishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Taqqoslash uchun: Rossiya aholisi bank depozitlari hajmi — 405 milliard dollar, AQShda bu ko‘rsatkich — 9 trillion dollar.
Qimmatli qog‘ozlar dunyo bozori kapitalizatsiyasi esa 86 trillion dollar (2016-yil yakunida).



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə