Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə7/16
tarix28.11.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#136924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
КА terminlar

Kompyuterning xotira tizimi

  • Kompyuter tizimi markaziy protsessor (CPU), xotira (RAM va ROM), kiritish/ chiqarish qurilmalaridan (I/O) iborat.

  • Kompyuter xotirasi - bu ma’lum vaqt davomida hisoblashda foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash uchun fizik qurilma yoki vosita.


Kompyuter xotirasining turlari:
Registrlar, to’g’ridan-to’g’ri protsessorda joylashgan
Kesh xotira, xotirada tez-tez ishlatiladigan qismlarni (fragmentlarni) saqlash uchun mo’ljallangan
Asosiy xotira (RAM), tezkor xotira
Diskli xotira (ROM) (HDD, SSD)
Magnit lentali xotira (стриммеры)
Registrlar deya nomlanuvchi xotira bloklari markaziy protsessorda komandalar interpretatsiya qilinishi (sharhlanishi) va bajarilishi davri mobaynida axborotni oʼzida vaqtinchalik saqlash uchun moʼljallangan. Registr uzunligi baʼzida undagi soʼz oʼlchami deb ataladi, oʼzida saqlanishi mumkin boʼlgan bitlar soniga teng boʼladi.
Kesh-xotira: CPU kesh xotirasining birinchi darajasi (L1) bu to'g'ridan-to'g'ri kompyuter mikroprotsessoriga o'rnatilgan xotira turi.
Ikkinchi darajali (L2) protsessor keshi hajmi cheklangan va ona platada joylashgan.
Uchinchi darajali (L3) protsessor keshi asosiy xotira oldida ishlatiladi.
Kesh xotiraning har bir darajasi mikroprotsessor tezligini oshirishga mo’ljallangan.



Vinchestrlar: Hozirgi paytda sig’imi 80, 120, 160, 250, 320, 500, 640, 750, 1000, 1500, 2000 GB bo’lgan vinchesterlar sotuvda bor. Vinchesterlarning korpusi eni 3,5 dyuymga teng bo’lib, ularni joylash uchun kompyuter korpusida maxsus joy ajratilgan. Noutbuk kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan vinchesterlarning eni 2,5 dyuymga teng bo’ladi.
SSD disk bu qattiq diskning bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə