Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar


Oy Yerning Teyya sayyorasi bilan toʻqnashishi natijasida paydo boʻlgani



Yüklə 184,44 Kb.
səhifə6/34
tarix29.11.2023
ölçüsü184,44 Kb.
#142475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Kirish I bob. Nazariy ma’lumotlar-fayllar.org

Oy Yerning Teyya sayyorasi bilan toʻqnashishi natijasida paydo boʻlgani 

haqidagi

gipoteza. 

Yoʻldosh bundan 4,5 milliard yil avval Yerning Mars kattaligidagi sayyora 

Teyya bilan toʻqnashishi natijasida paydo boʻlgan. 

Yoʻldosh bundan 4,5 milliard yil avval Yerning Mars kattaligidagi sayyora bilan


toʻqnashishi natijasida paydo boʻlgani toʻgʻrisidagi nazariya 1970-yillarda oʻylab 
topilgan. Gipotezaga koʻra, Oy boʻlaklardan shakllangan, bu haqda esa Yer va
yoʻldosh kimyoviy tarkibining oʻxshashligi hamda unda mustahkam yadro deyarli 
yoʻqligi guvohlik bergan. Biroq yoʻldosh ma’lum darajada Teyya materiyasidan



18
ham shakllangan boʻlishi kerak edi, bu ajdod sayyora Yer bilan deyarli bir xil 


kimyoviy tarkibga ega boʻlgan boʻlishi mumkinligini bildiradi.


Olimlar tomonidan tuzilgan model bunday ehtimolni 20—40 foizgacha oshirdi. 
Sayyoralarning kimyoviy tarkibi oʻxshash boʻlganini olimlar ularning har ikkalasi
ham Quyoshdan bir xil masofada joylashgani bilan izohladi. 
Bu gipotezani esa Amerikalik geokimyogarlar quyidagicha talqin qiladilar.
Geokimyogarlar Oy va Yer jinslarida uch barqaror kaliy izotoplarini tahlil qilishdi. 
Olingan ma`lumotlar yoʻldosh va sayyora namunalarida atomlarning bunday turi
bir xil ekanligiga ishora qiladi, bu esa ularning kelib chiqishidagi umumiylikni 
koʻrsatadi.
Ushbu natijalar uzoq oʻtmishda sayyoraning yirik osmon jismi bilan 
toʻqnashganini taxmin qilib, Yer yoʻldoshi shakllanishining ikki yangi modeli
bilan izohlanadi. Birinchi – sayyora orbitasida avval silikat disk, keyin esa Oy 
hosil boʻlgan.
Ikkinchi - sayyoraning deyarli barcha mantiyasi bugʻlanib ketgan va atrofdagi
fazoga sovurilgan, shu tariqa Yerning yoʻldoshi shakllangan. 
Biroq Oy namunalarida Yerga qaraganda kaliy-41 ogʻir izotoplari koʻproq
boʻlgan. Nazariy hisobkitoblar Oyning Yerdagi normal atmosfera bosimidan 
taxminan oʻn barobar yuqori bosim ostida paydo boʻlgan boʻlishi mumkinligini
koʻrsatadi. Ikkinchi modul bu taxminni qoʻllab quvvatlaydi. 
Bu gipoteza yaqin yaqinga qadar eng maqbul variant deb qaralayotgan edi.
Lekin 2017-yilga kelib bu gipotezani inkor etuvchi dalillar paydo boʻldi. 
Parij geofizika instituti astronomlarining aniqlashicha, Yerning kattaligi
Marsdek keladigan Teyya sayyorasi bilan toʻqnashishi natijasida Oyning paydo 
boʻlishi haqidagi mavjud gipoteza yoʻldoshning mineral tarkibini tushuntirib bera
olmaydi. Kompyuter modelining koʻrsatishicha, sayyoh sayyoraning oʻlchami juda 
kichik boʻlishi kerak, deb habar qilmoqda Daily Mail nashri.
Tadqiqotchilar Yer va Teyya toʻnashuvining ikki milliarddan ortiq 
simulyatsiyasini oʻtkazdi. Ularning aniqlashicha, agarda sayyoh sayyora massasi



19
Yer massasining 15 foizidan ortiq boʻlganida yer mantiyasida nikel va kobalt 


miqdori hozirgidan koʻproq boʻlgan boʻlardi.


Kolorado shtatining Janubi-gʻarbiy instituti olimlari tomonidan taqdim etilgan 
boshqa bir versiyaga koʻra, toʻqnashuvdan soʻng Yer koʻplab kichik kosmik
jismlar zarbiga uchragan. Bu kabi bombardirovka sayyoraning kimyoviy tarkibini 
oʻzgartirib yuborgan, uning yadrosini oltin, kumush va platinaga boyitgan. Yangi
gipoteza qadimgi togʻ jinslarining mineral tarkibidagi anomaliyalarning paydo 
boʻlishini tushuntirib beradi.

Bu gipotezalardan qay biriga koʻproq «yon berish» hozircha qiyin


boʻlsada, Oyning ichki strukturasini va yoshini aniq oʻrganish, yaqin 
kelajakda, bu kosmogonik muammoni hal qilishga imkon beradi, deb umid
qilish mumkin. 
Ona sayyoramiz boʻlmish Yer qanday paydo boʻlganini bilishga hamma
qiziqsa kerak. Sayoramiz paydo boʻlishi bevosita Quyosh sistemasining paydo 
boʻlishi bilan bogʻliq. Quyosh sistemasining, shu qatorda sayyoralar xususan Yer
sayyorsining paydo boʻlishi haqida ham bir qancha gipotezalar paydo boʻlgan. 
Bular haqida qisqacha toʻxtalib ma’lumotlar beramiz.

Yüklə 184,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə