Kirish: asosiy qism: Korrupsiya tarixi


Korrupsiyaning sxema va indekslari



Yüklə 24,67 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü24,67 Kb.
#166771
1   2   3
Korrupsiya global muammo sifatida

Korrupsiyaning sxema va indekslari
Korrupsiya — chegara bilmas “ajdaho”, u aldamchilik, poraxoʻrlik va pulni “yuvish”ning aniq “chizma” (sxema)laridan tashkil topgan. Rossiyada kechroq boʻlsa-da, unga qarshi yangi mexanizm choralari qidirilmoqda.
Sababi B. Yelsin hokimiyati davrida mamlakatda iqtisodiyotni rejali va maqsadli boshqarish tizimi butunlay izdan chiqib, koʻproq oʻarbning taʼsiriga tushib qolgandi, parallel ravishda rejasiz (miyasiz) hamda jinoiy iqtisodiyot baravar olib borilgan edi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy xavfsizlik akademiyasining maʼlumotiga koʻra, 2015-yil oxirida mamlakatda iqtisodiyotning jinoyatlashganligi darajasijuda “tang” ahvolda boʻlib, “xufiyona iqtisodiyot” yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 40 foiz koʻrsatkichi darajasiga yetgan, 1991-yilda esa bor-yoʻgʻi 11 foiz boʻlgandi.“Transparency Int” (TI) korrupsiyaga qarshi tadqiqot markazining 2017-yildagi maʼlumotiga koʻra, Rossiyada korrupsiya holatini oʻzlashtirish indeksi 2,3 ballni tashkil qilib, 180 davlat ichida 143-oʻringa — Gambiya, Indoneziya va Togo darajasiga tushib qolgan...Yuqorida taʼkidlangan xalqaro tashkilot 2018-yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksini eʼlon qildi. 100 ballik indeksga koʻra, Oʻzbekiston 23 ball olib, umumiy reytingda 180 mamlakat va hududlar orasida 158-oʻrindan joy olgan. Ushbu reyting 0 (korrupsiyani idrok etishning juda yuqori darajasi) dan 100 gacha (juda past) shkalada hisoblab chiqiladi.
Korrupsiyani idrok etish indeksini — davlat sektoridagi korrupsiya darajasini ekspert va biznes vakillari baholaydi. Avvalgi yillarda boʻlgani kabi, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining oʻrtacha bali 43 dan 50 gacha koʻrsatkichda turibdi. Indeks tuzuvchilarning fikricha, bu aksariyat mamlakatlarning -korrupsiyani jiddiy nazorat qila olmaganligi va demokratiyaning inqirozidan dalolat beradi.
Daniya 88 “ochko” bilan peshqadamlikni Yangi Zelandiyadan qaytarib oldi. Kuchli oʻnlikka Finlyandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveysariya (har biri 85 ball), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Kanada va Lyuksemburg (81 ball) kirgan. Eng yomon koʻrsatkich Somali (10), Suriya, Janubiy Sudan (13), Yaman va Shimoliy Koreyada (14).
“Bizning tadqiqotlarimiz sogʻlom demokratiya bilan davlat sektoridagi korrupsiyaga qarshi kurash oʻrtasida aniq bogʻliqlikni koʻrsatib berdi”, deydi xalqaro tashkilot raisi Delia Ferreyra Rubio.
Agentlikning vazifasi
2020-yil 29-iyunda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu borada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan birga, ana shu koʻrsatkichni yaxshilash ustida koʻp ishlashi kerak.Bunda bir omilga ahamiyat berilishi, yaʼni koʻchmas mulk sotib olinayotganda pullarningkelib chiqishi qonuniyligi tekshirilishi zarur, deb hisoblaymiz. Qonunchilik tizimida ham kamchilik mavjud. Misol uchun, xonandalar yoki boshqa ayrim toifa kishilarining xohlagancha qasr uylar qurishiga, televideniyeda koʻz-koʻz qilinishiga yoʻl qoʻyilishi qonunlar yaxshi ishlamayotganidan darak beradi. Masalaning maʼnaviy tarafi ham borki, yengilgina yoʻl bilan bunday shohona yashash bir vaqtlar prokuror yoki DAN xodimi tayyorlaydigan oʻqishga kirishni istovchi yoshlar koʻpayganiga oʻxshash holatni paydo qilishi mumkin.Demak, bu isteʼdodi boʻlmasa-da, oddiygina texnika, fonogrammaga suyanib, moʻmay pul topadiganxonandalar sonining 10 baravar oshishiga olib keladi.
Xulosa
Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz.
Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, avvalo, davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar kamayishi, fuqarolarning shaxsiy hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi, monopoliyaga barham berilishi lozim.Toʻgʻri, korrupsiyaga qarshi kurashish turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻladi. Ammo davlat xizmatida oʻgʻrilamaslik uchun dunyoda faqat ikkita retsept tan olinadi: 1. Shveysariya — vaqtni qisqartirish.Bizningcha, bu yaramas illatga qarshi kurashishni quyidagi muammolarning yechimidan boshlash tavsiya etiladi: agentlik tomonidan korrupsiya tarkibiy qismiga kiradigan qonun hujjatlari qayta koʻrib chiqilishi; davlat muassasalari ustidan jamoatchilik nazorati (ochiqlik indeksi) oʻrnatilishi; hokimlar va vazirlar parlament hamda mahalliy Kengashlar tomonidan tasdiqlanishi; barcha davlat xizmatlari “Yagona oyna” markazlariga oʻtkazilishi, sud tizimi mustaqilligi mustahkamlanishi; davlat xizmatchilarining ijtimoiy himoyasi, mansabdor shaxslarning ish haqini biznesdagiga oʻxshash ish haqidan 2-3 baravar koʻp boʻlishiga erishilishi (Gruziya tajribasi) kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. "Fighting Corruption in Developing Countries".
2. "Corruption and Government: Causes, Consequences, and Reform".
3. "Corruption, Global Security, and World Order".
4. "Corruption: Economic Analysis and International Law".
5. "Corruption, Development and the Environment".



Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə