Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134052
  1   2


541 
3.
Рашидова Ф. Ш. Иностранные Инвестиции В Развитии Предпринимателства–Как 
важный фактор формирования среднего класса в Узбекистане //Central asian journal of 
social sciences and history. – 2021. – Т. 2. – №. 10. – С. 76-86.
4.
 
https://mineconomy.uz/uz/node/1347.
KICHIK BIZNESGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDAGI 
MUAMMOLAR (JIZZAX VILOYATI MISOLIDA) 
 
Boltayeva Mohichexra Jamshid qizi 
O‗zMUning Jizzax filiali ―Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi
 
Annotatsiya:
Maqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri 
Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar 
o‗rganiladi. Jahon tajribasidagi iqtisodiy o‗sishlar va pasayishlar tarixini o‗rganar ekanmiz, 
dunyoning eng rivojlangan davlatlarining iqtisodiyotining poydevori bu kichik biznesdir. Kichik 
biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish o‗z –o‗zidan undagi imkoniyatlarning ortishiga olib 
keladi. Lekin xar doim ham natijalarga erishish to‗siqlarsiz bo‗lmaydi. 
Kalit so‗zlar:
 tadbirkorlik, kichik biznes, investitsiya, bandlik, korhonalar, Jizzax viloyati. 
So‗nggi yillarda O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun ko‗plab 
islohotlar amalga oshirildi. Bu esa kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalarida amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yanada jadallashtirish, buning uchun esa sohani 
yanada kengroq, turli aspektlarda tadqiq etish imkonini berdi. Unga muvofiq soha rivojiga
to‗siq bo‗luvchi barcha cheklovlarni bartaraf etish, sohaga to‗liq erkinlik berish bo‗yicha
ustuvor yo‗nalishlar belgilab berildi hamda nazariy asoslari yaratildi. Bu esa O‗zbekistonda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tarixiy
nuqtai-nazardan ilmiy tadqiq etish, olib borilgan tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai 
nazaridan tahlil etish imkonini berdi. Yaqin o‗tmishga nazar tashlar ekanmiz, xar doim ham bu 
sohadagi faoliyatlarning silliq kechmaganligini anglash mumkin. Mustaqillikning datslabki 
yillaridayoq O‗zbekiston Respublikasida nafaqat siyosiy balki, iqtisodiy mustaqillikni 
mustahkamlash yo‗lida xarakatlar boshlandi. Albatta, yosh davlat sifatida O‗zbekiston 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida to‗laqonli o‗z-o‗zini moliyalash imkoniyatiga ega emas edi. 
Shunday bir paytda tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun eng oqilona yo‗l bu 
xorijiy investitsiyalar edi. Yosh davlat iqtisodiyotiga xorijiy investorlar o‗z mablag‗larini 
tikishga va ―tavakkal‖ qilishga xaddilari sig‗magan. Respublikadagi xar bir hududning iqtisodiy 
va ijtimoiy imkoniyatlari o‗zgachadir. Lekin viloyatlar orasida o‗zining qulay geografik va 
turistik imkoniyatlariga ega Jizzax viloyati azal-azaldan tadbirkorlikning qulay nuqtalaridan 
biridir. Jizzax viloyati Buyuk Ipak yo‗lining chorrahasida joylashgan savdo shaxobchalaridan 
biri ekanligi tufayli viloyat aholisida mayda tadbirkorlik va savdo-sotiqqa bo‗lgan qiziqishning 
ijobiy ekanligini anglash mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq viloyatdagi kichik 
korhonalarning ijobiy o‗sish dinamikasi ham buning yaqqol isbotidir. Birgina misol, Jizzax 
davlat arxivi ma‘lumotlariga ko‗ra viloyatda 1991-1992 yillarning o‗zidayoq 27 ta kichik 
korhona bo‗lgan bo‗lsa, shulardan 7 tasi xorijiy qo‗shma korhonalar edi[4].
Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi mustaqillikning dastlabki 
yillaridagi muammolarni o‗rganar ekanmiz, muammolar davriylik nuqtai nazardan turlicha 
ekanligini anglash mumkin. Shu nuqtai nazardan sohadagi muammolarni quyidagilardan iborat: 
-xorijiy investorlar tomonidan yosh davlat iqtisodiyotiga bo‗lgan xadiksirash; 
-qonunchilikdagi xorijiy investorlarning huquqlari va majburiyatlarini to‗laqonli ximoya 
qilinmaganligi; 
-iqtisodiyotda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning ro‗yhatining tor doirada ekanligi; 


542 
-qo‗shma korhonani ochishdagi qog‗ozbozliklar va rasmiylarning ruhsati uchun uzoq 
navbat kutishlar; 
-korhonalarga 
bo‗lgan imtiyozlarning domiy emasligi, iqtisodiy vaziyatdagi 
qiyinchiliklarda ko‗proq mahalliy korhonalarning manfaatlari ko‗proq hisobga olinganligi; 
-mustaqillikning dastlabki 10-15 yilligidagi xorijlik investorlarning sud orqali 
shikoyatlarida doimiy ravishda ko‗rib chiqish rad etilganligi; 
- kichik biznes bo‗yicha xorijiy investorlarga berilgan imkoniyatlarning amalga oshiruvchi 
mexanizmning faoliyatining sustligi; 
-korhonalarning faoliyat turlarini qonunchilik asosida cheklab qo‗yilganligi; 
-Muntazam tekshiruvlar va byurokratik to‗siqlar; 
Mamlakat mustaqillik yillarida ishbilarmonlik va investitsion muhitning xalqaro
parametrlari doirasida ―Iqtisodiy erkinlik indeksi‖, ―Korruptsiyaga qarshi kurashish indeksi‖, 
―Logistika effektivligi indeksi‖, ―Insoniyat taraqqiyoti indeksi‖, ―Global raqobatbardoshlik 
indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlari xususiy mulk himoyasi indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlarini
xalqaro savdoga jalb qilish indeksi‖ larida umuman ishtirok etmadi. Ma‘lumolarga ko‗ra,
xalqaro investitsion muhit jozibadorligi doirasida «Fitch Ratings, Moodys, Standart & Poors»
xalqaro tashkilotlari reytingida umuman ishtirok etmayotgan bo‗lsa, Konsensus «OESR va 
SOFACE» da quyi o‗rinlarni egallab kelmoqda, bu, shubhasiz mamlakatimizda tadbirkorlar
uchun imkoniyatlarni yaratib berishda hali ko‗plab muammolar borligini anglatadi[1]. 1994 
yildagi xalqaro ―Investitsiya indeksi‖ guruhining bahosiga ko‗ra, respublikamiz xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish bo‗yicha 100 ballik tizimdan 60.8 ball to‗playdi. 1998 yil aynan shu 
guruh ko‗rsatkichlarida deyarli o‗zgarishsiz 60.1 ballni oladi. 1991-2000 yillardagi yana bir 
ko‗rsatkich "Central Europieneconomicrevo" jurnali tomonidan e‘lon qilingan O‗zbekistonning 
investitsion jozibadorligini baholab 10 balldan 3.1 ball deya baholaydi[3].
Jizzax viloyatida mustaqillikka erishganimizdan beri mingga yaqin qo‗shma korhonalar 
faoliyat olib bordi, ulardan aksariyatining faoliyatini to‗xtashining sababi esa, asosan arxiv 
hujjatlarida ishlab chiqarishga birlamchi homashyoning yetishmasligi, mahsulotlarni eksportga 
chiqarishdagi qiyinchiliklar, aylanma mablag‗ning yetishmasligi va boshqa bir qator sabablar 
ko‗rsatilgan.
Dastlabki 10 yillikdagi faoliyatning 1998-2000 yillar oralig‗idagina ijobiy ishlar amalga 
oshirilgan. Buni yurtboshimizning aynan shu yillarda viloyat rahbari sifatida ko‗rsatgan faoliyati 
bilan bog‗lash mumkin. Mavzuga oid arxiv materiallari o‗rganilganda yurtboshimiz Sh. 
Mirziyoyev tomonidan viloyat rahbari sifatida xorijiy korhonalarga hamkorlik qilish maqsadida 
yuborilgan 50 dan ortiq xatlarni misol sifatida keltirish mumkin[4].
Xulosa sifatida aytadigan bo‗lsak, mustaqillikning datslabki yillarida viloyatda kichik 
biznes va tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi muammolar ko‗lami 
yetarlicha bo‗lgan. Ularning aksariyati xozirgikunda ham o‗z yechimini kutmoqda. So‗nggi 
yillarda olib borilayotgan islohotlar muammolarning ko‗lamini bir qadar kamaytira olgan desak, 
mubolag‗a bo‗lmaydi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə