Kasbiy kompetentlik sifatlarini tahlil qilish Reja: Kirish


O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə6/7
tarix03.03.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#101854
1   2   3   4   5   6   7
vazira 2

O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari
Hozirgi vaqtda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o‘qitish texnologiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o‘qitish texnologiyalari bo‘lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining qaror topishi va tarbiyalash ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, kasbni egallashning kasbiy-ahamiyatli bazasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning sekin-asta shakllanishiga yordam beradi.
Psixologik - pedagogik adabiyotlarda, ko‘pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida «kompetentlik» degan tushuncha keyingi paytlarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv xorijiy adabiyotlarda o‘tgan asrning 60 yillarida shakllana boshlagan edi.
«Kompetentlik» – tushunchasi esa, shaxsning doimo o‘sib boruvchi tasnifi bo‘lib, real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni echish qobiliyati, o‘z bilimi, o‘quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari hisoblanadi.
«Kompetentlik» atamasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib keldi. Bu tushuncha noan’anaviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda o‘zini qanday tutish, muloqotga kirishish, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutish, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, hamisha rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat qilishi kerakligi to‘g‘risida nazariy bilimlar zarurligini ko‘rsatadi.
G‘arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta’lim tizimi esa – bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi.
Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining o‘ziga xos-xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu standart natijanigina (nimaga erishilishi kerak) qayd etadi.
Kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni echishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish, ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va dalillarni tahlil etish kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama - qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:
- oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining etuk mutaxassis ma’lumoti darajasi bilan Davlat ta’lim standartining modernizatsiyalashgan mazmuni va hajmiga qo‘yilayotgan me’yoriy talablar hamda uning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish darajasi o‘rtasida;
- oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida qo‘llanilayotgan an’anaviy hamda innovatsion metodlar o‘rtasida;
- o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan o‘qituvchini bo‘lajak o‘qituvchi sifatida tayyorlash jarayonini rivojlantirish mexanizmi hamda qonuniyatlari o‘rtasida;
- pedagogik turkum fanlarning o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy kompetentligini shakllantirish borasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmayotganligi o‘rtasida;
- ilmiy-texnik taraqqiyot, yangilanib borayotgan jamiyatning mahoratli pedagog shaxsiga nisbatan ortib boruvchi talablari bilan o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish asosiy qismining o‘z-o‘zini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritishga tayyor emasliklari o‘rtasidagi ziddiyatlar kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Bu kabi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo‘llaridan biri bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iboratdir. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini shakllantirish, ta’lim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, o‘qituvchilarni tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishning asosiy maqsadini belgilaydi.
Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili ta’lim tizimida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan hamda yaratilayotgan o‘quv uslubiy majmualardan unumli foydalanish negizida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biri ekanligini belgilaydi.
SHu munosabat bilan o‘qituvchilarni oliy ta’lim muassasasida tayyorlash davridan talab qilinadigan kasbiy kompetentlik darajasini ta’minlaydigan yangicha yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.
Mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash borasida xorijiy mamlakatlarda amalda bo‘lgan ta’lim mazmunini bevosita o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, G‘arb mamlakatlarida asosiy o‘rinni mutaxassisning kompetentlik malaka darajasi egallaydi. Respublikamizning milliy ta’lim tizimi mohiyatiga ko‘ra ta’lim mazmunining minimal talablari bilim, ko‘nikma va malakaga asoslanadi.
Agarda «kompetent» va «kompetentlik» tushunchalarining etimologik tahliliga nazar tashlasak, ular tasodifan yuzaga kelmaganligini anglash mumkin.
Kompetentlik o‘qituvchi tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Kompetentlik – bu o‘qituvchining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi.
Ta’lim mazmunining o‘quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to‘plami uchun) va predmetli (ma’lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e’tirof etib o‘tamiz:

  • tayanch kompetentlik (ta’limning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko‘ra);

  • fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o‘quv fanlari va ta’lim bloklarining ma’lum doirligiga ko‘ra);

  • bitta predmet(fan) bo‘yicha kompetentligi (maxsus o‘quv fani doirasida aniq va ma’lum imkoniyatga egaligiga ko‘ra).

SHunday qilib, tayanch kompetentlik pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo‘linadi:
1. Yaxlit - mazmunli kompetentlik. Bu o‘qituvchining qadriyatli yo‘nalishlari bilan bog‘liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo‘lini topa olishi, o‘zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o‘rnini anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog‘liq kompetentlik, u o‘qituvchi uchun o‘quv va boshqa vaziyatlarda o‘zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. O‘qituvchining individual ta’lim yo‘nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog‘liq.
2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. O‘qituvchi chuqur o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo‘lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy - axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.
3. O‘quv - bilish kompetentligi, bu o‘qituvchining o‘rganilayotgan aniq ob’ektlar bilan bog‘liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo‘lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to‘plami bo‘lib, unga maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalar kiradi. O‘rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan o‘qituvchilarni kreativ ko‘nikmalari, ya’ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko‘rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni o‘zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi.
5. Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi tilni o‘zlashtirish, guruhlarda ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.
6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste’molchi, haridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash(xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlab, harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.
7. Amaliy faoliyatga oid kompetentlikda bir harakat holatidan ikkinchi harakat holatiga ko‘chira olish, harakat va amallarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi axborotlar ichida tez yo‘nalish olish ko‘nikmalari tushuniladi.

XULOSA
Uzluksiz ta’limning barcha sohalarida pedagoglarning kasbiy kompetentligiga qo‘yilayotgan malakaviy talablarni o‘rganib, tahlil etar ekanmiz bu borada quyidagi muammolarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi:


- pedagoglar kasbiy kompetentligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan ta’lim muassasalarini kasbiy faoliyatga tayyorlash yo‘lida olib borilayotgan amaliy harakatlarning nomuttanosibligi;
- pedagogika oliygohlarining aksariyat bitiruvchilari ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun metodik jihatdan zaruriy tayyorgarlikka ega emasliklari;
- pedagog mutaxassislar kasbiy kompetentligini shakllantirishning zamonaviy pedagogik shart-sharoitlari yaxlit tizim asosida yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning kasbiy-innovatsion kompetentligining etarlicha shakllanmaganligi.
Ma’lumki, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatda erkin va mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi zaruriy omillardan biri bu ulardagi kasbiy-pedagogik kompetentlikning shakllanganligi bilan asoslanadi. Bunda pedagogik kompetentlikning o‘ziga xos tuzilmasi, shakllanish bosqichlari va bu jarayonda o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlardan foydalanishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois, loyiha ishi mavzusini aynan shu yo‘nalishda tanlashga qaror qildik.



Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə