Karyer elementlari


Karyerning bosh parametrlari



Yüklə 278,5 Kb.
səhifə4/5
tarix31.07.2023
ölçüsü278,5 Kb.
#120162
1   2   3   4   5
karyer

Karyerning bosh parametrlari.
Oxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda, karyerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi o‘lchamlari, qazib olinadigan kon massasi jami hajmi aniqlanadi. Gorizontal va og‘ma uyumlar uchun oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karyerni butunligicha qazib olish davrida ozgina o‘zgaradi. Oxirgi chuqurlik karyerni loyixalashtirish vaqtida o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karyerlarning chuqurliklari 400 metrlarni tashkil etadi. Loyixalarda 700 metrgacha chuqurlikda ochiq kon ishlarini olib borish mo‘ljallanmoqda.
Yer yuzasida uyumning cho‘zilishi va ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha karyerning ko‘rsatkichlari, uyumning o‘lchamlari ya’ni karyerning tubi, chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ular chizma tasvir holida yoki analitik o‘rnatiladi. Plandagi karyerning shakli ko‘pincha ovalsimon shaklga ega bo‘ladi. Karyerning uzunligi 100 metrdan 8 km.gacha masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km.gacha uzunlikda o‘zgarib turadi.
Karyer osti o‘lchamlari, karyerning oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karyerning ostki minimal o‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bo‘lmasligi kerak).
Karyer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroq qilib olinadi.
Karyer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlarni belgilovchi zarur ko‘rsatgich hisoblanadi.
Yer yuzasi relefi tekis bo‘lganda karyer maydonidagi butun kon massasi hajmini (m3) quyidagi formula yordamida aniq hisoblash mumkin:


Yüklə 278,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə