K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev


O‘mrov osti sohasi (regio infraclavicularis)



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

O‘mrov osti sohasi (regio infraclavicularis). Soha yuqoridan o‘mrov suyagi, pastdan – erkaklarda III qovurg‘a bo‘yi, ayollarda – ko‘krak bezining yuqori qirrasi, ichkaridan – to‘sh suyagining tashqi qirrasi va tashqaridan – deltasimon mushakning oldingi qirrasi bilan chegaralanadi. O‘mrov suyagi, to‘sh suyagi, ko‘krakning tumshuqsimon va akromion o‘simtasi, katta ko‘krak mushagining usti bilan deltasimon – ko‘krak uchburchaklari (trigonum deltoideo - pectoralis) uning tashqi belgilari hisoblanadi.
Sohaning terisi yupqa, harakatchan bo‘lib, bo‘yin chigalidan chiquvchi o‘mrov usti nervlari (n.n. supraclavicularis) bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasi yaxshi rivojlangan, bundan teri osti mushagining (m. platisma) tolalari va ko‘krak bezining ko’tarib turuvchi bog‘lami (lig. suspensorium mammae) o’tadi. Bo‘yin II fastsiyasining davomi bo‘lgan ko‘krak fastsiyasi (fascia pectoralis) katta ko‘krak mushagini qoplab, uni qobiq ko‘rinishida o‘raydi, ichkariga yo‘nalib to‘sh suyagiga birikadi, tashqaridan esa oldingi tishli mushakning fastsiyalarini hosil qiladi. Bundan tashqari, fastsiyaning tolalari mushaklar ichiga kirib, ularni 3 ta: o‘mrov, to‘sh-qovurg‘a va qorin bo‘laklariga bo‘ladi. O‘mrov osti sohasida katta ko‘krak mushagining o‘mrov bo‘lagi joylashadi. Katta ko‘krak va deltasimon mushaklari orasidagi egatdan qo‘lning lateral teri osti venasi (v. cephalica) o’tib, u deltasimon ko‘krak uchburchagi orqali chuqur joylashgan to‘qimalarni teshib o’tgach, qo‘ltiq osti venasiga quyiladi.
Katta ko‘krak mushagining ostida yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i joylashadi. Bu subpektoral bo‘shliq (spatium subrectorale) o‘mrovga yaqinlashgan sari qalinlasha borib, uning ichidan ko‘krak – akromion arteriyasining (a. thoracoacromialis) tarmoqlari: ko‘krak tarmog‘i (r.r. pectoralis) – ko‘krak mushaklariga; deltasimon tarmoq (r. deltoideus)- deltasimon mushakka; akromion tarmog‘i (r. acromialis) – yelka bo‘g‘imiga boradi. Shu уerning o‘zida yelka chigalidan chiqib, ko‘krak mushaklarini innervatsiya qiluvchi medial va lateral ko‘krak nervlari (n.n. pectoralis lateralis уet medialis) va qo‘lning lateral teri osti venasi joylashadi. Yog‘ to‘qima bo‘shlig‘ining orqasini o‘mrov - ko‘krak fastsiyasi (fascia claviopectoralis) chegaralab, u o‘zining mustahkam tolalari bilan o‘mrov suyagiga, kurakning tumshuqsimon o‘simtasiga va I qovurg‘aga birikadi. So‘ngra ostida yotgan kichik ko‘krak va o‘mrov osti mushaklariga qin hosil qilib, katta ko‘krak mushagining pastki qirrasida u ko‘krak fastsiyasi bilan qo‘shilib ketadi. Bundan tashqari, qo‘ltiq osti sohasida bu fastsiya, qo‘ltiq osti fastsiyasi bilan birlashib, qo‘ltiq ostini ko’tarib turuvchi bog‘lamni (lig. suspensorium axillae) hosil qiladi.
Kichik ko‘krak mushagi (m.pectoralis minor) III – Y qovurg‘alarning oldingi yuzasidan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o‘simtasiga birikadi va o‘mrov – ko‘krak fastsiyasi hamda katta ko‘krak mushagi bilan qo‘ltiq osti chuqurchasining oldingi devorini hosil qiladi. Bu devorda 3 ta uchburchak: o‘mrov – ko‘krak (trig. clavipectorale) uchburchagi, ko‘krak uchburchagi (trig. pectorale) va subpectoral uchburchagi (trig. subpectorale) tafovut qilinadi. o‘mrov – ko‘krak uchburchagi yuqoridan o‘mrov va o‘mrov osti mushagi va pastdan kichik ko‘krak mushagining ichki qirrasi bilan chegaralanib uning asosi to‘sh suyagiga qaragan bo‘ladi. Ko‘krak uchburchagi kichik ko‘krak mushagining yotgan joyiga to‘g‘ri keladi. Subpektoral uchburchagi esa tepadan kichik ko‘krak mushagining tashqi qirrasi va pastdan katta ko‘krak mushagining pastki ozod qirrasi bilan chegaralanib, uning asosini deltasimon mushakning oldingi qirrasi tashkil qiladi.
O‘mrov- ko‘krak uchburchagi sohasida shu nomli fastsiya qo‘ltiq osti chuqurchasining apikal qismi, yog‘ to‘qimasini subpektoral yog‘ to‘qimasidan ajratib turadi. Tumshuqsimon o‘simta yaqinida fastsiyani subpektoral bo‘shlig‘iga boruvchi qon tomir va nervlar (qo‘lning lateral teri osti venasi, ko‘krak – akromion arteriyasining tarmoqlari va ko‘krak lateral nervlari) teshib o’tadi.
Qo‘ltiq osti chuqurchasi apikal qismining yog‘ to‘qimalari ichidan qo‘ltiq osti qon tomirlari va yelka chigali nervlari tutamlari o’tadi. Bularning tashqi tasviri o‘mrov suyagining o‘rtasidan o’tadi. Bunda qo‘ltiq osti venasi yuzaroq va medial, undan chuqurroqda hamda lateral tomonda – arteriya va yana lateralroqda – yelka chigali joylashadi.
O‘mrov – ko‘krak uchburchagining yog‘ to‘qimasi qon tomir tutamlari bo‘ylab ichki tomondan bo‘yin tashqi uchburchagining chuqur yog‘ to‘qimasi bilan tutashadi, lateral tomondan-
qo‘ltiq osti yog‘ to‘qimasi bilan tutashadi va bundan tashqari, qo‘ltiq osti arteriyasi, qo‘lning lateral teri osti venasi hamda oldingi ko‘krak nervlari bo‘ylab u subpektoral yog‘ to‘qimasi bilan ham tutashadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə