Joylashtirish


 Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari



Yüklə 279,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü279,53 Kb.
#149477
1   2   3   4   5
2.3. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari 
Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona, samarali joylashtirishning asosiy 
mazmuni va mohiyati mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlarni 
maksimal darajada kamaytirishga, ma’lum hududlarda xomashyoni qazib olishdan 
boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarguncha bo’lgan barcha ishlab chiqarish 
jarayonlarini joylashtirishda o’z aksini topadi. Bunda albatta, ishlab chiqarishni 
joylashtirish omillarini e’tiborga olish alohida ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan 
holda joylashtiriladi va hududiy tashkil etiladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish 
omillari deganda, ma’lum bir guruh xo’jalik ob’ektlariga, tarmoqqa yoki mamlakat 
xo’jaligi tarkibini hududiy tashkil etilishiga, iqtisodiy rayonlarga, shuningdek, 
hududiy-ishlab chiqarish majmualarning (klasterlarni) oqilona va samarali 
joylashishiga ta’sir etuvchi majmuali shart-sharoitlar tushuniladi. Bu omillarni 
yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish 
qonuniyatlarini o’rganishga asos bo’ladi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilgi, elektr 
energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy-geografik 
o’rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Shuningdek, ekologiya, ITT va bozor 
iqtisodiyoti omillarining bu boradagi ahamiyati ham oshib bormoqda.
Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga birlashtirish 
mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib 


turadi. Ayni paytda ijtimoiy va ekologik omillar ishlab chiqarishni bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari asosida tashkil etishda ustuvor o’ringa ega bo’lmoqda. 
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar hisobga 
olinishi lozim, lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, 
balki ulardan ayrimlarigina etakchi rol’ o’ynaydi. 
Xomashyo omili.
Ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo ko’proq 
sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Xomashyoga 
asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o’rganish eng avvalo, mamlakat 
tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi.
Yoqilg’i-omili.
Ishlab chiqarishning deyarlik barcha sohalari faoliyatini 
tashkil etishda, ularni sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol’ 
o’ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim etakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft 
va uning mahsulotlari, hamda tabiiy gaz asosida ishlovchi agregatlar va uskunalarni 
ishlatishga taalluqli bo’ladi. Yoqilg’i omili iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim 
strategik omili hisoblanadi. 

Yüklə 279,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə