Jizzax Davlat Politexnika Instituti Mustaqil ish Mavzu


Elektron tijorat tarixi va rivojlanish tendentsiyasiyalari



Yüklə 115,82 Kb.
səhifə3/6
tarix09.10.2023
ölçüsü115,82 Kb.
#126432
1   2   3   4   5   6
Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish

Elektron tijorat tarixi va rivojlanish tendentsiyasiyalari

Elektron tijorat (savdo) rivojlanish tarixi 1960 yil oxirida AQSH Xavfsizlik vazirligi xarbiy bo’limning ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) nomli kompyuterlar tarmog’ini yaratishidan boshlangan. Bunday tarmoqning foydaliligini tez orada anglagan universitet va kolledj olimlari ma‘lumot almashinuvi uchun o’xshash tarmoq yaratdilar. Sekin-sekin o’zaro bog’langan yangidan-yangi lokal tarmoqlar paydo bo’la boshladi. Shunday qilib, XX asrning 80 yil oxirlariga kelib, Internet deganda xalqaro "tarmoqlar tarmog’i" tushunila boshlandi. Internet rivojlanishi davomida individual va korporativ foydalanuvchilar elektron aloqalari shakllandi. Bu esa axborotni ancha qiymatga ega va topish ancha oson bo’lgan yangi elektron sohaning yaratilishiga asos bo’lgan. Internet bunday yangi iqtisodiyot ko’rinishi paydo bo’lishining ham sababi, ham natijasi, fundamental texnologik va iqtisodiy o’zgarishlar mahsuli hamda uning muhiti va bozor hisoblanadi. Bularning hammasi iqtisodiyotda sezilarli o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Biznes yuritishning asosiy munosabatlari va modellari o’zgardi: - to ishlab chiqaruvchi hokimiyatidan, dallolning keyin - iste‘molchining etakchi roligacha; - to ommaviy ishlab chiqarishdan buyurtmaga ishlab chiqarishgacha; - to material resurslar va aktivlar muhimligidan axborot, bilim, salohiyat muhimligigacha. O’tgan asrning oxirlarida internetdagi savdo jarayonining yangi atamalari paydo bo’ldi: ular - elektron biznes (e-business), electron banner, elektron reklama, elektron tijorat (ecommerce), electron sotuv, e-click, va elektron marketing (emarketing) va boshqalar. Shuni aytish kerakki, axborot-kommunikatsion texnologiyalari biznesni tashqil etish va yurishda ilgari zamonlar hech qachon bunday muhim ahamiyat kasb etmagan. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari ahamiyatining bunday oshib borishi barcha faoliyat turlariga, shu jumladan kichik biznas va tadbirkorlikka ham katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar Internetdan foydalanish va elektron biznes rivojlanishida katta sakrashni amalga oshirdilar. Bu sohaga mansub ba’zi analitiklar elektron tijorat rivojlanishining ancha keyingi bosqichlarida qo’shilgan mamlakat va kompaniyalar boshqalarning xatolaridan foydalanish, soha rivojlanishi tendentsiyalarini ko’rish borasida yutadi deb hisoblaydilar. Elekron biznes rivojlanishining mufassal suvratini yaratish uchun uning rivojlanish qonunlarini tushunish, elektron va an’anaviy marketing tizimlarini o’zaro solishtirish va elektron tijorat, elektron marketingni qo’llash bo’yicha qaror qabul qilishda alohida diqqat-e’tiborni qaratish kerak bo’lgan savollarni aniqlash kerak. Elektron bozordagi e-marketing xususiyatlarini tavsiflashdan oldin shu davrgacha shakllangan elektron tijorat asosiytushunchalarini aniqlashtirib olish zarur bo’ladi. Axborotkommunikatsiya tizimlari samaradorligini oshirish va internet tarmoq texnologiyalarining mukammallashtirilishi yangi iqtisodiy faoliyat turi - elektron tijoratning jadal shakllanishiga olib keldi. Elektron biznes - tijoratning o’ziga xos electron turi bo’lib, ushu soha uchun mos bo’lgan axborot tizimlarini yaratish va uni electron savdo hamda mahsulotlar va xizmatlarni taqsimlash jarayonlariga optimal ravishdatadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy elektron tijorat asoslarini mantiqan ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan, ya’ni AKT sohasi uchun bazaviy kalit tushunchalar va ularga bo’lgan ta’riflarni shakllantirish nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xozirgi davrda ishlatilayotgan tushunchalarga ta’rif va kalit iboralar ular mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga mos kelib, iqtisod sohasidagi jarayonlarni qismangina qamrab oladi va bir qancha fundamental nuqtai-nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, AKT sohasida mashhur bo’lgan IBM kompaniyasi mutaxassislarining fikriga ko’ra "Elektron biznes -bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish" dir. Internet biznesi entsiklopediyasining ta’rifiga ko’ra esa u foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznesga oid faoliyatidir. Bu tushuntirish va aniqlovlar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai-nazaridangina moliya-iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi, albatta. Ammo shak-shubhasizki, milliy, shaxsiy va korporativ axborotkommunikatsion tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron tijorat rivojlanishi va uning yanada mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Biroq ma’lum doiradagi iqtisodiy-texnik muammolarni hal qilish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat muammolarini umumiy yoki elektron marketing bilan bog’liq muammolarning qisman ko’rib chiqilishini maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Chunki axborotkommunikativ tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. Jahon global tarmog’i iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta’siri hamda ularning o’zaro bo’ysunish darajasini aks ettiruvchi modellarni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta’riflarni shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijoriy jarayonlar qatorida biznes, tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda elektron biznesni amaliyotda qo’llanishining to’rt asosiy bosqichi -marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar jarayonlari nazarda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini qo’llash darajasi chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa bo’ladi. Ammo bugungi kunda electron tijorat jarayonlarning anchagina qismi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan turib amalga oshirilmoqda. Bu xolat esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, ammo ular orasidagi prinsipial farq asta-sekin yo’qolib bormoqda. Ko’p holatlarda an’anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlili (BI - Business Intelligence), iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management), ta’minot zanjiralari boshqaruvi (SCM - Supply hain Management), bilimlarni boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot texnologiya vositalari orqali amalga oshiriladi. Oldingi davrda asosiy masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning uchun tashqilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda hayotga tadbiq etilgan. Ularga korporativ rejalashtirish axborot tizimlari ERP (Enterprise Resource Planning) - tashqilot resurslarini rejalashtirish muammosini hal qilgan. Xozirgi paytda esa mahsulot yoki xizmat nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos individual talablariga ham mos kelishi lozim. Bu muammoni hal qilishda birinchi o’rinda yagona axborot fazosini tashqillashtirishning vositasi sifatida Internet global tizimi namoyon bo’ladi. Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste’molchilar va ularning har xil talablarini qondirish imkoniyatini yaratdi hamda potentsial mijozlarga o’z buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga individual ravishda kiritishga imkon yaratdi. Ushbu unikal holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) - ya’ni, xaridor bilan o’zaro ta’sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga asoslangan boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi. Demak, elektron biznesning yangi shakli sifatida o’z tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va tashqi dasturiy-texnik infrastrukturasi bilan standartlashtirilgan tuzilmali korxona va tashqilotlar asosida shakllana boshladi. Boshlang‘ich iqtisodiy o‘sish, yuqori texnikaviy yangilikka intilish xaridorning katta ehtiyoji bilan bevosita bog‘liq. Elektron tijoratni yuzaga kelishi va boshlang‘ich talab va ehtiyojni qondirilishi bilan bir vaqtda ilk noxush holatlar yuzaga kela boshladi. Bunga asosiy sababi, xizmat ko‘rsatish sifatining mos kelmasligi hamda infrastruktura tizimining past darajadaligi bilan bog‘liq. O‘zaro hisob–kitob va mahsulotni yetkazib berish infrastrukturasi hanuz yetarli darajada taraqqiy etmagan. Savdo ishtirokchilari samarali to‘lov tizimini yaratishga e’tibor qaratib, mahsulot yetkazib beruvchiga rivojlangan omborxona va transport tizimini taklif etdi. Yaratilayotgan har qanday imkoniyat va sharoit savdo ishtirokchilari bo‘lmish mahsulot ishlab chiqrauvchi va xaridor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishi, mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida raqobatni yuzaga keltiradi. Elektron tijorat bozorining boshlang‘ich bosqichlarida jadal rivojlanishi birinchi navbatda to‘lov tizimi, bank, provayder xizmati internetga kirish imkoniyatining o‘sishi, mobil aloqa, dasturiy ta’minot va apparat (qurilma) vositalarini yaratuvchilar, hamda o‘z mahsulot va xizmatlarini bozorga chiqarishga talabgorlarning oshib borishi bilan bog‘liq. Elektron tijoratning o‘ziga xos hususiyati, ushbu tizimda foydalanayotgan ma’lumog almashinuv tizimi protokoli boshqa tizimdagiga o‘xshash protokollarga mos kelmaydi. Elektron tijorat tizimini shakllanishida har bir tashkilot yoki muassasa o‘zining standartlarini tavsiya etib, uni tadbiq etish tarafdori bo‘ladilar. Bu vaqtda kichik yo‘nalishga ega bo‘lgan tashkilotlar norozilik bildiradilar. Nomuvofiqlik elektron tijoratni ommaviy va keng doiradagi foydalanuvchilarga ruxsat berishni cheklaydi. Keyinchalik bu nomuvofiqlik elektron tijorat bozori infrastrukturasining tashkil topishi bilan bartaraf etilishi mumkin. Elektron tijorat paydo bo’lishining boshlang’ich davri XX asr oxirlarida tijorat shakllarining sezilarli transformatsiyasi bo’ldi. O’tgan asrning oxirlarida iste‘molchilarni arzon mahsulot va xizmatlar bilan ta‘minlay olgan yapon ishlab chiqaruvchilarining yutug’i bilan tugagan ommaviy ishlab chiqarish davri sifat davriga almashdi. Bu davrda asosiy masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning uchun tashkilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda tadbiq etilgan. Ularga boshqalaridan tashqari korporativ axborot tizimlari sinfi eRP (Enterprise Resource Planning) - tashkilot resurslari rejalashtirish ham qarashli. Lekin bu davr ham o’tdi, chunki iste‘molchi mahsulotga nisbatan o’zining fikrini shakllantirdi. Endi mahsulot nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos talablariga mos kelishi kerak. Buni amalga oshirishda birinchi o’rinda yagona axborot fazosini tashkillashtirishning vositasi sifatida Internet namoyon bo’ladi. Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste‘molchilar va ularning har xil talablari tomon yo’l ochdi hamda mijozlarga o’z buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga kiritishga imkon yaratdi. Bu holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) - xaridor bilan o’zaro ta‘sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga asoslangan boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi. Shunday qilib, elektron tijorat biznesning yangi shakli sifatida o’z tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va tashqi texnik infrastrukturasi bilan standartlashtirgan tizimlashtirilgan korxona va tashkilotlar asosida shakllana boshladi. Tijorat shakllarining transformatsiyasi tarixan birin ketin rivojlangan, lekin hozirgi kunda bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan bozorning uch asosiy modeli paydo bo’lishiga olib keldi. Birinchi model ishlab chiqaruvchi bozori deyilib, unda hukmron o’rinni ishlab chiqaruvchi egallaydi (rasm 1.1.). Aynan u, qaysi tovar, qanday hajmda, qanday narxda ishlab chiqarish, kimga va qaerda uni taklif qilish, iste‘molchilarga tovarning mavjudligi va xarakteristikalari xaqida qanday xabar berishni belgilaydi. XX asrning 90 yillar boshlarigacha ustunlikka ega bo’lgan etakchi kompaniyalar biznes modellari kuchli material bazaga asoslangan. Bu baza aktivlari ishlab chiqarish, taqsimlash, tovarlar sotish va xizmat ko’satish uchun biznes xususiyatlariga bog’liq holda ishlatilgan. Bunday korxonalarning asosiy indikatorlari ishlab chiqarish, zaxira aylanmasi, sarmoya samarasi bo’lgan. Bunday korxonalar qo’llab-quvvatlanishi axborot texnologiyalari tomonidan eRP(Enterprise Resource Planning) korxonalari resurslarni rejalashtirish tizimlarini yaratish va tadbiq etish yo’li bilan amalga oshirilgan.


Yüklə 115,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə