Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə18/22
tarix05.01.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#98255
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
amaliy mаshg\'uloti(rivojlanish)

Kеrаkli аdаbiyotlаr:
1. Yu.S.Сhеnsоvа: Prаktikum pо sitоlоgii. Mоskvа – 1988.
2. H.Q.Qаrshibоеv: «Sitоlоgiya» kursidаn o’quv qo’llаnmа. Gulistоn - 2002.
3. T.B.Bоyqоbilоv, T.H.Ikrоmоv: Sitоlоgiya. Tоshkеnt – «O’qituvсhi»1980



Mеyоzning sхеmаtik tаsviri;
а-lеptоtеnа; b-zigоtеnа; v-uсh bivоlеnt pахitеnа; g- diplоtеnа; d-diаkinеz; е-mеtаfаzа; I: j–аnаfаzа, I: z–mеtаfаzа, II: i-аnаfаzа, хs-хrоmоsоmа tеlоmеr uсhаstkаlаrining jоylаshishi («bukеt»), хm-хrоmоmеrlаr; хi-хiаzm.


Mustаqil ish tоpshiriqlаri
1-tоpshiriq Оrgаnеlаlаrning rаsmini сhizish vа tаqqоslаsh
1.1. Mikrоnаyсhаlаr vа sеntrоsоmаlаr tuzilishini o’rgаnish
1.2. Kinеtosоmаlаr vа prоfilаmеntlаr tuzilishini tushuntirish
2-tоpshiriq Mitоz vа mеyоz jаrаyonlаrini prоkаriоt vа eukаriоt оrgаnizmlаrdа tаqqоslаsh
2.1. Prоkаriоt оrgаnizmlаrdаgi mitоz vа mеyоz jаrаyoni
2.2. Eukаriоt оrgаnizmlаrdа mitоz vа mеyоz jаrаyoni
Ushbu tоpshiriqlаr sаvоllаrigа quyidаgi аdаbiyotlаrdаn jаvоb tоpаsiz:
1. T.B.Bоyqоbilоv, T.H.Ikrоmоv. Sitоlоgiya. Tоshkеnt. 1980.
2. H.Q.Qаrshibоеv. «Sitоlоgiya» Gulistоn-2002.

12- MAVZU: ENDOREPRODUKSIYA


Asosiy maqsad: Endoreproduksiyani o’rganish
Vazifalar: Endorepraduksiyaning ahamiyati
Nazariy tushuncha: Bo‘linayotgan hujayralar ma’lum vaqt muzlatilsa yoki bo‘linish duki mikronaychalarini buzuvchi modda(kolxitsin) ta’sir ettirilsa, bo‘linish to‘xtaydi. Bo‘linish duki buzilib xromosomalar qutblarga tortilmasdan o‘zing siklini davom ettiradi: yo‘g‘onlashib yadro qobig‘i bilan o‘raladi. Natijada xroomsomalari xech qaerga tarqalmay o‘zida qolgan yirik yadrolar vujudga keladi. Bunday hujayra tarkibida DNK 4s ni xromosomalar 4 n ni tashkil etganligi uchun u diploid emas tetraploid bo‘ladi. Bunday hujayralar G 1 bosiqdan chiqib S bosqichga kirishlari va kolxitsinning ta’siri olib tashlansa yana mitotik yo‘l bilan bo‘linishi va 4 nga ega bo‘lgan avlod berishi mumkin. Bu usul seleksiyada poliploid organizmlarni olishda ishlatiladi. Ma’lum bo‘lishicha tabiatda ham normal diploid organizmlarda DNK miqdori bir necha karra ko‘p bo‘lgan yirik yadroli organizmlar uchraydi. Bu hujayralar somatik poliploidiya maxsulotidir. Bu xodisa endoreproduksiya- DNK miqdori ortiqcha bo‘lgan hujayralarning yuzaga kelishidir.
Bunday hujayralarning yuzaga kelishi mitozning borishida qandaydir buzilishlar yuzaga kelishi natijasida paydo bo‘ladi. Mitozning bir qancha nuqtasi bo‘lib ularni blokada qilish natijasida bo‘linish to‘xtab poliploid hujayralar rivojlanadi. Bular G2 dan mitozga o‘tish davri, profaza, metafaza davrida va sitotomiya jarayonining buzilishi poloploidiyaga sabab bo‘ladi.
Xromosomalarning kondensatsiyasi kuzatilmaydi. Ba’zi umurtqasiz hayvonlarda poliploidiya darajasi katta bo‘ladi. Tut ipak qurtining so‘lak ajratuvchi bezi hujayralari yadrosi ploidligi ko‘pligidan shoxlanib ketgan bo‘ladi. Askarida qizilo‘ngachi hujayralari 100ming s DNKga ega.
Endoreproduksiyaning bir ko‘rinishi politeniya xodisasidir. Politeniyada S davrdagi DNK replikatsiyasida xromosomalar despiralizatsiya xolida qolib bir-biridin ajralmaydi va kondensatsiyalanmaydi. SHu xolatda ular yana keyingi replikatsiya sikliga o‘tadilar yana ikkixissa oshadilar va yana ajralmaydilar. Natijada ko‘p ipli politen xromosomaxosil bo‘ladi. Bu xromosomalar xech qachon mitozda ishtirok etmaydi ular interfaza xromosomalari bo‘lib DNK va RNK sintezida ishtirok etadilar. Mitotik xromosomalardan o‘lchamlari, yo‘g‘onliklari bilan farq qiladilar, chunki bir qancha iplar tutamidan iborat bo‘ladilar. Drozofilla pashshasining politen xromosomasi mitotik Xxromosomasidan ming marta katta va 70-250 martagacha uzunroqdirlar.
Ularning hujayradagi soni gaploid bo‘ladi,chunki gomologik xromosomalar qo‘shilib kon’yugatsiyalanadi. Drozofilaning somatik hujayrasida 8 ta xromosoma. So‘lak bezida 4 ta bo‘ladi.
Politen xromosomalar tuzilishi jixatidan ham farq qiladilar. Ular uzunligi bo‘ylab bir xilda tuzilmagan: disklar diskaro qismlar va puflardan tuzilgan.Rasm.
Disklar-kondensatsiyalangan xromatid uchastkalari. Ular 1-1idan qalinligi bilan faqr qiladi. Ularning umumiy soni1,5-2,5 tagacha bo‘ladi.
Disklar diskaro qismlar bilan ajratilgan. Ular ham disklar singanri xromatin fibrillardan tuzilgan lekin ancha bo‘sh taxlangan.
Politen xromosomalar yuzasida shishlar ko‘rinadi, ular disklarning dekondensatsiyalanishi natijasida xosil bo‘ladi. SHishlarda RNK sintezlanadi. Demak shishlar transkripsiya joyi xisoblanadi. SHishlar xromosomalar yuzasidagi vaqtinchalik tuzilmalar hisoblanadi. Organizm rivojlanishi mobaynida ular muayyan joyda va vaqtda xosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishi gen aktivligi natijasidir. Ularda xasharotlar rivojlanishining turli etaplarida turli oqsillarning sintezi uchun RNK xosil bo‘lib turadi. Xromosomalardagi disk va shishlarning joylashishi turga xos belgi bo‘lgani uchun genetik metodlar yordamida turgi genlr joylashish joyi, morfologiyasi o‘rganilib ular asosida xromosoma xaritasi tuzilgan.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə