Individuallashgan ta’lim prinsiplari:
- Individuallashtirish - O`quv jarayonining bosh strategiyasidir.
- O`quv jarayonini individuallashtirish orqali shaxsni
rivojlantirish ta’minlanadi.
- Har bir o`quv predmetini o`qitshni individuallashtirish orqali amalga oshirish
kutilgan natijani kafolatlaydi.
O`qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi.
- Individuallashgan ta’lim o`quv jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlaydi.
- Individuallashgan ta’limda ko`nikma, malaka, bilim olish o`quvchining
qiziqishi asosida kechadi.
- Mustaqil ishlay olish o`quvchining umumo`quv ko`nikmasini
rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi.
Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o`quvchining o`quv mazmunini
o`zlashtirishga yo`naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug`ullanishi,
mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`lik.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o`quvchilarda quyidagi
xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin.
• O`quvchi o`qitilmaydi, uni mustaqil o`qish, o`rganish ishlashga
o`rgatiladi.
• Bunda o`quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali
o`zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin
fikr yuritishga o`rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o`z
pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi.
• O`quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni
darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash
orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali
ijodiy mushohada yuritish, imkoniyati yaratiladi. O`quvchini darsliklar
bilan ishlash, o`qish, o`rganish, konspekt yozish, qo`shimcha adabiyot,
spravochniklardan foydalanib mustaqil o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashga
o`rgatiladi.
• Sinfdagi barcha o`quvchilarning o`z qobiliyatlari darajasida albatta
o`zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o`quvchining o`zlashtirganligi olgan
bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko`nikma va malaka
lari bilan belgilanadi.
• Barcha o`qituvchi-o`quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni
o`rganib, uni o`z o`quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha
o`quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar.
16
• Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda:
1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari
shakllanadi.
2. O`quv reja, dastur, darslik, standart me’yor, qo`llanmalar, mavzu mazmuni
bilan ishlash malakalari shakllanadi.
3. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o`zlashtirish
kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
4. O`quvchi erkin fikr bildirish, o`z fikrini himoya qilish, isbotlay olish,
tasdiqlay olishga odatlanadi.
5. Eng muhimi o`quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni
o`quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O`quv-biluv jarayonida
o`quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o`quvchini o`quv
maqsadlariga
erishishda yuqori bosqichga ko`taradi.
Dostları ilə paylaş: |