Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yunaltirilgan o`quv
predmeta sifatida jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun
fundamental bilimlar tizimi, inson
jismoniy barkamolligi va unga erishish va boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy madaniyatga oid mavjud
faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida inson jismoniy barkamolligining
vositalari, jismoniy madaniyati shakllari va uning uslubiyati haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni
beradi, hayotiy zaruriy harakat malakalari va kunikmalari zaxirasini oshiradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va
mukammalashib boradi.
Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot maxlumotlari jnsmoniy madaniyat
nazariyasini pedagogika fanlari erishgan muvaffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy madaniyat
nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini tashqil etuvchi eng
umumiy qonunlardan, prinsiplar
va qoidalardan foidalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari
uchun ham bu qonunlar, prinsiplar va qoidalar mos keladi va o`ziga xos ma`no kasb etadi.
O`quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a`zolarining jismoniy
tayyorgarligini oshirish mumkunligi haqidagi nazariy fikrning vujudga
kelishi va unga intilish
sabab bo`ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mum kinligi haqidagi qoida
va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy ama liyetda yo`qo ri samara berishi isbotlandi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining mazmuni kuydagi larni o`z ichiga
oladi:
- jismoniy madaniyat jamiyat maxsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida madaniyatning boshqa
shakllari bilan bog`liqligi;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamonlari;
- jismoniy madaniyatning vositalari, metodik prinsiplari;
- harakatga urgatish, o`qitishning uslublari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- jismoniy mashqlar va uni o`qitish jarayonining to`zilishi;
- jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulotlarini tashkyal lashning shakllari;
- jismoniy madaniyat jarayonipi rejalashtirish va uning xisoboti;
- jismoniy madaniyat uslubiyatining xususiyatlari;
- maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidags bolalar jismoniy tarbiyasi;
- sport trenirovkasi jarayoni xarakteristikasi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy madaniyatni umumiy
qonuniyatlari jismoniy
madaniyat nazariyasining u r g a n i sh predmeti xisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda,
axolining har qanday tabaqa sini: bolalar, o`smirlar, yoshlar, o`rta yoshdagilar, kattalar va
kariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishni
endigina boshlaganlarni, malakali
sportchilarning jismoniy madaniyatsining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashqari jismoniy madaniyat uslubiyati jismoniy madaniyatni ajratib olingan
ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o`rganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning
umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayyor garligi»
metodikasi, «Sport tayyorgarligi» metodikasi deb aniq yunalishdagi metodikalardan
foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida o`zlarining xususiy uslublari mavjud.
Uslublarning turli-tumanligi shug`ullanuvchilarning qaysi psixologik
tiplarga mansubliligiga,
ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab
yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatsi metodikasi, aspar jismoniy madaniyatsi metodikasi va
x.k.)ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport uyinlari, gimnastika va x.k.larni
o`qitish metodikasi) alohida mustakil ajratilgan ilmiy va o`quv fanlari tarzida shakllangan.
Jiyemoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni yagona
nazariy va uslubiy asoslar
bilan qurollantiradi, o`rganish predmetlari xarakteriga ko`ra pedago gika fanlari tizimidagi fan
sifatida o`z qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar xisobiga tuldiradi.