"Jaxon tarixi" o’quv fanini uzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr



Yüklə 144,5 Kb.
səhifə1/9
tarix23.05.2023
ölçüsü144,5 Kb.
#112368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jaxon tarixi o’quv fanini uzlashtirish jarayonida amalga oshir


KIRISH
Ushbu dastur mamlakatimizning jaxon xamjamiyatiga xar tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarakkiyotini tarixiy nuktai nazardan o’rganmasdan hal etib bulmaydi. Jaxon tarixini mukammal darajada bilmoq insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan tula baxramand qiladi, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko’maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bulgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topishga imkoniyat yaratadi.
Jaxon tarixi bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lish talabalarning dunyoqarashini kengaytirish yo’lidagi eng samarali vosita sifatida axamiyatlidir. Qolaversa, mamlakatimiz xdmkorlik kilayotgan davlatlarning rivojlanish darajasini, xalqlarning mentaliteti, urf-odatlarini, madaniyatini tushunib yetish uchun xam jaxon tarixi fanining beqiyos axamiyatini tan olish kerak.
Dunyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, hamda yo’nalishlari haqida talabalarga har tomonlama bilimlar berish.
Jaxon tarixining turli bosqichlarida ruy bergan muhim voqealar va jarayonlarni yoritib berish; - insoniyatning ko’p asrlik taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan omillarni taxlil qilish; - tarixiy rivojlanish davomida turli mamlakatlar va mintakalarga xos bulgan xususiyatlarni ochib berish; - dunyoning turli chekkalarida ruy bergan voqealar va jarayonlarning ko’p hollarda o’zaro bog’liqligini talabalarga tushuntirish; - tarixiy rivojlanishning barcha mamlakatlar uchun umumiy konuniyatlar mavjudligini namoyon qilish.
“Jaxon tarixi” o’quv fanini uzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Jaxon tarixi davrining xususiyatlar, xunarmandchilikning qishloq xujaligidan ajralishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning usishi, feodal shaharlarning paydo bulishi, rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, feodal jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va diniy hayotidagi uzgarishlarni bilishi kerak;

  • feodal jamiyatning rivojlanib, o'zining eng xususiyatlarini yuqotishi va o’z urnini yangi iqtisodiy munosabatlarga bushatib berishi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishini tug’ri tushunish kunikmalariga ega bulishi kerak;

  • talaba jaxon tarixining (qadimgi sharq, qadimgi yunoniston va rim, ilk va sunggi o'rta asrlar, Osiyo va Afrika, Yevropa va Amerika davlatlari) davrida ruy bergan ishlab chikarishning yangi ilg’or munosabatlariga utish uchun bevosita shart-sharoit vujudga kelganini tahlil qilish, yangi ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’lik bulgan xalq ommasining eski feodal tuzumidan noroziligi, milliy-ozodlik xarakati, Yevropa miqyosida birinchi marta g’alaba qilgan burjua inqilobi, yangi burjua davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, Yevropa xalqlarining yangi davrga uta boshlashi. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari jarayoni malakalariga ega bo’lishi kerak.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketligi.Talabalar “Jaxon tarixi” fanini samarali uzlashtirishlari uchun “Vatan tarixi”, “Siyosatshunoslik”, “Madaniyatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi”, “Tarix falsafasi va metodologiyasi”, “Arxeologiya”, “Manbashunoslik”, “Tarixshunoslik”, “Etnologiya” va boshqa fanlardan xam yetarlicha bilimlarga ega bulishlari lozim.
Fanning ishlab chikarishdagi urni.
Jaxon xalqlarining tarixiy rivojlanishini bosqichma-bosqich tarixiylik, ilmiylik, xolisona yondashuv negizida o’rganish.
Seminar mashgulotlari bo’yicha mavzular rejasi va adabiyotlar ruyxati talabalarga takdim etiladi va talaba mustaqil tayyorlanib kelib munozara tarzida uz bilimini namoyish etadi.
Takdim etilayotgan fanning dolzarb masalalari bo’yicha mavzular va adabiyotlar ruyxati talabalarga takdim etiladi. Talaba, uz navbatida mustaqil tayyorlanib ma’ruza va referat shaklida uz bilimini namoyish etadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Dasturda kursatilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida uzlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Bumerang”, “FSMU”, “Aqliy xujum” singari metodlari orqali, xamda slaydlar, multimediya namoyishlari bilan utkaziladi.
Dasturdagi mavzularning informatsion asosini fanga tegishli adabiyotlar, davriy adabiyotlar, internet ma’lumotlari tashkil kiladi.
Dasturdagi mavzularni utishda ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Bumerang”, “FSMU”, “Akliy xujum” metodlari, shuningdek, slaydlardan foydalanish, didaktik va roli ukish usullarini qo’llash nazarda tutiladi.



Yüklə 144,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə