Jamiyatning ustav fondi. Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari. Jamiyatning sof aktivlari



Yüklə 17,53 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü17,53 Kb.
#138201

1. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Aksiyadorlar soni ellikdan oshmagan taqdirda, jamiyat ustavida imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin:

- aksiyadorlarda, ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan uchinchi shaxsga ularning har biriga tеgishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taklif qilingan narxda va shartlarda sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun;

- jamiyatda, uning aksiyadorlari tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun, agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari o‘zlarining imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bo‘lsa ("Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonunining 6-moddasi). 



Hozirgi vaqtdacha "O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ aksiyadorlaridan bank aksiyalarini sotib olish uchun imtiyozli huquqni amalga oshirishga arizalar kеlib tushmagan.
2. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOG‘OZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o‘z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aksiyalarni, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqlidir. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
20-modda. Ustav fondining miqdori
Ochiq turdagi jamiyat ustav fondining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi, yopiq turdagi jamiyatning ustav fondi esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqining yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtiriladigan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.
Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi
Yüklə 17,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə