Jamiyatning mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyoti to’g’risidag idiniy va falsafiy qarashlar



Yüklə 3,1 Mb.
tarix26.05.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#113127
Jamiyatning mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyoti to’g’risidag

Jamiyatning mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyoti to’g’risidag idiniy va falsafiy qarashlar

Tayyorladi: Yuldoshev Temur


Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir.
Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, basho­rat­lash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Falsafa jamlama-umumlashgan shaklda bilish jarayoni va ijtimoiy amaliyot rivoji yo‘nalishiga ta'sir etadigan paradig­ma­lar­ni shakllantiradi. Yaqin va O‘rta Sharqda falsafaning rivojlanishi ilk o‘rta asr musulmon sivilizatsiyasining taraqqiyotiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi. Uyg‘onish va Yangi davrlar falsafasidagi insonparvarlik va ma'rifat g‘oyalari cherkov hukmronligi va mutlaqlashtirishni cheklashga, tabaqalarning maqomini o‘zgarishiga, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga imkon yaratdi, nemis klassik falsafasining g‘oyalari esa qator fanlar: geologiya, biologiya, jamiyatshunoslikdagi tasavvurlarning tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Falsafiy paradigmalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlari: iqtisodiyot, siyosat, fan, madaniyat va hokazolarga ta'sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda bashariyat nafaqat yangi ming yillikka, balki yangi chegara, yangi tarixiy davrga ham qadam qo‘ydi. Mavjud zamonaviy sivilizatsiya turlarini belgilagan o‘tgan asrlar, jumladan XX asr paradigmalari kelajagimiz uchun qadriy yo‘nalish, mo‘ljal bo‘la olmaydi. Bashariyat oldida turgan bugungi masalalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga va uning mavjudligi asoslarining o‘ziga ham daxldor. Bashariyat bir butun sifatida o‘zining yashab qolishi va keyingi rivoji uchun yangi paradigmalar: yangi tafakkur, yangi xulq modellari, yangi qadriy yo‘nalishlarga ehtiyoj sezadi. Va yangi paradigmalarning shakllanishida falsafaning tutgan o‘rni muhimdir.
Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Hususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbah din bilan bog`lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va hato ekanini ko’rsatdi.
Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoy
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan turlicha ta'riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Jamiyat moddiy va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog'liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo'yish mantiqqa zid. Shuning uchun ham hozirgi davrda xalq ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy g'oya va mafkura asoslarini mustahkamlashga katta e'tibor berilyapti.
Jamiyat bilan bog'liq masalalar azaldan ko'plab mutaxassislarning diqqatini tortib keladi. Fan tarixida bu mavzuga doir lurlicha qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar mavjud. Bu masalalar qadimgi avlodlarimizdan qolgan «Avesto» va «O'rxun-Yenesey tosh bitiklari» da, Al-Xorazmiy, Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa allomalarimiz merosida yorqin ifodasini topgan. Sharq siyosatshunosligida jamiyat bilan bog'liq masalalar Konfutsiy, Kaykovus, Nizomulmulk, Mirxond, Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi ko'plab allomalar ijodidan o'rin olgan. Ijtimoiy taraqqiyot davomida jamiyat to'g'risidagi qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar rivojlanib takomillashib borganligini, xususan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari tizimida hamda Amir Temur va temuriylar sulolasining jamiyat rivoji masalalariga oid nazariy va amaliy jihatdan yondashganligida ko'rish mumkin.
Ta'kidlash lozimki, jamiyatning mohiyatini, tuzilishini, qonuniyatlarini bilish, ularga tayangan holda boshqaruv va rahbarlik faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun «Jamiyat» tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, tuzilishi, ijtimoiy qonunlar — jamiyat taraqqiyoti va islohotlar jarayonini bilishda muhim omil sifatida namoyon bo'ladi. Bu borada Sharq va G'arb falsafasidagi jamiyatga doir ayrim xususiyatlar, umumiy mushtarak nuqtalar, unda shakllangan va qaror topgan g'arbona va sharqona qadriyatlar, shaxs erkinligi, individuallik va jamoaviylik uyg'unligi kabi hodisalarning mohiyati nihoyatda muhim. Hozirgi zamonda jamiyatga doir plyuralizm hamda sinergetik qarashlarning uning taraqqiyoti qonuniyatlarini bilish orqali ijtimoiy jarayonlarni ilmiy tashkil etishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor berish lozim.
Kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo'lgani uchun qashshoq bo'lishi mumkin. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti, Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi, bir so'z bilan, ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma'naviy chtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi.
Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə