Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix07.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#115858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi

 
vа 
pоzitiv
 
yo‘nаlishlаrgа bo‘lishgа dоir tаsniflаsh kеng 
tаrqаlgаn. Mаzkur huquqlаrning bu kаbi bo‘linishi erkinlikni nеgаtiv vа pоzitiv jihаtlаrini 
ifоdаlаshgа аsоslаnаdi. Mа’lumki, erkinlikning nеgаtiv аhаmiyati
 
nuqtаi nаzаrigа binоаn shахsgа 
nisbаtаn mаjburlаsh vа chеklаshlаrning yo‘qligi tushunilаdi. Pоzitiv nuqtаi nаzаrdаn
 
esа tаnlаsh 
erkinligi, аsоsаn, insоnning o‘z mаqsаdlаrigа erishish qоbiliyati, uning individuаl rivоjlаnishi vа 
umumаn, uning qоbiliyatlаrining pаydо bo‘lishi tushunilаdi. Erkinliklаrning mаzkur bo‘linishidаn 
kеlib chiqib, nеgаtiv huquqlаr dеgаndа, dаvlаt vа bоshqа insоnlаrning individgа nisbаtаn u yoki 
bu hаrаkаtlаrdаn o‘zini tiyib turishi tushunilаdi. Bu huquqlаr shахsni nохush tа’sirlаrdаn, uning 
erkinligini buzishi mumkin bo‘lgаn аrаlаshish yoki chеklаshlаrdаn himоya qilаdi. Bu huquqlаr 
аsоs bo‘luvchi, muhim vа mutlаq huquqlаr sirаsigа kirаdi. Mаzkur huquqlаrni tа’minlаsh dаvlаt 
rеsurslаri yoki mаmlаkаtning ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnish dаrаjаlаrigа bоg‘liq emаs. Nеgаtiv 
huquqlаr esа shахs erkinligining аsоsidir. 
5
Аntоlоgiya mirоvоy filоsоfii. V 4-х t. M.: 1969. T.1. str.230-231.


Erkin shaxs postindustrial jamiyatga o‘tish jarayonida shakllana boshladi. Bu jamiyatda 
bilim, axborot, kasbiy mahorat ustuvor hisoblanadi, xizmat ko‘rsatish sohalari jadal rivojlana 
boshlaydi. Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari bo‘lgan bilan 
bunday jamiyat shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy omillari yetilgan bo‘ladi. Ochiq, erkin 
jamiyat erkin shaxsning shakllanishi uchun bo‘lgan zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs faqat 
ochiq, erkin jamiyatdagina erkin bo‘la olishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikka erishgan, 
demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan davlat va jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi. 
Jamiyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar taxlili shundan dalolat beradiki
jamiyatning sivilizatsiyali taraqqiyoti shaxs rolining tobora o‘sib boruviga olib keladi. Bu hol 
shaxs erkinligi bilan ma’suliyati masalasini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu munosabat bilan 
erkinlikning o‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? Kabi savollarga javob topish lozim bo‘ladi. 
Avvalo Erkin shaxs deganda mustaqil shaxs nazarda tutiladi. Mustaqil shaxs mustaqil fikrlash
ishlash, yashash malakasiga ega bo‘lgan odam.Shaxs mustaqilligini ta’minlovchi eng muxim 
kafolatlaridan biri – insondagi erkinlik va ma’suliyat tuyg‘ularining uyg‘unlashganidir. Erkinlik 
muammosiga faylasuflar o‘z munosabatlarini bildirganlar. Rus faylasufi N.Berdyayevning 
fikricha, erkinlik tufayli inson tanlash, saralash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin faqat tanlashning 
o‘zigina erkinlikni ta’minlab bera olmaydi. Xaqiqiy erkinlik ifodkorlikni taqazo etadi. Inson 
erkinligini ijodkorlikdan, bunyodkorlikdan ajratish mumkin emas.
Deterministik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning obyektiv zaruriyatni anglab olish 
qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik tanlash uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan joyda vujudga 
keladi. Erkinlik insonning o‘z maqsadlariga erishishining muxim omili, uning uchun berilgan 
imkoniyatdir. Erkinlik tushunchasining lug‘aviy ma’nosi kishining o‘z istagi bo‘yicha ish 
ko‘rishdir.Erkinlik, shaxs erkinligi volyuntarizm va fatalizm falsafiy yo‘nalishlarining bosh 
masalasidir. Fatalizm lotincha fatalis – taqdirga oid, degan ma’noni anglatadi. Pifagorchilar, 
Demokrit, Nitsshe fatalizm namoyondalari xisoblanadi. Fatalizm kalom falsafasining eng muxim 
aqidalaridan biridir. Fatalizm xar bir xodisa va insonning barcha xatti-harakatlari taqdiri – azalga 
bog‘liq, deb hisoblaydi. Fatalizm inson xech narsani o‘zgartira olmaydi, barcha narsa, xodisa, 
jarayonlar mazmuni, yo‘nalishi, okibatlari oldindan belgilangan, degan g‘oyani ilgari suradi va bu 
bilan insonni xech qanday faoliyat ko‘rsatmaslikka, passivlikda, qismatga buysundirishga 
chaqiradi.Siyosiy erkinlik xayot kechirish uchun zarur xuquq va erkinliklarning mavjudligi bilan 
xarakterlanadi. Taraqqiy etgan jamiyatda davlat insonning xaq-xuquqlarini kafolatlaydi. Saylash 
saylanish xuquqi, adolatli davlat tizimi, xalqning davlat ahamiyatiga molik masalalarni xal 
qilishdagi ishtiroki, ya’ni demokratik xuquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik 
tushunchasida ifodalanadi. 
Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy xayotida ishtirok 
etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo‘lish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, so‘z 
erkinligi kabilar nazarda tutiladi. Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik 
va ma’suliyat inson faoliyatinnig o‘zaro uzviy bog‘liі ikki tomonini tashkil etadi. Ma’suliyat 
avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. ma’suliyat ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning 
bajarilishi, muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilish bo‘yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi 
javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat ham xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Siyosiy, xuquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs ma’suliyati, jamoa ma’suliyati va x.k. shular 
jumlasidandir. 
Ma’suliyat jamiyat, jamoa, ijtimoiy gurux tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talablar asosida 
shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi uning xatto-harakatlari, faoliyatida 
namoyon bo‘ladi. Shaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muxim o‘rin tutadi. 
Ma’suliyat shaxsining jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay olishni nazarda tutadi. 
Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan, jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini chuqur xis 
eta oladigan inson. Jamiyat xayot iva taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko‘rinishi ekan, 
inson qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat ko‘rsata oladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə