Izochiziqlar yordamidarelyefning tasvirlanishi


Tekisliklarning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#149435
1   2   3   4   5   6
IZOCHIZIQLAR YORDAMIDARELYEFNING TASVIRLANISHI

Tekisliklarning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari
Tekislik fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy va xususiy vaziyatlarda joylashishi mumkin.
Umumiy vaziyatdagi tekisliklar.
Agar tekislik proyeksiyalar tekisliklarining birortasiga parallel yoki perpendikulyar bo’lmasa, uni umumiy vaziyatdagi tekislik deyiladi (4.3,a-rasm). Chizmada umumiy vaziyatdagi tekislikning izlari proyeksiyalar o’qlari bilan ixtiyoriy burchak hosil qiladi. Agar biror P tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan bir xil burchak hosil qilsa, uning PH PH va PV izlari Ox o’qi bilan bir xil burchak hosil qiladi (4.3,b-rasm).

Tekislikning bosh chiziqlari


Tekislikning bosh chiziqlariga uning gorizontal va frontal chiziqlari kiradi.
Tekislikning gorizontali
Ta‟rif. Tekislikka tegishli to’g’ri chiziq H tekisligiga parallel bo’lsa, bu to’g’ri chiziq tekislikning gorizontali deyiladi.
Bunda hP hamda h∥H bo’lsa, h to’g’ri chiziq P tekislikning gorizontal chizig’i bo’ladi.
Chizmada tekislik gorizontalining frontal proyeksiyasi Ox ga parallel, ya‘ni h″∥Ox bo’ladi, tekislik gorizontalining gorizontal proyeksiyasi esa tekislikning PH iziga parallel, ya‘ni h′∥PH bo’ladi (4.4-rasm).

Tekislikning frontali


Tarif. Tekislikka tegishli to’g’ri chiziq V tekisligiga parallel bo’lsa, bu to’g’ri chiziq tekislikning frontali deyiladi.
Bunda fP hamda f∥V bo’lsa, f to’g’ri chiziq P tekislikning frontal chizig’i bo’ladi.

Chizmada tekislik frontalining gorizontal proyeksiyasi proyeksiyalar o’qi Ox ga parallel bo’ladi, ya‘ni f′∥Ox, tekislik frontalining frontal proyeksiyasi esa tekislikning PH iziga parallel, ya‘ni f″∥PV bo’ladi (4.5-rasm).
4 .6-rasmda ab chiziqlar bilan berilgan tekislikning h gorizontal va f frontallarini yasash tasvirlangan.
Umuman, chizmada tekislikning cheksiz ko’p bosh chiziqlarini o’tkazish mumkin. Tekislikning bir nomli bosh chiziqlari (masalan, gorizontallari) hamma vaqt bir-biriga
4.6-rasm parallel bo’ladi. Ammo proyeksiyalar tekisligidan talab qilingan masofada tekislikning faqat bitta bosh chizig’ini o’tkazish mumkin.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə