Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix05.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#115491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Kitob 3194 uzsmart.uz

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish
 
Ma’sul muharrir:
i. f. n. dos. Sattorqulov O. T.
Taqrizchilar:
i.f.d., prof. A. Mamatov
i.f.d., prof. B Salimov
 
 
 
©
Guliston DU, 2006 y. 
 
 
 



Kirish 
 
Iqtisodiyot ma’lumki o’z ob’ektini o’rganish jihatidan mikro va makro 
darajadagi iqtisodiyotga bo’linadi. Mikroiqtisodiyot milliy iqtisodiyotning tashkil 
etuvchilari bo’lmish iqtisodiy birliklar korxonalar va alohida uy xo’jaliklarining 
bozordagi o’zaro iqtisodiy munosabat-larini tahlil etsa, makroiqtisodiyot milliy 
xo’jalik miqyosida iqtisodiy tahlil yuritadi. Makroiqtisodiyot tahlil etuvchi asosiy 
iqtisodiy muammolar qatoriga, milliy iqtisodiyotda ishsizlik, inflyasiya, makro- 
iqtisodiy barqarorlik, makroiqtisodiy nobarqarorlik muammolarini kiritish 
mumkin. 
Birinchidan, makroiqtisodiyot - bu oddiy quyi xo’jalik bo’g’inlarining 
mexanik yig’indisi emas. U barcha xo’jalik elementlarini yaxlit tizimga keltiruvchi 
mustahkam aloqalar umumiyligini ifoda etadi. 
O’zaro yaqinlashtiruvchi munosabatlar tizimiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
a) ishlab chiqarishning yirik tarmoqlari, sohalari o’rtasidagi umumiy mehnat 
taqsimoti: 
b) ishlab chiqarishning yirik tuzilmaviy bo’linmalarning kooperasiya-lashuvi: 
v) yagona iqtisodiy kenglikni tashkil etuvchi, milliy bozor. 
Bunday integrasiyalashuvning natijasida milliy xo’jalik deb atash qabul 
qilingan makrotizim tashkil topadi. Ikkinchidan, makroiqti-sodiyotning moddiy 
asosi bo’lib, milliy boylik hisoblanadi. 
Milliy boylik
- tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish va insonlar
hayotini ta’minlashning zaruriy shartlarini tashkil etuvchi, mamlakat resurslarining 
umumiyligidir. Zamonaviy statistik tasavvur-larga ko’ra, Milliy boylik tarkibiga 
quyidagilar kiradi: a) nomoliyaviy ishlab chiqarish aktivlari (asosiy fondlar, 
moddiy aylanma mablag zahiralari, qimmatliklar):

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə