Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy texnik va patent axboroti Reja



Yüklə 24,48 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü24,48 Kb.
#161357
1   2   3
Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti

Ratsionalizatorlik — texnika vositalari, i.ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanish. R.ning ixtirochilikdan farqi (qarang Ixtiro) shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, R. aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Masalan, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi Rasionalizatorlik takliflari zavodlarda, korxonalarda beriladi Agar takliflar korxonalar uchun
yangilik bo’lib, ko’prok foyda keltirsagina rasionalizatorlik taklifi deb tan olinadi.
rasionalizatorlik takliflari: buyumning konstruksiyasini, ishlab chiqarish
texnologiyasini, materiallar tarkibini o’zgartiish haqida bo’lishi mumkin.
Rasionalizatorlik ko’p qirrali muammodir va shu bilan birga iqtisodiydir.
rasionalizatorlik taklifi ham ixtiro singari aloxida belgilarga, talablarga javob berishi
shart. Birinchidan, taklifning texnik yechim bo’lishi shart. Ikkinchidan, yangilik
belgisiga javob berishi kerak. Uchinchidan, taklif foydali bo’lishi kerak.
Rasionalizatorlik taklifi maxsus bosma kogozda yozma ravishda beriladi. Arizada
taklifning nomi, avtorlari ko’rsatiladi. Arizani bulimlarida taklifning maqsadi va
iqtisodi to’g’risida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari arizaga sxemalar, chizmalar,
yeskizlar tirkab kuyiladi. Ariza korxona nomiga beriladi. Bordiyu taklif bir necha
korxona uchun ham foydali bulsa, u holda ariza ana shu korxonlar qaraydigan
vazirlikka beriladi. Muallif uchun (iltimosiga kura) ma’lumotnoma yoki guvoxnoma
beriladi va maxsus jurnalda belgilab kuyiladi.

Rasionalizatorlik takliflari – bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik


vazifalarni echishga, ya’ni ma’sulotning loyixasini ishlab chiqarish texnologiyasini,
foydalanilayotgan texnikaning yoki materiallarning xossasini o’zgartirishga qaratilgan
bo’ladi. rasionalizatorlik ko’p qirrali muammo bo’lib, ko’proq iqtisodiy masalalarni xal
etishga qaratilgan. rasionalizatorlik fikrlar ma’lum talablarga javob berishi kerak:
birinchidan, texnik yechimga ega bo’lishi, ikkinchidan, yangilik bo’lishi uchunchidan
foydali bo’lishi kerak.
Rasionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. rasionalizatorlik fikrlar
qaysi korxonaga tegishli bo’lsa shu korxonaning IRJ ga ariza beriladi. Agarla fikrlar boshqa
korxonalarga tegishli bo’lsa vazirlikka beriladi va ro’yxatga olinadi.
Patent hujjatlari. Patent axborot.
Ilmiy – texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog’liq.
Xalq xo’jaligining barcha soxalari bo’yicha har yil yangiliklar soni birqancha ko’payadi.
Zarur bo’lgan axborotlarni yig’io’ juda murakkab ish. Shuning uchun xozirgi kunda tabiatni
bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi foydalanishi katta
ahamiyatga ega. Xozirgi davrdakashf yetilgan yangiliklar bo’yicha axborotlar saqlash,
ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari axtarilmoqda, har bir davlatda ilmiy – texnik
axborotlar bo’yicha maxsus tashkilotlar to’zilgan, ularning vazifasi fan, texnika va ishlab
chiqarishni rivojlantirishga omil bo’lib hisoblanadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion rivojlantirish strategiyasi yig'ma axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida» qaror loyihasining muhokamasi o'tkazildi. Unda vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik birlashmalari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo'lgan yirik tashkilotlarning innovatsiyalarni joriy (Chief Innovation Officer) bo'yicha rahbar o'rinbosarining, shuningdek, respublikadagi barcha ilmiy tashkilotlarning xodimlari, etakchi olimlari va akademiklari ishtirok etdi.

Muhokamada Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi bo'yicha respublikamizdagi 180 nafardan ortiq ilmiy tashkilotlarning xodimlari, etakchi olimlar va akademiklarning fikr-mulohazalari hamda takliflari eshitildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi qarori loyihasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida» 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097–son Farmoniga 2-ilova bilan tasdiqlangan «Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini 2020 — 2022 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ning 36-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyiha bilan ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish bo'yicha Respublika komissiyasi tashkil qilish, uning tarkibini tasdiqlash va uning asosiy funktsiyalarini belgilash, nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi O'zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatini tashkil qilish ko'zda tutilgan.

Shuningdek ilm-fan va innovatsiyaga ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo'linma lavozimlariga ishga qabul qilishda ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga (nomzodlarga) ustunlik berilishi tavsiya etiladi.

Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig’indisi bo’lib, unda:


ilmiy – texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik
ishlanmalarining maxmuni kashf qilinganligi, foydali modeli
hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi
ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket,
korxona maxsulotini ro’yxatga olinganligi haqida
guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent
axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov
berish tushuniladi. Patent hujjatlari ilmiy – texnik yutuqlari
oxirgi 100-200 yilligi petent fondlarida saqlanadi.
Adabiyotlar:



  1. «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari» to‘g‘risidagi qonun. O‘zbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyatining Respublika kengashi rasmiy xujjatlar to‘plami. 2 son 1994y 4-28 b.

  2. Pravila sostavleniya podachi zayavok na izobreteniya i polezno‘e moduli. T., 93.

  3. Vachevksiy M.A. Osnovo‘ ratsionalizatorskoy i izobritatelskoy raboto‘. Kiev 88.

  4. To‘raqulov X.A. Sharpov S.Sh. Talabalra ixtirochilik ijodkorligini rivojlantirish. Uslubiy tavsiyanoma Jizzak 98.

Yüklə 24,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə