Itimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti


Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü19,52 Kb.
#139674
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Shaxsning malaka va odatlari-azkurs.org

Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi. Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) bo’ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.


Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə