1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA
PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI
JIZZAX VILOYATI “ISTIQLOL AVLODI”
IJTIMOIY-IQTISODIY,
HUQUQIY QO’LLAB-QUVVATLASH MARKAZI
.
“TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing
dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).
“Xalq ta’limi tizimidagi o‘quvchi va pedagoglarning
hayotiy hamda psixologik bilim-ko‘nikmalarini oshirish
mexanizmlarini yaratish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan
Toshkent-2022 yil
2
Tuzuvchi-muallif:
Kamalova Nazifa Mirzaliyevna
Takrizchi:
X.Usmanova
Psixologiya fanlari nomzodi
“Teng-tengga” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi
(tengdoshlar darajasi) nomli uslubiy qo‘llanmasiga
TAQRIZ
Mazkur “Teng-tengga” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi
(tengdoshlar darajasi) nomli uslubiy qo’llanmasi “Xalq ta’limi tizimidagi o’quvchi va
pedagoglarning hayotiy hamda psixologik bilim-ko’nikmalarini oshirish mexanizmlarini
yaratish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Qolaversa, mazkur uslubiy qo'llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-
yil 6-noyabrdagi “O'zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim va tarbiya sohalari va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida”gi PF-6108-sonli farmonida
ko'zda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan, ya’ni milliy ta’lim-tarbiya tizimini zamon
talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy
va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va
pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish yuzasidan bir qator muhim masalalarni yechimiga bag‘ishlangan.
“Teng-tengga” – zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi
(tengdoshlar darajasi) nomli uslubiy qo'llanmada 10 ta dars ishlanmasi va 3 ta
so'rovnoma keltirilgan.
Mazkur uslubiy qo'llanmada “Xavfsiz hudud”, “Chegaralar”, “O'z chegaralaringizni
biling”, “Men" va "Biz", “Muloqot ko'nikmalari”, “Muloqot ko'nikmalari - SPICH”,
“Buzilgan telefon”, “Do‘stimga qo'ng‘iroq”, “Men kimman?”, “Nizolarni hal etish”,
“Tengdosh-tengdoshga: tengqurlar orasidagi nizolarga aralashish, yarashtirib qo'yish”,
“Yarashtirib qo'yish”, “Nizo paytida yordam berish”, “Nizoli vaziyatda o'zini tutish
qoidalari”, "Maktab zo'ravonligi ishtirokchilarining motivlari va harakatlari", “Mana men
qanaqaman!”, "Tanlash", "To'rt burchak", “Aqliy hujum”, “Sortlash”(tartibga solish),
"Halokatga uchragan kema" kabi psixologik treninglar ishlanmalari keltirilgan.
Shuning bilan birga mazkur metodik qo'llanmada tuzatilishi lozim bo'lgan o'rinlar
mavjud:
1. Uslubiy qo'llanmani mundarijasini yaratish lozim.
2. Uslubiy qo'llamada keltirilgan yangi terminlar uchun, qo'llanmani oxirida
glossariy keltirilishi kerak.
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini keltirish lozim.
Xulosa qilib aytganda, uslubiy qo'llanmani talablar darajasida qayta tayyorlash lozim,
qo'llanmada “Teng-tengga” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining mazmun -
mohiyati ochib berilmagan, umumiy ma’noda mazkur dasturning maqsadi, vazifalari,
ta’limiy ahamiyati yoritilmagan, shu sababli, mazkur uslubiy qo'llanmani qayta ko'rib
chiqib, yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilgandan so'ng nashrga tavsiya etish
mumkin deb hisoblayman.
O‘quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirish
va
psixologik-pedagogik
respublik
tashxis
markazi tasarrufidagi Kadrlarni malakasini
oshirish va qayta tayyorlash markazi rahbari
Psixologiya fanlari nomzodi X.Usmanova