Issn: 2181-3906 2023 International scientific journal «modern science аnd research»



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#126695
1   2   3   4
ISSN: 
2181-3906 
2023

International scientific journal
 
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
 

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
 
377
yaxshilash, ishni tartibga solish, qisqa muddatli tanaffuslar qilish, shu bilan birga ko‘p malaka 
talab qilmaydigan konveyrlarda ishlovchilarning ma’lum vaqt o‘tganda bir operatsiyadan ikkinchi 
operatsiyaga ko‘chirish lozim [4]. 
Korxonalarda xavfsiz mehnat sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etilishi ishchi- xodimlarni 
intizomli bo‘lishiga va bu o‘z navbatida mehnat unumdorligini oshirishiga, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz xodisalarni, asbob uskunalarni buzilishlari va boshqa ko‘zda tutilmagan xolatlarning 
kamayishiga va oxir oqibatda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga va korxonaning 
barqarorligiga olib keladi [2]. 
Mehnat jarayonida, faoliyat turiga xos bo‘lgan shikastlash omili ta’siri maydonida 
(«xavflar maydonida») mavjud bo‘ladi. Chunki ishchi shikastlash omili ta’siri maydonida ya’ni 
«xavflar maydonida» bo‘lgan haftada, kunda, soatda shikastlanishi mumkin [4]. 
Ishlovchi xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga 
molik bo‘lgan muhim vazifadir [1]. 
Gigiyenik baholash mezonlariga asoslangan mehnat sharoitlarining 4 ta sinfiga oid 
tasnifidan ma’lumki, zararligi bo‘yicha mehnat sharoitlaridagi ish joylarida doimiy faoliyat 
yurituvchi ishchi-xodimlar tanasida qayta tiklanmaydigan funksional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, 
mehnat qobiliyati pasayadi, shuningdek kasb kasalliklarining yuzaga kelish ehtimoli ortadi. 
Shundan kelib chiqib bunday zararli mehnat sharoitlarda faoliyat yurituvchi xodimlarga, 
vaqtinchalik chora-tadbirlar sifatida ustama haq to‘lash (kompensatsiya), ish o‘rniga mos bo‘lgan 
kafolatlar va preferensiyalar beriladi. Ammo vaqtinchalik chora-tadbirlar xodimlarni kasb 
kasalliklariga chalinish ehtimolini kamaytirmaydi, faqatgina ularni sog‘lig‘ini yo‘qotilishiga mos 
moddiy kompensatsiya hisoblanadi va o‘rnatilgan yoshdan 5 yil oldin nafaqaga chiqish imtiyozini 
beradi. Mehnat muhofazasi sohasi faoliyatining asosiy maqsadi esa yo‘qotilgan sog‘liq uchun 
ishchi-xodimga moddiy tovon to‘lash emas, balki mehnat jarayonida insonlar xavfsizligi, hayoti va 
sog‘lig‘i, ish qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda vositalardan iboratdir. 
Mehnat muhofazasi amaliyotida uni ta’minlashni bir necha tamoyillari va usullaridan 
foydalaniladi. Tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar va vositalar ushbu 
tamoyillar va usullar doirasida yaratilgan. Tamoyillar va usullarni konstruktiv, tashkiliy va moddiy 
amalga oshirish mehnatni muhofaza qilishning ifodasidir. Mehnatni muhofaza qilishning 
yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy va boshqaruv tamoyillariga ajratish mumkin. Texnologiyani 
o‘zgartirish, zararli moddalarni xavfsiz moddalarga almashtirish, xavfsiz uskunalardan foydalanish 
va mehnatni ilmiy tashkil qilishni takomillashtirish orqali zararli va xavfli omillarni yo‘q qilishni 
nazarda tutuvchi g‘oyalarga yo‘naltiruvchi tamoyillardir. Odamni masofadan himoya qilish
ma’lum darajada xavfsizlikni ta’minlaydigan, inson va xavf manbai o‘rtasida shunday masofani 
belgilash, xavf manbai bilan odam o‘rtasida to‘siq o‘rnatish orqali xavfdan himoyalanishni 
kafolatlash texnik tamoyillardir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə