|
Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 866 tarmoqdagi internet protockol (IP) manzillariRadjabova часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
870
barcha boshqa xostlar paketni oladi. Broadcast manzili
tarmoq diapazonidagi eng yuqori
manzildan foydalanadi. Adress qismi hammasi 1 dan iborat bo’ladi.
Statik IPv4.
Qurilmalarga IP manzilini statik yoki dinamik tarzda belgilash mumkin.
Tarmoqlarda ba’zi qurilmalar
qat’iy IP
manzilni talab qiladi. Masalan, printerlar,
serverlar va tarmoq qurilmalari o’zgarmas IP manzilga muhtoj. Shu sababli, ushbu
qurilmalarga odatda statik IP-manzillar tayinlanadi.
Xostni statik IPv4 manzili bilan ham sozlash mumkin. Xostlarga statik IP manzillarini
tayinlash kichik tarmoqlarda qabul qilinadi. Biroq, katta tarmoqdagi har bir xostga statik
manzillarni kiritish ko’p vaqt talab qiladi, hamda har bir qurilmaga tayinlangan statik IP
manzillarning aniq ro’yxatini saqlash ham kerak bo’ladi.
Dinamik IPv4
. Ko’pgina ma’lumotlar tarmoqlarida xostlarning eng katta
populyatsiyasiga shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, printerlar va IP
telefonlar kiradi. Bundan tashqari, ko’pincha foydalanuvchi populyatsiyasi va ularning
qurilmalari tez-tez o’zgarib turadi. Har bir qurilma uchun IPv4 manzillarini statik ravishda
belgilash amaliy bo’lmaydi. Shu sababli, ushbu qurilmalarga IPv4 manzillari
Dynamic Host
Configuration Protocol (DHCP)
yordamida dinamik ravishda beriladi.
Bunda xost IPv4 manzil ma’lumotlarini avtomatik ravishda olishi mumkin. Xost DHCP
mijozidir va DHCP serveridan IPv4 manzil ma’lumotlarini so’raydi. DHCP serveri IPv4
manzili, subnet maskasi, defaulte gateway va boshqa konfiguratsiya ma’lumotlarini
taqdim etadi.
DHCP odatda katta tarmoqlardagi xostlarga IPv4 manzillarini tayinlashning afzal
usuli hisoblanadi. DHCP ning qo’shimcha afzalligi shundaki, manzil doimiy ravishda xostga
tayinlanmaydi, faqat ma’lum bir muddatga “ijaraga” beriladi. Xost o’chirilgan yoki
tarmoqdan uzilgan bo’lsa, manzil qayta foydalanish uchun qaytariladi. Bu xususiyat,
tarmoqqa kelib-ketadigan mobil foydalanuvchilar uchun foydalidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|