Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti


Qo’shilgan qiymat solig’ining stavkalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə23/64
tarix24.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#97793
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
portal.guldu.uz-SOLIQLAR va SOLIQQA TORTISH

Qo’shilgan qiymat solig’ining stavkalari.

O’zbekistonda qo’shilgan qiymat solig’ining stavkasi 1992 yilda 30 foizni tashkil qilgani holda, bugunga qadar bir necha marta o’zgartirildi. Jumladan, 1996 yilda 17 foizni, 1997 yilda 18 foizni, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari turlariga (un, non, go’sht va sut mahsulotlari) esa kamaytirilgan 10 foizli stavka belgilandi. 1999-yilda respublikada qo’shilgan qiymat solig’ining 3 xil stavkasi (20 foiz, 15 foiz va nol foiz) amalda qo’llanilgan. Faqat 3 ta band, ya’ni eksport, qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun qishloq xo’jalik korxonalariga beriladigan mineral o’g’it va yoqilg’i moylash materiallari hamda diplomatik vakolatxonalar va unga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilinadigan tovar (ish va xizmat)lar nol stavka bo’yicha soliqqa tortilgan. 15 foizli qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi esa un, non, go’sht, sut va sut mahsulotlari hamda import qilinadigan tirik mol va bug’doy kabi mahsulotlarga nisbatan belgilangan.


2000-yildan hozirgi kungacha respublikamizda 20 foizli va nol foizli stavka qo’llanilib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2699-sonli qroriiga muvofiq 2016 yilda ham qo’shilgan qiymat solig’ining stavkast 20 foiz saqlab qolindi.


Nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan oborot.
Tovarlarni eksport qilish
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.
Tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqish tovarlar eksportidir.
Soliq Kodeksning 213-moddasiga muvofiq tovarlarning eksport qilinganligi tasdiqlanmagan taqdirda, mazkur tovarlarni realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə