Ишчи ўқув дастур



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix11.12.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#146910
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
1Tibbiy kimyo ishchi daftar 2023-2024 (2)

seruloplazmin 
deb ataladi va u jigarda 
sintezlanib, shundan so‘ng qon tarkibiga o‘tadi. Mis ionlari qator fermentlar 
(ishqoriy fosfotaza, so‘lak amilazasi, lipazalar va h.k.) tarkibidagi SH—guruhlari 
bilan ta’sirlashib kompleks hosil qiladi va ferment faolligini kamayishiga olib 
keladi. Ozuqa mahsulotlari tarkibida mis mo‘l bo‘lishi ularda B1 vitamin 
miqdorining ortishiga va organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishiga olib keladi. 
Shu bilan bir qatorda organizmdagi misning miqdori ortishi vitamin C ning 
kamayishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab mis askorbinoksidaza fermenti 
(vitamin C ni oksidlovchi ferment) tarkibiga kirib, uning faolligini orttirib 
yuborishidir. O‘z navbatida vitamin A ning miqdorini ortishi mis va 
askorbinoksidazaning faolligini pasayishiga olib keladi. Mis qon hosil bo‘lish 
jarayonida ishtirok etadigan elementdir. U eritrotsitlar tarkibiga kirib, ularning 
yetilishiga va gemoglobin sinteziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda mis ta’sirida 
temirning almashinish jarayonlarining faollashuvi kuzatiladi. Mis organizmdagi 
karbon suv almashinuviga ta’sir etadi. Masalan, qand kasalligi bilan og‘rigan 
bemorlarga 2,5 mg CuSO
4
·5H
2
O berilganda ularning qoni va siydigidagi qand 
miqdorining kamayishi kuzatiladi. Tibbiyotda CuSO
4
·5H
2
O ning 0,25% suvli 
eritmasi antiseptik modda (kon’yunktivitlarda) sifatida ishlatiladi. Uning 1% li 
eritmasi kam qonlikda qo‘llaniladi. Ba’zan bu tuz viteligo (pes) kasalligini 
davolashda qo‘llanilishi mumkin. Rux. Uning turli a`zo va to‘qimalardagi miqdori 
o‘zaro farqlanadi. Masalan, uning qondagi miqdori 0,8-0,9 mg% ni tashkil qilib
shundan 35% qizil qon tanachalarida (eritrotsitlarda), 12% - qon zardobida, 3% esa 
oq qon tanachalarida (leykotsitlarda) saqlanadi. Qon zardobidagi rux ionlarining - 
34% globulinlar bilan, qolgan miqdori esa oqsillar bilan beqaror birikkan bo‘lib 
shu holda tashiladi. Organizmga tushgan rux ionlari 3 soat ichida ko‘p miqdorda 
oshqozon osti bezi, jigar va buyraklarda yig‘iladi va shundan so‘ng boshqa a`zo 
hamda to‘qimalarga tarqaladi. Ichki sekretsiya bezlarining shu jumladan jinsiy 
bezlarning faoliyati ko‘p hollarda rux ionlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
gipofizning gonodatrop gormoniga rux ionlarining qo‘shilishi gormon ta’sir 
effektini 40-50 barobar ortishiga olib keladi. 
Rux. 
Rux insulin gormoni tarkibiga kirib, uning gipoglikemik ta’sirini oshiradi. 
Qand kasalligida siydik orqali organizmdan chiqib ketadigan rux miqdori 



Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə