|
Ishchi kuchi migratsiyasiN.A.Imomova O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
18-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.04.2023
Vertikal mobillik (davlat tomonidan yaratiladigan qulay huquqiy kafolatlar,
institutlashuv hamda maqbul iqtisodiy shart-sharoitlar) o‘z o‘rnida yuqoriga va pastga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yuqoriga yo‘naltirilgan sotsial ko‘tarilish, yuqoriga harakatni, pastga
yo‘naltirilgan-sotsial tushish, pastga harakatni anglatadi.
Gorizontal (sohalararo integratsiyalashuv) sotsial mobillik individning bir sotsial
qatlamdan shu darajada joylashgan boshqa sotsial qatlamga o‘tishini anglatadi.
Mobillikning bu turi yashash joyi (migratsiya)ni, boshqa diniy guruhga (dinini
o‘zgartirishi va h.k.) bildiradi.
Vertikal sotsial mobillik bir stratadan boshqasiga o‘tishni nazarda tutadi. Vertikal
sotsial mobillik hayot davomida insonning yuqori statusni quyiga, quyi statusning yuqori
darajadagisi bilan almashishidir. Masalan, usta-ta’mirlovchining kompaniya rahbari
darajasiga ko‘tarilishi yoki teskari jarayon.
P.Sorokin sotsial mobillikni har qanday (sanoatlashgan) industrial jamiyatning
daromadi mansab qatlamlariga bo‘linishi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqdi.
Sotsialogiyadagi sotsial mobil nazariyasi oraliq generatsion va ichki generatsion
harakatchanlikning ko‘rsatgichlarini hisoblash uchun juda nozik apparat foydalanadi.
Sotsiologik adabiyotda sotsial mobil tushunchasi har qanday qatlamlarga bo‘lingan
marksistik sinflar nazariyasiga alohida urg‘u berish uchun qo‘llanadi.
Rossiyalik olim V.A.Ionsevning fikriga ko‘ra, «Migratsiya aholining takror
ko‘payishiga bevosita ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ya’ni demografik jarayon sifatida faqatgina
ko‘chishlar yoki qaytmaydigan migratsiya shaklida yuzaga chiqishi mumkin va ushbu
shaklda u demografiya predmetiga bevosita kiradi»
141
.
1.1.-jadval
Dostları ilə paylaş: |
|
|