Reja: Qo‟l to‟pi o‟yin kelib chiqishi va rivojlanishi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#145561
  1   2   3   4   5
QO\'L TO\'PI O\'YININING KELIB CHIQISH TARIXI


QO'L TO'PI O'YININING KELIB CHIQISH TARIXI
Reja:


1. Qo‟l to‟pi o‟yin kelib chiqishi va rivojlanishi
2. Qo‟l to‟pi o‟yini maydon o‟lchamlari.
3. Qo‟l to‟pi o‟yini qoidalari.


Qo„l to„piga 1898 yilda asos solingan deb hisoblanadi. Ordrupe shahridagi
gimnaziyalardan birining o„qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan.
qizlar uchun ham mos keladigan o„yinni yaratdi. To„pni uzatish va otish qo„l bilan
bajarilishini taklif qildi va bu o„yinga “Xandbol” deb nom berdi.
Bu o„yin katta futbol maydonida o„ynalishi, bu maydon o„yinchilarida katta
jismoniy tayyorgarlik talab qilardi. O„yinda 10ta o„yinchi va 1ta darbazobon
ishtirok etadi. Bir paytning o„zida 11:11 va 7:7 o„yin variantlari o„ynaladi.
1904 yili birinchi bo„lib Daniya qo„l to„pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili
Kopengagen shahrida qo„l to„pi o„yininig dastlabki qoidalari nashr etiladi. Ushbu
qodalar muallifi X. Nilson hisoblanadi. Qo„l to„pi o„yini tezda butun jahonga
tarqab ketdi. Ovropa mamlakatlarida qo„l to„pining rivojlanishi natijasida 1928
yilda Umumjahon havaskorlar gandbol federatsiyasi tashkil topdi va shu yili
Pragada xotin - qizlar o„rtasida turnir o„tkazildi.
1934 yilda birinchi xalqaro qo„l to„pi musobaqa qoidalari ishlab chiqildi.
1936 yilda o„tkazilgan Olimpiada o„yinlarida qo„l to„pi o„yinini
11: 11 varianti bo„yicha musobaqa o„tkazildi. 1938 yili bir paytning o„zida
Germaniyada 11:11 va 7:7 variantlari bo„yicha musobaqa o„tkazildi. 1950 yildan
boshlab qo„l to„pini 7:7 varianti o„ynab kelinmoqda. Qo„l to„pi bo„yicha erkaklar
o„rtasida 1- jahon chempioanati 1970 yilda o„tkazilgan bo„lib, 1- o„rinni Ruminiya,
2- o„rinni GDR, 3- o„rinni YUgoslaviya terma jamoalari egallaladilar. Ayollar
o„rtasida 1- jahon chempionati 1971 yilda o„tkazilgan bo„lib, 1- o„rinni GDR, 2-
o„rinni YUgoslaviya, 3- o„rinni sobiq ittifoq terma jamoalari egallagan.
1972 yil Myunxenda o„tkazilgan XX Olimpiada o„yinlarida qo„l to„pi erkaklar
o„rtasida dasturga kiritildi. 1- o„rinni YUgoslaviya, 2- o„rinni sobiq ittifoq , 3-
o„rinni Ruminiya terma jamoalari egalladi.
1976 yilda o„tkazilgan Monreal Olimpiada o„yinlar dasturiga ayollar o„rtasida
qo„l to„pi musobaqalari kiritildi. 1-o„rinni sobiq ittifoq , 2- o„rinni GDR, 3- o„rinni
Vengriya terma jamoalari egalladi.
Xozirgi kunda Xalqaro qo„l to„pi federatsiyasiga 123 davlat a‟zo bo„lib, jami
7 milliondan ortiq kishi qo„l to„pi bilan shug„ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million
shug„ullanuvchi MDH mamlakatlari qo„l to„pi ixlosmandlaridi .

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə