Ish sinflarda sinfdan tashqari ishlar chirchiq davlat pedagogika universiteti


Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega



Yüklə 220,62 Kb.
səhifə2/5
tarix28.04.2023
ölçüsü220,62 Kb.
#107544
1   2   3   4   5
1-mavzu STI bbb

Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega:
O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak.
Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sinfning hamma o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot shaklida o‘tkazish maqul.
Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi.
Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim.
  • Uning birinchisi dastur materialini o`zlashtirishda orqada qoladigan o`quvchilar bilan ishlash, bunga qo`shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi.
  • Ikkinchisi, matematikani o`rganishga qiziquvchi o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlar.

  • Ma‘lumki , birinchi tur mashg`ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg`ulotlarni 3-4 o`quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
    Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko`proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
    1. O`quvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uyg`otish;
    2. O`quvchilarning matematikadan dastur bo`yicha bilimlarini kengaytirish;
    3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;
    4. O`quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o`rgatish;
    5. O`quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
    6.Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshirishga to`g`ri keladi.

Yüklə 220,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə