SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 7
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1307
IRODA BORASIDAGI NAZARIYALAR
Durdona Bahodir qizi Sag’dullayeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada “Insonning aqliy faoliyatida iroda tushunchasi”
va irodaning
inson faoliyati davomida tutgan oʻrni, hayotiy tajribalari, nutqiy faoliyatida irodaning
ahamiyati yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar:
Iroda, maqsadga erishish, Arastu, irodaning shakllanishi, ruhiy
olamni shakllantirish.
Iroda – odamning o’z faoliyati va psixik jarayonlarini o’zi boshqarishda namoyon
bo’ladigan qobiliyatdir. Inson faoliyatining barcha turlari
va har qanday mehnat
kishidan mustahkam irodani talab qiladi.
Iroda – tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan; kimdir uni to’g’ri
so’zlamoq bilan yana kimdir oddiygina parhez bilan. Aslida iroda insonning ongdagi
faoliyat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo’riqlarini
oldindan
aniqlab bir qarorga kelishda, qarorlarni to’g’ri va erkin ijro etishda va maqsadlarga
erishishda namoyon bo’ladi.
Iroda har kimning aqliy faoliyatiga qarab turlicha shakllanadi.
Aql bilan idrok
qilganda bizga berilgan nutqimidan to’g’ri foydalanib rost so’zlamoq ham iroda,
insonlarni to’g’ri tanqit qilmoq ham iroda, bir – birimizga
ishonmoq va mana shu
ishonch ila shakllanmoq ham iroda. Iroda haqida bahs ketganda kimdir uni miyada
joylashgan desa yana kimdir uni qalbda deydi. Aslida, iroda bizning butun boshli
jismimizda joylashib, bizning aqlimimizni, ongimizni, kuchimizni, ruhiy quvvatimizni,
jahlimizni hatto-ki nutqimizni ham o’z qolibiga solib boradi.
Iroda bu hayotda
shuningdek, maqsad sari yetaklovchi yo’llardagi qarama – qarshiliklarni bartaraf
etishda, o’z-o’zini idora qilishda, axloqiy olamni shakllantirishda kishiga katta yordam
beradi.
Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga emas qandaydir ilohiy kuchga
bog’liq. Shuning uchun ham iroda o’z mohiyatiga jihatidan doim erkindir. Inson
muammolariga e’tibori ortishi bilan irodani o’rganish ham dolzarb muammoga aylanib
bormoqda. Bu hayotning issiq yozi-yu sovuq qishiga birdamlik bilan yashamog’imiz
ham iroda bo’lmish aqliy hilqatning belgisidir. Inson bu yorug’ dunyoga kelar ekan har
kuni
yangi holat, har kuni yangicha olam bilan tanishadi. Jismimiz bilan birgalikda
ruhiyatimiz, dunyo qarashimiz, insonlarga nisbatan
muomilamiz har tomonlama
yuksaladi.