Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI KO'RSATKICHLARI



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə2/16
tarix28.02.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#101673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
mavzularrrrrrrrr

ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI KO'RSATKICHLARI
REJA:
Kirish

1. Ishlab chiqarish omillari, tarkibi va imkoniyatlari


2. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
3. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning kо‘rsatkichlari
4. Ishlab chiqarishni takrorlanib turishi
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning kо‘rinishini о‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan о‘zaro ma’lum munosabatda bо‘ladilar.
Mehnat jarayoni — bu kishilarning aqliy va jismoniy kuch-qobiliyatlarini aniq maqsadni kо‘zlagan holda va yaratuvchilik yо‘lida sarflanishidir. Shu sababli aql-idrok va kuch-quvvatni behuda sarflash mehnat bо‘lmaydi, chunki bunda hech narsa yaratilmaydi, kishilarga hech bir naf tegmaydi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun о‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat о‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ehtiyojlar turi qancha kо‘p bо‘lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni о‘rganish oson bо‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalariga bо‘linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat kо‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar kо‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir kо‘rsatadi.
Milliy ishlab chiqarish uch sektorga bо‘linadi:

  1. Industrial sektor. Bunga sanoat, qurilish va kommunikatsiya (transport, aloqa) kiradi.

  2. Agrar sektor. Buni qishloq xо‘jaligi tashkil etadi

  3. Xizmat (servis) sektori. Buni aholiga, korxonalar va muassasalarga xizmat kо‘rsatuvchi sohalar tashkil etadi(savdo,ovqatlanish,madaniy va maishiy xizmat, tayyorlov,ta’minot, uy-joy kommunal xо‘jaligi va bosh.)

Bu sektorlar ishlab chiqarishda turli rol о‘ynaydi va bu iqtisodiy salohiyatga bog‘liq bо‘ladi. Iqtisodiyot rivojlangan sari industrial sektor

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə