Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 94,44 Kb.
səhifə1/14
tarix12.05.2023
ölçüsü94,44 Kb.
#109997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi33


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
IJTIMOIY VA TEXNIKA FAKULTETI

IQTISODIYOT NAZARIYASI”


fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli va uning o’ziga xos xususiyatlari.

Bajardi: _______ ________ guruh talabasi ____________________________
(imzo) ( Ism, familya, sharifi)


Kurs ishi himoya qilingan sana “___” _________________ 2023 y.
Baho “___” _____________
Ilmiy rahbar: ___________ _________________________
(imzo) ( Ism, familya, sharifi)
Komissiya a’zolari: ___________ _________________________
(imzo) ( Ism, familya, sharifi)
___________ _________________________
(imzo) ( Ism, familya, sharifi)
Buxoro-20223 yil

MUNDARIJA
KIRISH
I BOB: Bozor iqtisodiyoti mohiyati va mazmuni.

    1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi.

    2. Bozor iqtisodiyoti xususiyatlari va unga o'tish yo'llari.

    3. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.

II BOB: O'zbek modelining xususiyatlari.
2.1. O'zbek modeli va uning asosiy islohotlari.
2.2. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi.
2.3. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari.
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

Kirish.
Kurs ishining umumiy tavsifi.
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uningafzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tishkerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqaiqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrningmazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi. O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayonqilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari vaxususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish- ningmazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarinitahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuniiqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatgatuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdaniboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotigao'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdano'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalgaoshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y berganmuhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadanko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki buvaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A. Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zitartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish vaboshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ningsifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li-ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozoriqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar.
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.
O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi.
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan normalar majmui.
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida tashkil qilinadi.
Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm.
2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.


Yüklə 94,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə