Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari Savollarga javob yozing



Yüklə 368,36 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.05.2023
ölçüsü368,36 Kb.
#108927
Iqtisodiyot fanidan mustaqil ish



Iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ta’lim 
topshiriqlari 
 
Savollarga javob yozing 
 
1.
 
Ish haqining iqtisodiy mazmunini ifodalang? 
2. Naflilik funksiyasi va uni maksimallashtirish qoidasi nima? 
3. Befarqlik egri chizig’i va uning o’zgarishini izohlang. 
4.Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish 
xarajatlarining o’zgarish tamoyillarini yoritib bering. 
Masalalarni yeching 
 
 1-masala.
Agar biror mahsulotga bo‘lgan talab funksiyasi D(P)=200-0,5
𝑃
2

ko‘rinishida bo‘lib, taklif funksiyasi S(P)= 23/3P+0,25
𝑃
2
ko‘rinishida bo‘lsa, u
holda shu mahsulotning bozordagi muvozanat bahosi qanday bo‘ladi? Bu yerda
P-mahsulot bahosi.
2-masala. 
Agar korxonaning o‘zgarmas xarajati 200 p.b. ga teng bo‘lib, ishlab 
chiqarishning hajmi 100 birlikni tashkil qilsa, u holda o‘rtacha o‘zgarmas xarajat 
qanday bo‘ladi?
3-masala. 
Aytaylik, iste’molchini byudjeti 10000 so’m. U bozordan go’sht xarid 
qilmoqchi. Qo’y go’shtini 1kgsi 25000 so’m, molniki esa 2000 so’m. Agar puli 1500 
so’mga ko’paysa yoki aksincha 5000 so’mga kamaysa xaridor o’z pulini go’sht olish 
uchun qanday sarflashi mumkin. Uni mumkin bo’lgan variantlarini ko’rsating. 
Grafikda tasvirlang. 


Savollarga javob quyidagilardan iborat

1. 
Yaratilgan ichki milliy mahsulotning uning ishlab chyaqaruvchilari o'rtasida 
mehnatning miqdori, sifati va uiumdorligiga qarab taqsimlanadigai qismi ish haqi 
deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim 
o'rin tutadi. Shuning uchun ham iqxisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta 
e'tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli 
tomondan yondashib, unga har xil ta'rif beradilar. Masalan, «Yashash uchun 
vosita minimumi» (D. Rikardo va T. Maltuslarning) konsepsiyasida ish haqini 
yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb 
hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik 
minimumi bilan bir xil deb qarash to'gri emas. Bu minimum o'z ichiga ishchi 
kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijgimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug'dirgan 
ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini 
yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga 
yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib 
kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo'jalik 
amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko'rsatadiki, ishchi kuchi 
bozorida real ish haqining o'rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar 
minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o'rnatilgan. Qiymatning mehnat 
nazariyasi (Angliya klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo'nalishidagi 
iqtisodchilar) Ishchi kuchini alohida, o'ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli 
bu nazariya ish haqiga tovar bo'lgan ishchi kuchi qiymatining o'zgargan shakli, 
ya'ni puldagi ifodasi sifati erishilganda qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab 
chiqarish uchun zarur bo'lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi.
2.
Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga 
koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan 
har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy 
tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning 
manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun 
muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan 
ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har 
qanday neʼmatlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. 
Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini 
yaxshilash lozim. Masalan, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 
2-marta ortsa, uning nafliligi 2-marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta koʻproq 
ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili 
mahsulot sifati va uning Naflilik darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan 
qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish 


ham paydo boʻladi. Umumiy Naflilik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning 
barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy Naflilik tovarlar guruhiga 
daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil 
boʻlganda Naflilik pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati 
— isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni 
haridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. 
Naflilik funksiyasi 
ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni 
bildiradi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, 
iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash 
mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini 
ko‘rsatib berish mumkin emas. Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan 
tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
3
.
Befarqlik egri chizig’I -Ikki tovarga nisbatan befarqlik egri chizig'i - bu 
xaridorni teng darajada farovon yoki teng darajada qoniqtiradigan, shuning uchun 
egri chiziqdagi har qanday kombinatsiyaga ega bo'lgan ikkita tovarning 
kombinatsiyalarini aks ettiruvchi grafik.Befarqlik egri chiziqlari - bu zamonaviy 
mikroiqtisodiyotda iste'molchilarning afzalligi va byudjetning cheklanganligini 
namoyish etish uchun ishlatiladigan evristik vositalar. Iqtisodchilar farovonlik 
iqtisodiyotini o'rganishda befarqlik egri tamoyillarini qabul qildilar. 
Befarqlik egri chizig'i iste'molchiga teng darajada qoniqish va foyda keltiradigan 
ikkita tovarning kombinatsiyasini ko'rsatadi va shu bilan iste'molchini befarq 
qiladi. 
Egri 
chiziq 
bo'ylab 
iste'molchi 
ko'rsatilgan 
tovarlarning 
kombinatsiyalariga teng ravishda ustunlik beradi, ya'ni. egri chiziqdagi 
tovarlarning har qanday kombinatsiyasiga befarq.Odatda, befarqlik egri chiziqlari 
kelib chiqishiga qarab qavariq qilib ko'rsatiladi va hech qachon ikkita befarqlik 
egri chizig'i kesishmaydi. Standart befarqlik egri chizig'ini tahlil qilish oddiy ikki 
o'lchovli grafikada ishlaydi. Har bir eksa iqtisodiy yaxshilikning bir turini 
anglatadi. Befarqlik egri chizig'i bo'ylab iste'molchi egri chiziqdagi nuqtalar bilan 
ifodalangan tovarlarning har qanday kombinatsiyasi o'rtasida befarq bo'ladi, 
chunki befarqlik egri chizig'idagi tovarlarning kombinatsiyasi iste'molchiga bir 
xil darajada foydali bo'ladi. Masalan, yosh bola ikkita chiziq roman va bitta 
o'yinchoq yuk mashinasi yoki to'rtta o'yinchoq yuk mashinasi va bitta chiziq 
romanga ega bo'lishiga befarq bo'lishi mumkin, shuning uchun bu ikkala 
kombinatsiya ham yosh bolaning befarqligi egri chizig'iga aylanishi mumkin. 
Befarqlik egri chiziqlari ko'plab taxminlar asosida ishlaydi; masalan, odatda har 
bir befarqlik egri chizig'i kelib chiqishiga to'g'ri keladi va hech qachon ikkita 
befarqlik egri chizig'i kesishmaydi. 
4.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat 
qilingandan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu 
sababli vaqt omilidan kеlib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq 


muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davr – bu korxonaning 
faqat o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirish uchun taqozo etiladigan 
davrdir. Misol uchun, korxona mahsulotiga talab kеskin oshdi, dеb faraz qilaylik. 
Taklifning muayyan hajmida talabning oshishi narxning ham ko’tarilishiga 
va, binobarin, korxona foydasining ko’payishiga olib kеladi. O’z o’rnida, ishlab 
chiqarish hajmini oshirish orqali korxona foyda massasini yanada oshirish 
imkoniga ega. Buning uchun u eng avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab 
chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi.



Yüklə 368,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə