Iqtidorli bola bilan ishlash jarayoni ( uni ma’lum bir kasb-hunarga yo’naltirish va iqtidorini yanada rivojlantirish ish usullari)



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#133220
  1   2   3
Iqtidorli bola bilan ishlash jarayoni

Iqtidorli bola bilan ishlash jarayoni ( uni ma’lum bir kasb-hunarga yo’naltirish va iqtidorini yanada rivojlantirish ish usullari)

Reja :

Inson psixologiyasini tushunish

Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi xamma zamonlarda va hamma davlatlarda xam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.

XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari


Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdagi o‘ziga xos psixologik saloxiyatning nechog‘liq to‘la-to‘kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi.
Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo‘liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu boisdan bo‘lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan, rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z fuqarolarining ma’naviy, intellektual, jismoniy, ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy- psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ayniqsa, aloxida ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim tizimida psixologik xizmatning tashkil etilishi


Ta’lim tizimida psixologik xizmatning tashkil etilishi tarbiyalanuvchi, o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida uning shaxsi har tomonlama kamol topishi, xam ma’naviy, xam aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ta’lim-tarbiyaviy hamda ma’naviy-ruhiy sharoitlar yaratishni nazarda tutadi

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə