Investitsiyalar


Investitsiyalar fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 23,17 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü23,17 Kb.
#163952
1   2   3
I BOB (1)

1.2. Investitsiyalar fanining maqsadi va vazifalari.
Bu fanni o‘rganishning asosiy maqsadi bo‘lib talabalarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga investitsiyalarni jalb etilishining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi ahamiyati doirasida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun investitsiya sohasida to‘plangan milliy va xorijiy tajribalardan foydalangan holda investitsiya faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari va vositalarini o‘rganib chiqish zarur, bu esa ushbu faoliyatni O‘zbekistonda amalga oshirish uchun huquqiy normalar va qoidalarning umumiyligini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Umumiy tarzda aytganda, “Investitsiyalar” fanining asosiy maqsadi – talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiya loyihalarini baholash, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari hamda investitsion loyihalarning monitoringini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish bo‘lib hisoblanadi.
Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • investitsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyatini yoritib berish;

  • investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimini o‘rgatish;

  • investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslarini o‘rgatish;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarnining ahamiyatini ochib berish;

  • iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish tizimini tadqiq qilish;

  • investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgatish;

  • davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibini tinglovchilarga yetkazish;

  • investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmlarini o‘rganib chiqish;

  • bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatish va bir qancha vazifalardan iborat.


Yüklə 23,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə