Investitsiya” va “capital qo’yilma” tushunchalarining farqi Reja


Investitsiyalar va kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash



Yüklə 27,11 Kb.
səhifə3/3
tarix20.10.2023
ölçüsü27,11 Kb.
#128944
1   2   3
Investitsiya” va “capital qo’yilma” tushunchalarining farqi Reja-fayllar.org

3. Investitsiyalar va kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni sarflashdan maqsad-qo’shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin. Buning uchun investitsiyalar (kapital qo’yilmalar)ning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi. U:
  • makroiqtisod, ya’ni mamlakat miqyosida;


  • mezoiqtisod, ya’ni tarmoqlar (qishloq xo’jaligi) miqyosida;


  • mikroiqtisod, ya’ni qishloq xo’jalik korxonalari doirasida;


  • ayrim yo’nalishlar, ob’ektlar bo’yicha ham aniqlanadi.


Makro hamda mezoiqtisod miqyosida investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi ularning mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorligi koeffitsienti ko’rsatkichi yordamida ifodalanadi. Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o’sgan summasini shu o’sishni ta’minlag investitsiya summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Bunda: Is(Ks) - investitsiya (kapital qo’yilma)larning mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti;

YaIM - makro, mezoiqtisod(tarmoq) miqyosida ma’lum bir davr ichida yalpi ichki mahsulotning o’sgan summasi, so’mda. Bunda qishloq xo’jaligida yalpi daromadning o’sgan summasi ham olinishi mumkin;

XIs (Kk) - investitsiya yoki sarflangan kapital qo’yilma summasi. Bu ko’rsatkich sarflangan 1 so’mlik investitsion mablag’ evaziga necha so’mlik yoki tiyinlik yalpi ichki mahsulot yoxud yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. Uning mutlaq (absolyut) miqdori imkoni boricha yuqori bo’lgani yaxshi. Shunda investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo’ladi. Kam bo’lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo’lganligidan dalolat beradi. Bunday holda investitsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.

Investitsiyalar - aksariyat hollarda uzoq muddatga mo’ljallangan xarajatlardir. Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi iqtisodiy samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligida qiyosiy baho sifatida 1996 yilgi o’rtacha baholar asos qilib olinmoqda. Kelajakda bu baholar o’ zgarishi mumkin.

Shunday hollarda investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) ning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

O’zini-o’zi qoplash muddati – amalga oshirilayotgan loyihaning foyda hisobidan dastlabki investitsiya miqdorini qoplash davri. Uni hisoblashda sof foyda moliyaviy xarajatlar, foizlar va amortizatsiya ajratmalari e’tiborga olinadi.

Kompaunding usulining mohiyati shundan iboratki, bunda dastlabki summa har yilgi daromad foizi hisobiga oshib boradi. Bunda quyidagi formulaga amal qilinadi:

O’Q = БК (1 + i)л

Bu erda: O’Q - dastlabki investitsiya summasining o’sgan qiymati, so’mda;

BQ - dastlabki investitsiyaning boshlang’ich qiymati, so’mda;

I - foiz stavkasining o’zgarishini ko’rsatuvchi birlik;

n - davr, ya’ni muddat, yilda.

Investitsiyaning o’sgan qiymati foiz stavkasi bilan davr muddatiga bog’liq. Foiz stavkasi investorning muqobil qarorini hisobga oladi, ya’ni pulni biron loyihaga qo’ygan samaralimi yoki depozitga qo’ygan afzalmi?

Diskontlash - hisoblash printsipi kompaundingga nisbatan teskari. Ya’ni diskontlash - kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan daromadni joriy baholarda hisoblash. Mazkur hisobning amaliy mazmuni shundan iboratki, bunda tushumlarning minimal darajasi aniqlanadiki, u shu daromaddan kam bo’lgan holatda investitsiya qilish maqsadga muvofiq emas.

Diskontlashgan qiymat foiz stavkalariga bog’ liq.

Yillik daromad bir xil bo’lganda diskontlashgan qiymat (Dq) quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:

Bunda: Dk - diskontlangan qiymat, so’mda;

K - banklarning foiz stavkalari asosida olinishi mumkin bo’lgan qiymat,

so’m;

x - yillik daromad olinishi mumkin bo’lgan yillar soni, yil;



F - banklarning foiz stavkalari, foiz;

Bankning yillik foiz stavkasi 5 foiz, xo’jalik ikki yildan so’ng 10 mln so’mlik daromad olishni mo’ljalangan bo’lsa, unda diskontlangan qiymat 9,07 mln. so’mga teng bo’ladi.

Diskontlash natijasida qanday davr bo’lishidan qat’i nazar daromadlarning real qiymati aniqlanadi.

Korxona miqyosida sarflanishi lozim bo’lgan yoki sarflangan investitsiya (kapital qo’yilma) mutlaq (absolyut) investitsiya(kapital qo’yilma)larni sarflash natijasida olinayotgan sof foydaning o’sgan summasini shu o’sishni ta’minlagan investitsiya (kapital qo’yilma) summasiga taqsimlash bilan hisoblanadi. Unda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

Bunda: Sf - kapital qo’yilmani amalga oshirish natijasida olingan sof foyda yoki sof foydaning o’sgan summasi, so’ mda.

Bu ko’rsatkich yordamida sarflangan bir so’mlik investitsiya (kapital qo’yilma) qancha so’mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori yuqori bo’lgani maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi davrda ayrim me’yoriy hujjatlarda investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik darajasi koeffitsientining me’yoriy miqdori (em)-0,07 darajasida belgilangan. Shunga binoan sarflanayotgan investitsiyalarning har bir so’mi evaziga 7 tiyin foyda olinsa, bunday investitsiyalar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Undan kam bo’lganda esa investitsiyalar samarali hisoblanmaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo’jaligida irrigatsiya - melioratsiya inshootlariga sarflanayotgan investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) mutlaq (absolyut) iqtisodiy samaradorlik koeffitsientining miqdori ularning uzoq yillar davomida faoliyat ko’rsatishini e’tiborga olgan holda 0,05 darajasida belgilangan. Bu koeffitsientlar sobiq SSSR davrida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ham ulardan foydalanilmoqda. Lekin ular respublika sharoitiga moslashtirilgan holda ko’rib chiqish vaqti ham keldi.

Qishloq xo’jaligida sarflangan investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) doimo ham foyda summasi oshishini ta’minlamaydi, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki mahsulot etishtirish uchun qilingan o’rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi) kamayishiga ham olib keladi. Shunday hollar da ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag’ qiymatini sarflangan kapital qo’yilma summasiga taqsimlab ham aniqlanadi. U quyidagi tenglik yordamida aniqlanishi mumkin:

Bunda: T1 - investitsiya (kapital qo’yilma) sarflanganidan oldingi tannarx summasi, so’mda;

T2 - investitsiya (kapital qo’yilma)sarflanganidan so’nggi tannarx summasi, so’mda.

Bu ko’rsatkichning ham mutlaq (absolyut) darajasi yuqori bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Investitsiya (kapital qo’yilmalar) ning goulash muddati.

Uning darajasi sarflangan investitsiya (kapital qo’yilma) summasini olingan yalpi ichki mahsulotning, sof foydaning o’sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:


Investitsiyalarning (kapital qo’yilma) qoplash muddati qisqa bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Shu bilan birgalikda investitsiya (kapital qo’yilmalar)ning qiyosiy samaradorligi ham aniqlanadi.

Mavjud adabiyotlarda investitsiya (kapital qo’yilma) laming qiyosiy samaradorlik koeffitsienti 0,12 darajasida belgilangan. Unga 1 ni taqsimlash natijasida investitsiyalarning necha yilda qoplanishi mumkinligi aniqlanadi, ya’ni (1:0.12) 8.3 yilda qoplansa, investitsiyalar qiyosiyjihatdan samarali hisoblanadi.


http://fayllar.org
Yüklə 27,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə