Investitsiya faoliyatini kreditlash Reja: Uzoq muddatli kreditlarning mohiyati va ularni rasmiylashtirish


Korxonalarning kreditga layoqatliligi, uni aniqlash ko’rsatkichlari va takomillashtirish yo’llari



Yüklə 92 Kb.
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü92 Kb.
#111399
1   2   3   4
Investitsiya faoliyatini kreditlash

2. Korxonalarning kreditga layoqatliligi, uni aniqlash ko’rsatkichlari va takomillashtirish yo’llari.
Investitsion loyihalarni kreditlash jarayoni juda ko’p va turli xil xavf-xatarlar (risklar) bilan bog’liq bo’lib, qaysiki kreditlarni belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o’z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar.
Bank mijozi kreditga layoqatligi deganda mijozning o’z qarz majburiyatlari bo’yicha to’liq va o’z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushiniladi.
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog’liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o’z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to’lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o’z mijozlari moliyaviy holatini, to’lovga qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.
Jahon amaliyotida, xususan AQShda banklar tomonidan, mijoz kreditga layoqatliligini baholashda "five c", "besh si" qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar:

  • character (mijoz xarakteri);

  • capacity (moliyaviy sharoiti);

  • capital (kapital yoki mol-mulk);

  • colletarial (ta’minlanganlik);

  • conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat).

Mijoz xarakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, ma’suliyatliligi, olingan qarzni to’lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushiniladi.
Mijoz moliyaviy sharoiti yoki qobiliyati deganda, mijozning kreditni qaysi manbalardan qoplashligi tushiniladi. Odatda korxonada quyidagi 3 manbalar mavjud:

  • va boshqa moliyalashtirish manbalari (maxsus zahiralar, amortizatsiya fondi va b.)

Kapital deganda, mijozning aktsionerlik kapitali, uning strukturasi, aktiv va passivlar orasidagi munosabatlar tushiniladi. Uning ustav fondi va o’z kapitalining kredit operatsiyasiga jalb qilish darajasini ko’rib chiqish tushiniladi.
Ta’minlanganlik deganda, mijozning aktivlari qiymati va konkret ikkilamchi qarzni qoplash manbai (kafillik, sug’urta, garov) qaysiki, kredit shartnomasida ko’rsatiladi.
Umumiy iqtisodiy vaziyat deganda, mamlakatdagi joriy va kelajakdagi iqtisodiy holat, siyosay ahvol, soliqlar, xom-ashyo va boshqa kredit qaytarilishiga ta’sir etuvchi bilvosita faktorlarni o’rganish tushiniladi. Ushbu usul hozirda bizning banklarda qo’llanilsa foydadan holi bo’lmasdi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad, bu qarz oluvchi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning imkoniyatlari, qarzni o’z vaqtida qoplashni, risk darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo’lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko’rsatkichlarni aniqlash;
2. Ko’rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash);
Z. Ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
4. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llarini aniqlash;
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan tijorat banklari tomonidan kreditga layoqatlilikni tahlil qiluvchi yangi metodlar ishlab chiqilmoqda, qaysikim korxona haqidagi (kreditga layoqatligi haqidagi) tahlilni chuqurroq olib borishni ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida (YuNIDO tasdiqlagan standart bo’yicha) moliyaviy ko’rsatkichlar sistemasi bo’yicha tahlil va reyting metodi bo’yicha tahlil usullari qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida Markaziy Bank tomonidan chiqarilgan yo’riqnoma bo’yicha korxonalarga turli xil muddatga kreditlar berilib, ularning kreditga layoqatliligining moliyaviy ko’rsatkichlarning tahliliga asoslanib beriladi.
Tahlil uchun asosiy manba bo’lib korxona buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan foydalaniladi.
Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlar quyidagilar:
1. Qoplash koeffitsienti;
2. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti;
Z. Likvidlik koeffitsienti;
Qo’shimcha koeffitsientlar:
1. Aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsienti;
2. O’z aylanma mablag’lari mavjudligi;
3. Foyda va rentabellik koeffitsientlari.
Berilgan balansga asosan ushbu ko’rsatkichlarni tahlilini ko’rib o’tamiz:
1. Kreditga qobiliyatlilikning asosiy ko’rsatkichlari: qoplash, likvidlik va mustaqillik koeffitsentlaridir. Bu koeffitsientlar tahlili uchun ma’lumotlar korxona balansidan olinadi.
Jahon amaliyotida korxona likvid mablag’lari ikkiga bo’linadi:

  • absolyut likvid mablag’lar;

  • joriy likvid mablag’lar.

Absolyut likvid mablag’lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkinchi bo’limi jamisi kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat:
1. Oson ishlatiladigan zahiralar;
2. Pul mablag’lari;
3. Oson amalga oshiradigan talablar, "debitorlik qarzlari".
Likvid mablag’larning korxonada etarlicha bo’lishi, uning majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi.
Joriy likvid mablag’lar bu juda ham tez pulga aylanadigan korxona vositalarini o’z ichiga oladi, shu sababli joriy likvid mablag’lar tarkibiga balans aktiv qismi ikkinchi bo’limining quyidagilari kiradi:
1. pul mablag’lari;
2. debitorlik qarzlari.
Joriy likvid mablag’lar korxonaga birlamchi to’lovlarni amalga oshirishda kerak bo’ladi. Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag’lar ham me’yor darajasida bo’lishi kerak. Zero, kredit inspektori mijozni kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ushbu ko’rsatkichlarga alohida ahamiyat beradi.
O’zbekistonda likvid mablag’lar quyidagi tartibda bo’linadi:
A) oson ishlatiladigan talablar;
B) pul mablag’lari;
V) oson amalga oshiriladigan talablar.
Likvid mablag’larni bunday 2ga bo’lishdan maqsad, qoplash va likvidlik koeffitsientlarini hisoblash oson bo’ladi.
Qoplash koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi,
Qisqa muddatli likvid mablag’lar
Qoplash koeffitsienti = ---------------------------------------------------- (11.1)
Qisqa muddatli majburiyatlar

Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya’ni u kreditlash chegarasini ko’rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga etarliligini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkich 2 va undan yuqori bo’lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 0,5 dan kam bo’lsa, kreditlash foydasiz bo’lib, mijoz kreditga layoqatsiz hisoblanadi.


Likvidlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:

Pul mablag’lari + oson amalga oshiriladigan talablar


Lik. koef. = --------------------------------------------------------------- (11.2)
Qisqa muddatli majburiyatlar
Likvidlik koeffitsienti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash asosida yaqin kelajakda bankdan olgan kreditlarini operativ (tezkorlik) va o’z vaqtida to’lay olish qobiliyati hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti 1,5 va undan yuqori bo’lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik darajasiga erishgan bo’ladi.
Qoplash va likvidlik koeffitsientlarini topishda, qisqa muddatli majburiyatlarni to’g’ri hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar, buxgalteriya balansining passiv qismidagi majburiyatlar bo’limidan olinadi.
Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda, balansdagi asosan (joriy aktivlari va majburiyat bo’limidagi) moddalarning tarkibiy o’zgarishlarini ko’rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni engillashtiradi.
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo’ladigan keyingi ko’rsatkich – bu mustaqillik (muxtorlik) koeffitsientidir. Ushbu koeffitsient 0.6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo’lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsient 30 %dan, ya’ni 0,3 dan kam bo’lmasligi lozim. Bu ko’rvsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo’yicha o’z mablag’lari manbalari ya’ni, balans passivining birinchi bo’linmasi summasi jami passiv summasiga bo’linadi. Nolikvid balanslarga ega bo’lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. Korxona balansi likvidligi quyidagicha hisoblanadi: korxona balansi (1- shakl) passiv qismi birinchi bo’limi summasiga, ikkinchi bo’lim uzoq muddatli majburiyatlari qo’shilib (agar to’lov muddati uch oydan oshiq bo’lsa) balans aktiv qismi birinchi bo’limi summasi ayriladi. Agar chiqqan natija ijobiy bo’lsa, korxona balansi likvidli hisoblanadi.
Jahon amaliyotida, aylanma mablag’larining mavjud summasini (o’z aylanma mablag’larini) aniqlashda quyidagi usul qo’llaniladi. Ya’ni balans aktivining 2 chi bo’lim (aylanma aktivlari) summasidan, balans passivining 2 chi bo’limi (majburiyatlar) ayiriladi. (uzoq muddatli qarz va kreditlardan tashqari).
Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo’llaniladigan qo’shimcha ko’rsatkichlar bo’lib, aylanma mablag’larining aylanuvchanlik koeffitsientini va aylanma mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Aylanma mablag’lari aylanuvchanligi koeffitsienti aylanma mablag’lari harakatining tezligini ta’riflaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot sotishdan olingan tushum va aylanma mablag’larining o’rtacha qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun ma’lumotlar yillik hisobotning 1-shakli balans va 2-shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan olinadi.
S
Aylanuvchanlik koef. = -----------------(11.3)
U K
bu erda,
S-(mahsulot sotishdan tushgan tushum )
U K-(oborot mablag’lari o’rtacha qoldiqlari)
UK x D
A K = ------------- (11.4)
C
A K - (oborot mablag’larining kunlardagi aylanuvchanligi).
D – davrlar.
Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan kredit munosabatlarini mustaqil ravishda o’rnatadilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:

  • kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko’rib chiqish va bo’lajak qarz oluvchi bilan suxbatlashish;

  • qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog’liq xatarlarni baholash;

  • kredit narxini belgilash;

  • kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish.

Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo’yicha sinflarga bo’lish va korxonalar reytingini aniqlash.
Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo’riqnoma bo’yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko’rsatkichi bo’lib: qoplash koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti va o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsientlari hisoblanadi. (11.2 - jadval).

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə