Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati



Yüklə 128 Kb.
səhifə9/10
tarix23.12.2023
ölçüsü128 Kb.
#157698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI

Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’lik bo’lgan harakatlari majmuasi tushuniladi.

  • Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o’z manfoatini ko’zlab yagona bir maqsadga, ya’ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga intiladi.

  • Investitsiya faoliyatida investitsiya sub’ekti, investitsiya ob’ekti, investor, emitent, investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud.

  • Investitsiyaning ob’ekti bo’lib, mablag’lar ya’ni boyliklarni safarbar etayotgan ob’ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari bo’lishi mumkin.

  • Investitsiya sub’ekti bo’lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo’lgan fuqorolar bo’lishi mumkin.

  • Investorlar - o’z kapitalini investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ektidir.

  • Emitent – qimmatli qog’ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to’lovga qobiyatli jismoniy shaxslar.

  • Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir. Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko’rinishdagi mablag’lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo’yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta’sir ko’rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o’z-o’zidan rivojlana olmaydi, unga albatta, muayyan ta’sir ko’rsatuvchi sub’ektlarning aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat qo’li bilangina ta’minlash mumkin bo’ladi. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion faoliyatining rivojlanishini bo’g’ib qo’ymasligi kerakki, aks holda uning amal qilishi sub’ektivlik ta’sir kuchiga bo’ysundirilib qoladi.

  • Odatda, investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo’nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, avvalom bor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratiladi.

  • Har bir davlat investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib turadi: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib berish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi; davlatning fan-texnika siyosatini o’tkazish va buning asosida xo’jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqish.

  • Mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.

  • Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo’llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar qo’yidagilardan iborat.

  • I. KIRSIH…………………………………………………………………….1

    II.ASOSIY QISM…………………………………………………………….4
    1. Investitsiya faoliyati tushunchasi. O’zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli…………………………………………………..4
    2. Investitsiya faoliyatiga ta’sir etish omillari va usullari……………………………8
    3. O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi……………….13
    4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish. ………16
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiya faolligini ta’minlash vazifalari…….17
    5. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari……………………………………………………………………………18
    6. Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko’chishini hisobga olish………20
    XULOSA…………………………………………………………………………….23
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………..26

    Yüklə 128 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə